Limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichlari



Yüklə 303,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.03.2022
ölçüsü303,13 Kb.
#84489
1   2   3   4   5
ta-limda-innovatsion-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish-bosqichlari

 

Abstract: 

This article discusses innovative pedagogical technologies and their 

effective, step-by-step use in education, the importance of pedagogical technologies 

in the educational process. 



Keywords: 

Innovative pedagogical technologies, innovation, new pedagogical 

teaching methods 

 

Bugungi  zamonaviy  ta’lim  tizimining  asosiy  unsurlaridan  biri  bu,  shubxasiz, 

yangicha,  ya’ni  innovatsion  pedagogik  texnologiyalardir.  Ushbu  pedagogik 

texnologiyalar  orqali  dars  jarayonlarining  olib  borilishi  yoki  tashkil  etilishi 

o‘quvchilarning ham erkin, ham yangicha fikrlashlariga katta yo‘l ochib berish uchun 

xizmat qiladi. 

Ilm-fan,  texnika,  texnologiya  hamda  ishlab  chiqarishning  bugungi  yuksak 

taraqqiyoti  о‘z-о‘zidan  yangi  ijtimoiy  talablarni  kun  tartibiga  qо‘ymoqda.  Mazkur 

ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa, uning negizida sohalar rivojini harakatga 

keltiruvchi  kuch  –  malakali  kadrlarni  tayyorlash,  ana  shu  maqsadga  yо‘naltirilgan 

tizimni  takomillashtirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Malakali  kadrlarni  tayyorlashga 

bо‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bо‘lgan, sanoat sohasi rivojining 

ilk  bosqichlarida  yuzaga  kelgan  bо‘lsada,  hanuzgacha  о‘z  dolzarbligini  yо‘qotmay 

kelmoqda.  Buning  asosiy  sabablari  jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

taraqqiyotiga  bog‘liq  ravishda  yangidan-yangi  yо‘nalishlar,  ixtisosliklarning  paydo 

bо‘lishi,  ular  bо‘yicha  kadrlar  tayyorlash  zaruriyatining  vujudga  kelishi, 

"Science and Education" Scientific Journal

September 2020 / Volume 1 Special Issue 2

www.openscience.uz

51



о‘zgaruvchan, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini 

izchil  ravishda  oshirib  borishga  bо‘lgan  ehtiyojning  shakllanishi,  shuningdek, 

mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardosh bera olishga bo‘lgan 

talabning ortishi sanaladi.[1] 

Hozirgi  davr  ta’lim  taraqqiyoti  yangi  yo‘nalish  –  innovatsion  pedagogikani 

maydonga  olib  chiqdi.  "Innovatsion  pedagogika"  termini  va  unga  xos  bo‘lgan 

tadqiqotlar  G‘arbiy  Yevropa  va  AQShda  60-yillarda  paydo  bo‘ldi.  Yangilik 

kiritishning  sotsial-psixologik  aspekti  amerikalik  innovatik  E.Rodjers  tomonidan 

ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, 

uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. 

Pedagogik  texnologiya  —  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni  qo‘lash,  texnologik  yondashuv  asosida  ta’lim  va  tarbiya 

jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.[2].  

Texnologiya  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosiga  to‘xtalib  o‘tadigan  bo‘lsak,  ushbu 

so‘z  yunonchadan  olingan  bo‘lib,”tehnos”-mahorat,  san’at  ”logos”  -ta’limot,  fan 

ma’nolarini anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, texnologiya so‘zi boshqa terminlarga 

qo‘shilib,  ana  shu  sohani  rivojlantirish,  mahoratini  oshirish  vazifalarini  bajaradi. 

Umumiy qilib aytganda, texnologiya sifat jihatdan yangi masalalarni yechish uchun 

ta’lim evolutsiyasi bosqichini tayyorlagan obyektiv jarayondir. 

Yangi texnologiyalar katta ta’lim imkoniyatlarini ochdi. Ro‘y berayotgan sifat 

o‘zgarishlar  shuni  ko‘rsatadiki,  odat  bo‘lgan  tushuntirishda  “o‘rgatish”  jarayonlari 

o‘qituvchilarning  kasbiy  imkoniyatlari  chegarasidan  tashqari  chiqib  keta  boshladi. 

Vujudga kelgan yangi texnik, axborot, bosma, eshitish va ko‘rgazma vositalari o‘ziga 

xos  tarzda  yangi  metodikalar  bilan  ta’lim  jarayoniga  ko‘pgina  yangiliklar  kiritib, 

uning  ajratilmas  qismi  bo‘lib  qolmoqda.  Biroq,  pedagogik  texnologik  jarayonning 

o‘ziga  xosligi,  uning  an’anaviy  shakllaridan  ustuvorligi  va  hozirgi  zamon  ta’limi 

muammolari  real  yechish  usullari  hali  to‘la  o‘rganilmagan.  Bu  haqda  chet  ellik  va 

o‘zbek  avtorlari  ko‘p  yozmoqdalar.  Lekin  barchalari  pedagogik  texnologiyalar 

kelajakda ustuvor o‘ringa ega bo‘lishiga ishonadilar. 

Hozirda  ta’lim  texnologiyasi  yordamchi  vosita  bo‘lib  qolmay  balki,  о‘quv 

jarayonining  rivojlanishida  katta  rol  o‘ynab,  uning  tashkiliy  shakllari,  metodlari, 

mazmunini o‘zgartiradigan yangi sistema deb tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, 

o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.  

Texnologiyani  bunday  tavsif  qilish  ta’lim  jarayonidagi  barcha  tuzuvchilar 

orasidagi  uzviy  bog‘lanishning  muhimligini,  pedagog  va  o‘quvchining  o‘zaro 

hamkorligini  ko‘rsatadi.  O‘quvchi  passiv  ta’lim  obyektidan  faol  shaxs  ta’lim  va 

tarbiya subyektiga aylanadi va aktiv subyekt sifatida  o‘qituvchi bilan bu jarayonda 

qatnashadi, mustaqil bilim olishga intiladi.  

"Science and Education" Scientific Journal

September 2020 / Volume 1 Special Issue 2

www.openscience.uz

52



Innovatsion  usullarda  dars  o‘tish  jarayonini,  ya’ni  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni  boshlang‘ich  ta’lim  davridan  boshlab  tashkillashtirish  ta’lim 

tizimida  yuqori  samara  beradi.  Bu  degani,  boshlang‘ich  ta’lim  umumiy  o‘rta 

ta’limning  poydevori  hisoblanadi.  Ana  shu  poydevorni  mustahkam  tarzda  bunyod 

etish  kelgusi  davrlardagi  ta’lim  jarayonlarining  o‘tilishida  ham  qulayli  yaratgan 

bo‘ladi. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, boshlang‘ich ta’limdan boshlab tashkil etilgan 

pedagogik  texnologiyalar  ta’limning  keyingi  davrlarida  tshkil  etilishida  birinchi 

bosqich vazifasini o‘taydi. 

 


Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə