M. N. A'Z am ova maktabgacha pedag о gika


PEDOGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR



Yüklə 6,38 Mb.
səhifə9/212
tarix19.12.2023
ölçüsü6,38 Mb.
#151720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212
M. N. A\'Z am ova maktabgacha pedag î gika(1)

PEDOGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuVchi Va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirgani- mizdek, metod lotincha "metodos”- yo'l so'zidan olingan bo'lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, il­miy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatla- rini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar to­monidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuza- tish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anke- talar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. l.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida

pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab huj- jatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matema- tik hisoblash metodlari asoslab berilgan.


S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'Ilanma- sida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi “Pedagogika" o'quv qo'llan- masida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test- so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik dars- liklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pe­dagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tad- qiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanish- ning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilish- dan boshlanadi.


Adabiyotlarni o'rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasi- ga va ma'naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsi- yalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.


Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə