Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə15/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Fuqarolik huquqi tamoyillari 

Fuqarolik kodeksining 1-moddasida fuqarolik qonun hujjatlarining


asosiy negizlari belgilab qo‘yilgan. Asosiy negizlar yoki boshqacha
aytganda fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari bu barcha fuqarolik
qonun hujjatlari mazmuniga singdirilgan rahbariy, asosiy qoidalar
hisoblanadi. Ushbu asosiy tamoyillar fuqarolik qonun hujjatlarini ishlab
chiqilishida, huquqni qo‘llash amaliyotida xususan, sud amaliyotida o‘ziga
xos yo‘naltiruvchi ta’sir kuchiga ega. Odatda, umumiy qoida bo‘yicha
fuqarolik-huquqiy normalar uning asosiy tamoyillari mazmuniga zid
bo‘lmasligi lozim. Muayyan ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha fuqarolik
qonun hujjatlari sohasida bo‘shliqlar bo‘lgan taqdirda masalalar fuqarolik
huquqi tamoyillari asosida hal qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolik huquqi tamoyillari tizimiga quyidagilar kiradi:
1) Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar
ishtirokchilarini tengligi tamoyili. Ushbu tamoyil nafaqat FKning 1-
moddasida,
balki
muayyan
ma’noda O‘zbekiston Respublikasi


24


Konstitutsiyasining 18-moddasida ham o‘z mujassamini topgan.
Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari kimligidan qat’i nazar,
qanday ijtimoiy-siyosiy maqomga ega bo‘lishidan qat’i nazar o‘zlari
ishtirok etayotgan fuqarolik huquqiy munosabatlarda bir birlariga nisbatan
teng huquqqa egadirlar. Albatta fuqarolarning huquq layoqati mazmuni,
huquq va muomala layoqatini cheklanish asoslari, yuridik shaxslar huquq
layoqati mazmuni, davlatning fuqarolik huquqiy maqomi, qonunlarda
belgilab qo‘yilgan o‘ziga xosliklarga ega. Biroq, bu o‘ziga xosliklar ularni
fuqarolik huquqiy munosabatlardagi ishtiroki tengligini istisno etmaydi.
2)
Mulk
dahlsizligi
tamoyili.
Ushbu
tamoyil
mazmuni
Konstitutsiyamizning 53-moddasi, FKning 166-moddasida belgilab
qo‘yilgan. Unga ko‘ra mulk dahlsizdir va u qonun bilan qo‘riqlanadi.
Mulkdor bo‘lmagan barcha shaxslar mulkdorni huquqini hurmat qilishlari
va unga rioya qilishlari lozim. Mulkdorni mol-mulkini olib qo‘yishga,
shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda
tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
3) Shartnomalar erkinligi tamoyili. Ushbu tamoyilni mazmuni
FKning 354-moddasida belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik huquqi subyektlari
o‘z manfaatlarini turli shartnomalar orqali ro‘yobga chiqaradilar. Masalan,
oldi-sotdi, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, hadya va h.k. Qonunda fuqarolik
huquqi subyektlarini shartnoma tuzishda erkinligi belgilab qo‘yilgan.
Shartnoma tuzishga majbur tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma tuzish
burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki ushbu subyektning
o‘zi tomonidan olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomalarni
ham tuzishlari mumkin.
4) Xususiy ishlarga biron bir kishini o‘zboshimchalik bilan
aralashishga
yo‘l
qo‘yilmasligi
tamoyili.
Fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda har bir subyekt o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xususiy
masalalarni shaxsan o‘zi o‘z erki irodasi bilan hal etishga haqli. Bir
subyekt boshqa bir subyektning ishlariga o‘zboshimchalik bilan
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan o‘zboshimchalik bilan shartnoma
tuzishga majbur qilish, o‘zboshimchalik bilan shartnomani bekor qilishga
majbur qilish, o‘zboshimchalik bilan biron faoliyat bilan shug‘ullanishga
majbur qilish, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ta’qiqlash va h.k.
O‘zboshimchalik bilan xususiy ishlarga aralashgan taqdirda qonunda
belgilangan oqibatlar vujudga keladi. Masalan, aldash, qo‘rqitish ta’sirida
tuzilgan bitim haqiqiy emasligi. Ayni paytda shuni unutmaslik lozimki,
qonunda xususiy ishlarga qonuniy aralashish ham belgilab qo‘yilgan.


25


Masalan, muomalaga layoqatsiz shaxs nomidan uning vasiyi vakillik
qilishi, voyaga yetmagan bolalarga ularning ota-onalarining qonuniy
vakillik qilishi, tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyati ustidan nazorat
qiluvchi idoralarning vakolatlari va h.k.
Xususiy ishlarga o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo’l
quyilmasligi tamoyili fuqarolik huquqining xususiy huquq sifatidagi
mohiyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyil eng avvalo ommaviy xokimiyat va
uning organlariga qaratilgan bo’lib, bozor munosabatlari tizimida mulkiy
munosabatlar qatnashchilari, tovar egalari mulkdorlari xususiy ishlariga,
shu jumladan xo‘jalik ishlariga aralashish faqat qonunda nazarda tutilgan
xollardagina yo’l qo’yiladi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil
24 dekabrdagi “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati erkinligining
kafolatlari
to‘g‘risida”gi
qonunda,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 1998 yil 19 noyabrdagi “Xo’jalik yurituvchi subyektlarini
tekshirishini tashkil qilishini tartibga solish to’g’risida”gi Farmonida
ushbu tamoyilni amalga oshirish kafolatlari belgilab qo’yilgan. Shaxsiy
nomulkiy munosabatlar sohasida ushbu tamoyil erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqi, shaxsiy hayotdagi aralashishdan himoyalanish va turar
joy daxlsizligi to’g’risidagi normalarda (Konstitutsiyaning 25, 27-modda)
yanada konkretlashgan holda o‘z ifodasini topgan.
FKning qator normalarida ommaviy xokimiyat organlarining xususiy
ishlarga o‘zboshimchalik bilan aralashmasligi uchun preventiv normalar
belgilab qo’yilgan. Masalan, sud davlat organining hujjatini xaqiqiy emas
deb topish, davlat organining qonunga zid hujjatini sudning qullamasligi,
davlat organlari tomonidan yetkazilgan zararni undirilishi bo’yicha
normalar (FKning 11, 15-modda) shular jumlasidandir.
5) Fuqarolik huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirilishi tamoyili.
Uning mohiyati shundaki, hech kim boshqa subyektlarni fuqarolik
huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga haqli emas. Bordiyu
shunday bo‘lgan taqdirda huquq sohibi bunday to‘sqinliklarni bartaraf
etilishini so‘rab sudga murojaat qilishi mumkin. Fuqarolik huquqlarini
amalga oshirish jamiyatdagi mavjud shart sharoitlar bilan belgilanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarni barcha mulkiy, shaxsiy
huquqlarini amalga oshirish uchun real imkoniyatlar mavjud. Bunday
imkoniyatlar
yuridik
jihatdan
kafolatlanibgina
qolmasdan
mamlakatimizdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tizim tomonidan
ham to‘liq ta’minlangan. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun
davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish
va
hisobga
qo‘yishning
soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Bu boradagi har qanday byurokratik


26


to‘sqinliklar va qonunda belgilangan tartibning buzilishi tegishli
mansabdor shaxslar uchun muayyan javobgarlik choralarini belgilanishiga
asos bo‘ladi.
6) Buzilgan fuqarolik huquqlarini tiklanishi tamoyili. Ko‘p hollarda
fuqarolik muomalasi ishtirokchilarni muayyan mulkiy yoki shaxsiy
huquqlarni buzilishi bu huquqlarni mutlaqo bekor bo‘lishiga, tugatilishiga
olib kelmaydi. Bunday huquqlar huquq sohibining sa’y-harakatlari tegishli
vakolatli davlat, jamoat organlarini ko‘magi yoxud sud qarori asosida
qaytadan avvalgi holatiga tiklanishi mumkin. Masalan, g‘ayriqonuniy
ravishda mulkdordan olingan mol-mulkni asl holida qaytarib berilishi.
Ushbu tamoyil g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib fuqarolik
muomalasini normal, uzluksiz, barqaror davom etishiga va huquq egalari
uchun huquqbuzarlik natijasida vujudga kelgan barcha oqibatlarni to‘liq
bartaraf etilishiga asos va sabab bo‘ladi.
7) Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilinishini ta’minlash
tamoyili. Mamlakatimizda buzilgan fuqarolik huquqlarini ishonchli
himoya qilishni mustahkam tizimi yaratilgan. Bu tizimning markazida odil
sudlov orqali huquqlarni va qonuniy manfaatlarni himoya qilish tartibi
yotadi. Konstitutsiyaning 44-moddasida har bir shaxsga o‘z huquq va
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor
shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi, deb belgilangan. Fuqarolik
huquqlarini sud orqali himoya qilish tartibi muayyan taomillar asosida
ishlarni har tomonlama puxta ko‘rib chiqib, oliy yuridik ma’lumotga ega
bo‘lgan sud’yalar tomonidan adolatli, qonuniy qaror chiqarilishini nazarda
tutadi. Mamlakatimizda odil sudlov tizimi tadbirkorlarni huquqlarini
himoya qiluvchi xo‘jalik sudlari, oilaviy, fuqarolik, mehnat nizolari
bo‘yicha fuqarolik sudlari, shuningdek, jinoyat sudlari faoliyat
yuritmoqda. Odil sudlov tizimi mustaqil hokimiyat tarmog‘i bo‘lib u
qonun va adolatga asoslanadi. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya
qilinishini ta’minlash fuqarolik huquqi subyektlarida ishonch, barqarorlik
tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
8) Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik
huquqlariga o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarni o‘z
manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar. Ushbu tamoyilni mohiyati erk
muhtoriyatida namoyon bo‘ladi. Bu fuqarolik huquqini o‘ziga xos maxsus
tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolik huquqini subyektlari erk irodasining
har qanday tajovuzlardan himoya qilinishi, ularni o‘z xohishlari, o‘z
maqsadlari, manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik huquqiy munosabatlarga


27


kirishishlari o‘zlari uchun maqbul shartnoma va bitimlar tuzishlari, ularni
oqibatlaridan bahramand bo‘lishlari qonun bilan kafolatlangan. Nafaqat
ularning erk irodasiga tazyiq o‘tkazishdan himoyalanish, shuningdek,
bunday erk-irodani har xil yanglishishlar ta’siri ostida bo‘lishi holatlari,
ularni oqibatlarini bartaraf etish ham fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab
qo‘yilgan.
9) Tovar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘larni O‘zbekiston
Respublikasi butun hududida erkin harakatlanish tamoyili. Mamlakatimiz
hududi yaxlit iqtisodiy-huquqiy maydon hisoblanadi. Ushbu hududda
fuqarolik huquqi subyektlari turli tovarlar, ishlar, xizmatlar, moliyaviy
mablag‘larni erkin muomalasidan bahramand bo‘lish huquqiga egadirlar.
Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarni hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni
ta’minlash, tabiiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur
bo‘lgan hollarda tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonun
hujjatlarida joriy etilishi mumkin.
Bundan tashqari mamlakatimizda barcha mulk shakllarining tengligi
va huquqiy jihatdan bab baravar muhofaza qilinishi, mulkiy
munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi, qonunda
nimaiki ta’qiqlanmagan bo‘lsa ruxsat berilishi, fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyili asosida harakat
qilishi kabi tamoyillar ham mavjudligi to‘g‘risida adabiyotlarda fikr-
mulohazalar mavjud. Fuqarolik huquqining ayrim kichik sohalari va
institutlari jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, intellektual mulk
huquqi, mualliflik huquqi, vorislik huquqi ham o‘zining alohida
tamoyillariga ega.
Fuqarolik huquqi tamoyillaridan yana biri bu dispozitivlik tamoyili
hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, fuqarolik huquqiy munosabatlar
ishtirokchilari bu munosabatlarda mustaqil, o‘z xoxishiga ko‘ra
qatnashadilar va manfaatlariga muvofiq tegishli xatti harakat qoidalarini
tanlab oladilar. Masalan, ular aksariyat hollarda u yoki bu fuqarolik
huquqiy munosabatlarga kirishish yoki kirishmaslik, o‘z kontragentlaridan
majburiyatlar ijrosini talab qilishi yoki qilmaslik, o‘z huquqlarini himoya
qilishni so‘rab sudga murojaat qilish yoki qilmaslikni masalalarini o‘zlari
mustaqil hal qiladilar.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə