Лирические народные песни


Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#105749
1   2   3   4
Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish

Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari.

  • Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo’lib, xattaxtaga yozishda bo’rdan foydalaniladi.
  • Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog’oz ishlatilgan bo’lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan:

Bunday daftarda yozuvga o’rgatilgan boladan boshlang’ich sinflarni bitirguncha besh xil daftarga yozishni o’rganish talab etilar edi:

  • Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi.
  • Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi.

Yozuvga o’rgatishda orfografik elementlar.

  • Orfografiya yunoncha so’z bo’lib, “to’g’ri yozuv” degan ma’noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog’liq bo’lib, to’g’ri yozish haqidagi qoidalar yig’indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me’yorlari asosida yozma ifodalab bo’lmaydi. O’quvchilarning imloviy savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala qilish uchun g’amxo’rlik demakdir. Savod o’rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladi.
  • Savod o’rgatish davrida o’quvchilarda o’z-o’zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo’l qo’ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o’rganadilar. SHu davrdanoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
  • 1. Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.
  • Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o’rgatadi.
  • Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi.
  • Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish
  • O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar. Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo’ymasligi kerak.
  • Savod o’rgatish davridagi o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud:
  • Har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo’lib, unda bironta axloqiy sifat o’stirilishi lozim;
  • Darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o’quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malakalar o’stirilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo’lishi aniq belgilab olinishi kerak
  • Umumdidaktik talablar:

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə