Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə16/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Sossyurning sintaksisga oid ta’limoti alohida e’tiborga loyiqdir. Ma’lumki, ushbu ta’limot nuqtai nazaridan qaralgaida, tilning sintaksis tuzilishi taxlilida sintagmalarni ajratish va ularning strukturaviy mundarijasini o‘rganish lozim. Ammo Sossyur ta’limotining davomchilari sintagmani barcha hollarda ham ajratib bo‘lmasligini sezishib, «signifikativ parallellik»ni vujudga keltiradigan holatlarni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlashdi.
Grammatikaning lugat tizimi bilan munosabati Sossyur targib qilgan «mazmuniy muhimlik» (ua1eigz) goyasi nuqtai nazaridan qaralgaida, o‘ziga xos nomutanosiblikni ko‘rish mumkin. Lugaviy birliklarning psixologik va semantik jihatdan muhimligi aniq, ammo grammatik muhimlik mantiqan etakchi o‘rinda turadi, chunki grammatik ma’no mustaqil ravishda ifoda topishi mumkin (yordamchi so‘zlar) hamda grammatik shakllar farqlovchi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Shu tarzda sintaksisning «mavhum birliklari» ajratiladilar. Bunday mavhumlashtirish jarayonida yuzaga keladigan mazmun «sintaktik muhimlik» deb nomlanadi. Mavhum sintaktik birlik til tizimi birliklariga xos bo‘lgan qariyb barcha xususiyatlarga, shu jumladan, belgining ixtiyoriyligi xususiyatiga ham ega. Gap va boshqa murakkab sintaktik birliklar tuzilishi bir mavhum tuzilmaning boshqasi bilan birikishidan iboratdir.
Sossyurning sintaksisga oid fikrlari bevosita lisoniy analogiya va ijodkorlik (yaratuvchanlik) haqidagi goyalar bilan bogliq holda talqin qilinishi lozim. Sossyur analogiya hodisasini til
taraqqiyoti jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ko‘rinishida emas, balki ma’lum taraqqiyot bosqichidagi lisoniy yaratuvchanlik sifatida o‘rganishni ma’qul ko‘radi. Bu esa tilning o‘zgarishidan ko‘ra uning ma’lum holati haqida gap ketayotganidan daraqdir. Demak, psixologik jihatdan ta’riflanganda, analogiya yaratuvchanliqtsir, grammatik hodisa sifatida qaralgaida esa - til tizimi sinxron holatining ajralmas qismidir. Analogiya tadrijiy rivojning negizini tashkil qiladi va tilning yaratuvchanlik qobiliyatini ta’minlovchi vositalarning cheksizligini tasdiqlovchi hodisadir. Bu hodisa alohida shaxs tomonidan yaratilgan nutqiy birlik - gap va ayni paytda, til belgisi sifatida qaralishi lozimligini izohlab beradi.
Aytish joizki, Sossyurning o‘zi sintaksis taxdili modeli haqida biror bir to‘liq darajada shakllangan goyani olga surmaydi. Ammo uning izdoshi R.Godel (1957) ustozining mulohazalarini jamlab, Sossyurning sintaksis modelini shakllantirishga harakat qilgan. Ushbu modelning sintaksis qismini «muhimliklar va birikishlar» umumlashmasi sifatida ta’riflash mumkin. Bunda sintagmaning sintaksis uchun muhim bo‘lgan ma’no xususiyatlari e’tiborga olinadi. Sintaktik muhimlik esa, o‘z navbatida, turli xil tarkibiy o‘zgarishlar (transpozitsiya va transformatsiya) uchun asos bo‘la oladigan assotsiativ munosabatlarda aks topadi.
Umuman olganda, hozirgi sossyurona tilshunoslik o‘z asoschisi boshlab bergan yo‘ldan borib, semiologik tamoyillarga tayangan holda sintaksis hodisalarini yoritishni ma’qul ko‘rmoqda. Ma’lumki, Sossyurning o‘quvchilari tomonidan nashr ettirilgan «Umumiy tilshunoslik kursi» da uning semiologiyaga oid goyalari ancha batafsil (ba’zan bir oz uzuq holatda bo‘lsa ham) yoritilgan. Ammo uning sintaksisga oid fikr-mulohazalari esa ko‘proq keyingi yillarda nashr ettirilayotgan ishlarida mavjuddir. Bu fikr-mulohazalarda lisoniy belgining ketma- ketlik tamoyili va sintagma nazariyasi asosiy o‘rin egallaydi. Aynan shu ikki mezon Sossyur lingvistikasining o‘zagidir. Bu ikki mezon til va nutq hodisalarini farqlash bilan bir qatorda, tilshunoslik fanining ob’ektini aniqlashda ham xizmat qiladi. Til va nutq munosabatini o‘rganishda ushbu hodisalarga nisbatan tarixiy yondashuv muhimdir. Ushbu hodisalar munosabati masalasi esa Sossyur tilshunosligining markaziy muammosi bo‘lib, faqatgina uning muhokamasi asosida boshqa sossyurona goyalarning mohiyatini anglash mumkin. Masalan, lisonni lisoniy faoliyatdan ajratish masalasini olsak, uning echimiga faqatgina dialektikaning (umumiylik - xususiylik) qonuniyatini tadbiq etgaidagina erishish mumkin.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə