Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə66/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Qisqa xulosalar
Naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil
etadi.
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Umumiy naflilik biror ne′matdan ketma-ketlikda iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Chekli naflilik ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf miqdorini ifodaladi.
Biror ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), qo`shimcha iste′mol qilingan
116

birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi.


Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi.
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi.
Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi.
Iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.

Nazorat va muhokama uchun savollar
  1. Iste′molchi tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?



  1. Umumiy va chekli naflilik deganda nimani tushunasiz?



  1. Naflilik funksiyasi nimani ifodalaydi?



  1. Biror ne′matni ketma-ket iste′mol qilinganda maksimal naflilikka erishish sharti qanday?



  1. Chekli naflilikning kamayish qonuni asosida nima yotadi?



  1. Befarqlik egri chizig`i va ne′matlarni bir-birini o`rnini bosishi zonasi nimani ifodalaydi?



  1. Byudjet chizig`i va byudjet tenglamasi nimani ifodalaydi?



  1. Iste′molchining muvozanatlik shartini izohlab bering.



117


Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə