63
Psixologlar ta‘kidlashicha inson ruhiy sog‗ligi
hayoti davomida sodir
bo‗ladigan hodisalarga emas balki bu hosdisalarga organizmning chidamliligiga
bog‗liq bo‗ladi. Optimistik dunyoqarash insonga har qanday qiyinchilikni engishga
yordam bersa, pessimistik dunyoqarash esa arzimagan
qiyinchiliklarda ham
organizmni qiyin holatga solib qo‗yadi. Ruhan tushkunlik, kayfiyatni yo‗qolishi,
ishchanlik qobiliyatini pasayib ketishi bilan birga asabiylik
kasalliklarini keltirib
chiqaradi.
Stressning salbiy t‘siri inson o‗ziga ―endi nima bo‗ladi va qanday xavf keladi‖
deb savol berganda ortib ketadi. Agar ―nima qilish mumkin‖ degan savolni qo‗ysa,
stressdan qutilish yoki uni echimini topishga imkon yaratiladi. O‗zining ruhiy
holatini boshqara olmaydigan insonlar yillar davomida stress holatida yashaydilar.
Uzoq vaqt davomida asabiy xissiy zo‗riqishda bo‗lish
uyquning buzilishi,
ishtahaning yomonligi, tushkun kayfiyat, asabiylashish, bosh og‗riqlari, ba‘zan esa
kuchli ruhiy kasalliklarga olib keladi. Stress holatida asabiylashishining oldini
olishda
maroqli dam olish, sokin uyqu, to‗g‗ri
ovqatlanish, muntazam engil
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: