Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə86/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Huquqiy maqomi






Mulkchilik






Band xodimlar






bo`yicha






shakli bo`yicha






soni bo`yicha




















































Yuridik shaxs






Xususiy mulkka






Yakka tadbirkor
























asoslangan






























Jismoniy shaxs














Mikrofirma






















Hamkorlikka










































































asoslangan


























Kichik korxona


























































Korporativ


























Yirik korxona














mulkka

















































asoslangan







































Tarmoq tarkibi

bo`yicha
Sanoat
Xizmat ko`rsatish
Qishloq xo`jaligi
Savdo va umumiy
ovqatlanish

Qurilish


Transport

Moliyaviy
xizmatlar
Fan va ta′lim

Boshqa tarmoq va

sohalarda


Tashkiliy-huquqiy
shakli bo`yicha
Yakka tadbirkor

Xususiy korxona


Dehqon xo`jaligi
Fermer xo`jaligi
Mas′uliyati chek-
langan jamiyat
Qo`shimcha mas′u-
liyatli jamiyat

To`liq shirkat


Kommandit shirkat
Aksiyadorlik
jamiyati
Boshqa shakldagi
9.1-rаsm. Tаdbirkоrlik sub′еktlаrining turkumlаnishi
148

4.Tаshkiliy-huquqiy shаkli bo`yichа:
  • yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlik;



  • хususiy firmа;



  • оilаviy kоrхоnа;



  • fеrmеr хo`jаligi;



  • dеhqоn хo`jаligi;



  • to`liq shirkаt;



  • kоmmаndit shirkаt;



  • mаs′uliyati chеklаngаn jаmiyat;



  • qo`shimchа mаs′uliyatli jаmiyat;



  • аksiyadоrlik jаmiyati ;




  • unitаr kоrхоnа vа bоshq.





5.Fаоliyat yo`nаlishi bo`yichа:
  • ishlаb chiqаrish yo`nаlishidаgi;



  • хizmаt ko`rsаtish yo`nаlishidаgi;



  • tijоrаt yo`nаlishidаgi;



  • mоliyaviy yo`nаlishdаgi;



  • kоnsаlting (mаslаhаt) yo`nаlishidаgi vа bоshq.





6. Tаrmоq tаrkibi bo`yichа:
  • sаnоаt;


  • qishlоq хo`jаligi;



  • sаvdо vа umumiy оvqаtlаnish;



  • хizmаt ko`rsаtish;



  • trаnspоrt vа аlоqа;



  • uy-jоy vа kоmmunаl хo`jаligi;



  • qurilish;



  • mоliya;


  • tа′lim vа fаn;



  • bоshqа sоhаlаrdаgi.



Amaldagi qonunchilikka ko`ra, tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug`ullanish mumkin. O`zbekiston

149
Respublikasining ―Fuqarolik Kodeksi‖ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek,, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga haqlidir.

Fuqarolik Kodeksi‖ning 39-moddasiga muvofiq: ―o`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo`lgan hamda o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o`z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi‖. Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya'ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.
Mulk shakli bo`yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi:

  • yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo`jaliklari, fermer xo`jaliklari, xususiy firmalar);



  • hamkorlikdagi mulk egaligi (xo`jalik shirkatlari (to`liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo`jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.);



  • korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).





Yakka mulk egaligi o`z manfaatlari yo`lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo`lib, bo`linmasdir.
Afzalliklari:
  • yakka mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya'ni ularni davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil;



  • yakka mulk egasi o`z biznesiga o`zi xo`jayin va mustaqil xo`jalik yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega;



  • olinadigan foyda bir kishiga tegishli ekanligi biznesni samarali yuritishga kuchli iqtisodiy rag`batni vujudga keltiradi.



Nuqsonlari:

150

    • ko`p holatlarda yakka tadbirkorning keyinchalik o`z biznesini kengaytirish va ko`proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo`ladi;


  • moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko`p holatlarda yakka tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo`lmaydi;



  • yakka mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog`liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta'minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag`larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va boshq.) bir o`zi bajarishiga to`g`ri keladi va bular



uning ko`p vaqtini band etadi; - yakka tadbirkorlik sub'ekti cheklanmagan moddiy javobgarlikka ega bo`ladi, ya'ni noto`lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da'vo qo`zg`atishi mumkin.


Hamkorlik biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis etish jarayonida o`zlarining moliyaviy mablag`larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog`liq tadbirkorlik xatari hamda foyda yoki zararlarni o`zaro taqsimlaydilar.
Firma faoliyatida ishtirok etishiga ko`ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo`ladi. Ayrim hollarda hamma sheriklar biznesni boshqarishda birdek faol ishtirok etishsa, boshqa holatlarda bir nechta sheriklar boshqaruvda ishtirok etmasligi mumkin (masalan, kommandit shirkatda).
Hamkorlikning afzalliklari:

  • ishtirokchilar sonining ko`pligi boshqaruvda ixtisoslashuv imkoniyatini yaratadi;



  • bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida firmaning moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga mablag`lar jalb etish imkoniyati kengayadi.



151

Nuqsonlari:


  • firmani boshqarishda bir nechta kishi ishtirok etganda boshqaruv qarorlari qabul qilishda fikrlar va manfaatlarning mos kelmasligi, o`zaro kelishmovchiliklar hamda ayrim sheriklarning mas'uliyatsizligi biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishiga xalaqit qilishi mumkin;



  • garchi yakka mulk egaligiga nisbatan moliyaviy imkoniyatlar kengroq bo`lsada, biznes doirasini kengaytirish va yirik loyi?alarni amalga oshirish uchun mablag` yetishmasligi mumkin;



  • hamkorlikning davomiyligini oldindan bashorat etib bo`lmaydi, bir yoki bir nechta sherikning biznesdan chiqishi firma faoliyatini tugashiga olib kelishi yoki unga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin;



  • hamkorlikda biror bir sherikning uquvsizligi yoki mas'uliyatsizligi natijasida ko`rilgan zarar uchun barcha sheriklar birdek moddiy javobgar bo`ladi.





Korporasiya biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Korporasiya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi.
Korporasiya - mulkiy paylarga (aksiyalarga) asoslangan firmadir. Korporasiya aksiyalarini xarid qilgan shaxslar uning mulkdorlari sanaladi.
Korporasiya - mulk egalaridan birining (bir nechtasining) o`limi yoki aksiyalarini sotishi, yangi aksiyadorlarning vujudga kelishi korporasiya faoliyatining to`xtashiga olib kelmaydi. Agar aksiya egalariga korporasiya yuritayotgan siyosat yoqmasa, u o`ziga tegishli bo`lgan aksiyani istagan ochiq bozorda boshqa shaxslarga sotishi mumkin, ammo kompaniya tugatilmaydi.
Korporasiyaning mulki uning aksiyadorlari o`rtasida aksiyalar ko`rinishida taqsimlangan. Korporasiyaning foydasi uning aksiyadorlari o`rtasida dividend ko`rinishida taqsimlanishi yoki korporasiyani rivojlantirish uchun taqsimlanmagan foyda ko`rinishida qoldirilishi mumkin.
Korporasiyaning afzalliklari:
152
  • korporasiya biznesni tashkil etishning ancha mukammal shakli bo`lib, yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi;



  • korporasiyalar qimmatli qog`ozlar bozorida aksiya va obligasiyalarini sotish orqali ko`plab uy xo`jaligi egalarining mablag`larini jamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo`ladilar;



  • korporasiya uchun cheklangan javobgarlik xosdir, ya'ni uning mulkdorlari (aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos



bo`lgan miqdorda tavakkalchilik qiladilar (kreditorlar korporasiya mulkdorlari shaxsiy mulkiga emas, yuridik shaxs sifatida korporasiyaning o`z mulkiga da'vo qo`zg`atishi mumkin);

  • korporasiya hajmining kattaligi inson resurslaridan foydalanishda chuqur ixtisoslashuvni ta'minlash va ko`proq samaradorlikka erishishga yo`l ochadi;



  • korporasiya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bo`lgani sababli mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali firmadan chiqishi uning faoliyatiga ta'sir ko`rsatmaydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega.






Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə