44
•
investitsiyalarning buxgalteriya rentabelliligi(ROI)ni
aniqlash
uslubi.
Ushbu uslublarni ko‘rib chiqishdan oldin shuni taʼkidlash zarurki,
har bir uslub investitsiyalarning mutlaq samaradorligini aniqlash usuli
sifatida ko‘rib chiqiladi. Yaʼni har bir investitsiya loyihasini amalga
oshirish
firmaning
boshqa
loyihalarga
investitsiya
sarflash
imkoniyatlariga taʼsir etmaydi, degan shartga amal qilinadi.
Bunday shartning
kiritilishiga sabab shuki, amalda ko‘pchilik
investiya loyihalarining amalga oshirilishi boshqa loyihalarni amalga
oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi yoki mutlaqo yo‘qqa chiqaradi.
Bunday investitsiya loyihalari o‘zaro konflikt (ziddiyatli)li
loyihalar
deyiladi. O‘zaro konfliktli loyihalar jumlasiga shuningdek, firmaning
maʼlum bir pirovard maqsadiga erishishning turli yo‘llarini ko‘zda
tutuvchi loyihalar kiradi. Turli loyihalarning konfliktli bo‘lishiga sabab
korxona mablag‘larining cheklanganligidir. Firmalar loyihalarni
nafaqat mutlaq samaradorligi mezoniga ko‘ra, balki mablag‘
yetmay
qolganligi sabab boshqa loyihalarni amalga oshira olmasligi tufayli
o‘zi ko‘rishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar
nuqtayi nazaridan kelib
chiqib ham tanlaydi. Boshqacha aytganda,
firma investitsiya
loyihalarini nisbiy samaradorlik mezoniga ko‘ra tanlaydi.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini o‘rganishga
kirishishdan oldin biz eʼtiborga olishimiz zarur bo‘lgan yana bir shart
shundan iboratki, bu jarayonda loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha
xarajatlar va tushumlar pul ko‘rinishiga ega deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: