Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b


Ma′naviy tavakkalchilik (yo`qotish)



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə80/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Ma′naviy tavakkalchilik (yo`qotish) - yo`qotishlar sug`urta kompaniyasi tomonidan to`liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati.
Insonlar o`z hayotini, mulkini sug`urtalagandan keyin, o`zining hayotiga, mulkining saqlanishiga ko`pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug`urtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo`yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson o`zini sug`urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo`lish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Ba′zi bir nopok insonlar yuqori sug`urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o`zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o`z qarindoshlarini o`ldirishgacha boradilar.
Ma′naviy yo`qotishlarni quyidagi yo`llar orqali kamaytirish mumkin: sug`urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo`qotishlari bo`yicha klassifikatsiya qilish asosida sug`urta badalini differentsiatsiyalash (ya′ni, yo`qotishi yuqori bo`lgan shaxs uchun yuqori
sug`urta badali belgilash);
yuqori yo`qotishga ega bo`ladigan shaxslar bilan sug`urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);
yo`qotishni qisman qoplash sharti bilan sug`urtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari.
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi
140

bo`lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo`lsa, siz mahsulotni yo`qotishsiz sotib olasiz.


Auksionlar. Auksionlar ham axborotlardagi asimmetriyani yo`qotadigan bozor hisoblanadi. Noyob san′at namunasiga, tez buziladigan mahsulotlarga (sabzavot, meva, baliq) narxlar sotish vaqtida o`rnatiladi. Auksionlarning asosan ikki turi mavjud: Ingliz va Golland Auksionlari.
Ingliz auksioni - bu auksionda stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradi va bu oshish taklif qilingan maksimal narxda tovar sotilguncha davom etadi. Ushbu auksionda asosan san′at namunalari, zebu-ziynatlar va hokazolar sotiladi.
Golland auksionida stavkalar yuqoridan pastga qarab, toki tovar minimal mumkin bo`lgan narxda sotilgunga qadar tushib boradi. Ushbu auksionda vaqt muhim ahamiyatga ega, nima uchun deganda auksionda asosan tez buziladigan tovarlar sotiladi: gullar, sabzavotlar, mevalar, baliq va hokazolar sotiladi.
Golland auksionida minimal mumkin bo`lgan narx - birinchi e′lon qilingan narxning 20 foizi hisoblanadi. Agar tovar ushbu narxda ham sotilmasa, u sotuvdan olinadi.
Yopiq auksion - bu auksionda qatnashuvchilar bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda tovar uchun stavkalar qo`yadi va tovar kim ko`p stavka qo`ygan bo`lsa, unga beriladi.
Hozirgi vaqtda iste′molchi huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Bu qonunga ko`ra iste′molchi sotib olingan tovardan foydalanishi davomida ko`rgan jismoniy hamda ma′naviy yo`qotishlarini qoplashni sotuvchidan talab qilishga haqi bor. Lekin, iste′molchi huquqini himoya qilishda ob′ektiv chegara bo`lishi lozim. Rivojlangan davlatlarda iste′molchining yo`qotishini qoplash sotib olingan tovar qiymatining uch barobaridan oshmasligi kerak.
Ma′lumki, iste′molchi huquqini himoya qilish sotiladigan tovar va ko`rsatiladigan xizmat to`g`risida to`liq axborotga ega bo`lishni taqozo qiladi. Lekin, bunday axborotni olish mumkinmi, degan savol tug`iladi. Bu yerda iste′molchilar jamiyati va ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari muhim
141

rol o`ynaydi. Axborot berishda firmalarning o`zi ham katta rol o`ynaydilar.


Lekin, axborot uchun haq to`lash kerak.
Ma′lumki, axborotlarning juda katta qismi reklama shaklida keladi. Lekin, reklamalar to`g`ri axborot beradimi yoki yo`qmi uni aniqlash qiyin. Shuning uchun ham bu yerda asosiy mezon mahsulot sifati bilan uning narxi o`rtasidagi nisbatning optimal bo`lishidadir. Ma′lumki, mahsulot sifatining oshishi, uning narxini oshiradi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə