Lingvistika (oʻzbek tili) mutaxassisligi magistranti Bakirov Qudratilloning ilmiy tadqiqotchilik, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda 2022-2023 o‘quv yili I yarmi



Yüklə 35 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü35 Kb.
#155054
yarim yillik 22


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti 70230101 – Lingvistika (oʻzbek tili) mutaxassisligi magistranti Bakirov Qudratilloning ilmiy tadqiqotchilik, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda 2022-2023 o‘quv yili I yarmi uchun
HISOBOTI

  1. O‘quv va o‘quv uslubiy ishlar:

Magistratura uchun ajratilgan fanlar kesimi yo‘nalishimiz uchun mos hisoblanadi. 2022-2023- o‘quv yilining I yarmida o‘quv rejadagi fanlarga ajratilgan ma’ruzalarni tingladik. Seminar va amaliy mashg‘ulotlar uchun berilgan mavzularga tayyorgarlik ko‘rdik. Mutaxassislik fanlardan zaruriy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar bilan tanishib chiqdik. Zoom orqali xorijiy olimlarning ma’ruzalarini tingladik, xalqaro seminarlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdik.


Har oyda rejada ko‘zda tutilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbarimiz bilan kengashgan holda yozma hisobotlar tayyorladik.
II. Ilmiy tadqiqot ishlari:
O‘quv yili boshida “O’zbek filologiyasi” kafedrasiga borib, ilmiy rahbarim f.f.d., professor Z. Xolmanova bilan maslahatlashgan holda ilmiy mavzuyim sifatida “Qutadgʻu bilig” dagi zoonimlarning semantik-funksional xususiyatlari” mavzusi borasida ilmiy izlanishlar olib bordim.

  1. Mavzuyim yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar izlashni boshladim. Ilmiy rahbarim ko‘magida adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirdim. Ushbu mavzuyim uchun asosiy manba bu Yusuf Xos Hojibning “ Qutadg‘u bilig” asari hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mavzuga oid ilmiy dissertatsiya hamda maqolalar bilan tanishishga harakat qildim.

  2. Ilmiy rahbarim tavsiyasi bilan ilmiy ishimning boblarini shakllantira boshladim. Tadqiqot uchun muhim bo‘lgan usul va yo‘nalishlar, shuningdek, tadqiqot jarayonida javoblari olinishi kerak bo‘lgan savollarni tuzib oldim. Tadqiqot bosqichlarining ketma-ketligini, bajarish muddatini hamda uning ayrim bosqich va masalalarini aniqlashtirib oldim. Mavzuyimga aloqador bo‘lgan ingliz va turk tilidagi ilmiy izlanishlar bilan tanishib bormoqdaman. Ilmiy rahbarimdan ko‘rsatmalar olib turibman.




  1. Kafedraning tomonidan tashkil qilingan ilmiy seminarlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Kafedra mustaqil tadqiqotchilari va ikkinchi bosqich magistrantlarining ma’ruzalarini tinglab, mavzuyim uchun kerakli bo‘lgan ma’ lumotlarni qayd etib bordim.




  1. Dissertatsiya mavzuyimga oid ma’lumotlarni to‘plab, ular bilan tanishib chiqmoqdaman. Zarur joylarini konspektlashtiryapman. Ilmiy tadqiqot mavzuyimga doir maqola ustida ishlamoqdaman. Kalendar reja asosida tadqiqot bosqichlarini ketma-ketlikda bajarishga harakat qilyapman.

III. Ilmiy pedagogik ishlar:

1. O‘quv yili boshida “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi faoliyati bilan tanishib chiqish asnosida kafedraning o‘quv jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar: DTS, o‘quv dasturlari, ishchi dasturlar, o‘quv rejalarini o‘rganib chiqdik.


2. O‘quv yilining 20-oktabrdan 15-yanvariga qadar O‘zbek filologiyasi fakultetida ilmiy pedagogik amaliyot belgilanib, amaliyotni olib borish uchun kalendar reja ishlab chiqildi. Ilmiy-pedagogik faoliyat va amaliyotni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Mahkamova rahbarligida olib bordim. Avvalo, amaliyot rahbarim bilan birgalikda amaliyot davomida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarning qisqacha rejasini tuzib oldik. Vazifalardan kelib chiqib, ishni tayinlangan rahbarimning darslarini kuzatib, tahlil qilishdan boshladim. Bu davr mobaynida bakalavr talabalari uchun semenar mashg‘ulotlari tashkillashtirish, oraliq nazoratlar uchun nostandart testlar tuzish kabi vazifalarni bajardim. Menga berilgan vazifani amaliyot rahbarim bilan maslahatlashgan holda amalga oshirdim. Menga “O‘zbek terminologiyasi” va “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish vazifasi yuklatildi, ushbu vazifani mas’uliyat bilan bajarishga harakat qildim.
3.Shuningdek, ushbu amaliyot jarayonida ko‘plab ustozlarimizning darslarini ham kuzatdim. Jumladan, Muhayyo Hakimova, Dilafruz Muhammadiyeva, Oydin Nurulloyeva, F. Qurbonova, Zarifa O‘rinova, kabi ustozlarning darslarida ishtirok etdim. Bundan tashqari, “O‘zbek tilshunosligi ” kafedrasining pedagogik faoliyatini o‘rganib, tashkiliy ishlarga ko‘maklashdim.
4.Tanlangan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida 19-oktabrda bo‘lib o‘tgan “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyada ikkinchi maqolamni e’lon qildim. Maqolamning mavzusi: “ Qutadg‘u bilig” asarida qush nomlari tasnifi”. Ushbu maqolamda Mushtariy Xolmurodova va Feruza Abdujabborovalarning tadqiqot ishlari va ayrim ilmiy fikrlariga tayandim va shu mavzu yuzasidan konfrensiyada chiqish ham qildim. Shu bilan birgalikda magistrlarning ilmiy ishini baholash, xato va kamchiliklarini to‘g‘irlash uchun tashkil etilgan seminarda ham qatnashib bormoqdaman.
5.Amaliyot so‘ngida ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot davomida qilingan ishlar yuzasidan yakuniy xulosalarni chiqarib, hisobotlar tayyorlashga kirishdim.
Dissertatsiyam uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlar, qilingan ishlarni ko‘rib chiqmoqdaman.
Har bir ishni ilmiy rahbarim va ilmiy maslahatchim bilan kelishib, birgalikda qilmoqdamiz.
Ilmiy rahbar: f.f.d., professor Z. Xolmanova


Amaliyot rahbari: f.f.d., professor Z. Xolmanova


Magistrant: Q. Bakirov
Yüklə 35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə