45
Sof joriy qiymat bu diskontlangan pul tushumlari bilan (albatta
investitsiya natijalarida vujudga kelgan) diskontlangan
xarajatlarining
farqidir.
Аgar boshlang‘ich investitsiya mablag‘larini I0, t-davr oxiridagi
pul tushumlarini SFt deb belgilasak,
u holda sof joriy qiymatni
aniqlashni ko‘rib chiqamiz .
Аgar sof joriy qiymat (NPV) musbat miqdorga ega bo‘lsa bu loyiha
uchun qilinadigan investitsiya samaralidir.
Misol: Firma 500 mln so‘mga universal do‘kon uchun joy, bino
sotib oldi. Bu do‘kondan 10 yil davomida har yili 100 mln.so‘mdan
pul tushumlari bo‘ladi. O‘sha davrda muqobil foyda meʼyori 10%
bo‘lsa shu do‘konni sotib olish kerakmi degan savol tug‘iladi. Hisob-
kitoblar shuni ko‘rsatdiki, firma 10 yil ichida o‘z kapitalini 114,6 mln.
so‘mga ko‘paytiradi. Loyiha samaralidir.
Аyrim hollarda «uzoq» muddatli investitsiya
sarf etilib uzoq
muddat ichida pul tushumlari vujudga keladi. Yaʼni pul oqimi
birdaniga emas, bir necha yilga cho‘ziladi. Bunda quyidagi formuladan
foydalanish mumkin (13-formula):
n
1
t
t
k
1
t
I
n
1
t
t
k
1
t
CF
NPV
Loyihalarning hayot davri cheklanmagan holatlarda NPVni
hisoblashda Gorden formulasidan foydalaniladi (14-formula).
NPV=CF1 / (k+ - q) – I
0
Bu yerda, CFl – pul
tushumlari;
q – pul tushumlarining doimiy o‘sish suratlari.
Misol: Firma yangi «Modellar uyi»ni 510 mln. so‘mga sotib
olmoqchi Shu davrda muqobil foyda meʼyori 15%. Har yili bu korxona
70 mln.so‘m pul tushumlari vujudga keltiradi.
Korxonani sotib olish
to‘g‘ri bo‘ladimi?
NPV
70
(0,15-0) – 510
466,7-510
-43,3
46
Bundan ko‘rib turibmizki, korxonani sotib olish firma uchun ziyon
keltiradi.
Faraz qilaylik, pul tushumlari yiliga 4% ga oshsin va yil oxirida 70
mln. so‘m pul tushumiga ega bo‘linsin, bunday holatda korxonani
sotib olish foydali bo‘ladi.
NPV
70
(0,15-0,04)-510
70
0,11-510
636,4-510
126,4 mln.so‘m.
Investitsiyalar samaradorligini NPV asosida aniqlash usuli keng
tarqalganiga sabab bu ko‘rsatkichning dastlabki
shart-sharoitlar turli
kombinatsiyalarida barqaror, o‘zgarmay turishidir. NPV inves-
titsiyalashning ushbu varianti firma boyligi o‘sishiga
olib keladimi,
degan savolga javob bersa-da, bunday o‘sishning nisbiy o‘lchamlari
haqida hech qanday maʼlumot bermaydi. Bunday maʼlumot esa
investor uchun juda zarur. Bu kamchilikni to‘ldirish uchun boshqa bir
ko‘rsatkich
investitsiyalar
rentabelligini
hisoblash
usulidan
foydalaniladi.
Investitsiya rentabelligi PI (ingl. profitability index) qilingan har
bir so‘m investitsiyaga qanday darajada foyda olinganligini yoki
investor boyligi qanchaga ko‘payganini ifodalaydigan ko‘rsatkichdir.
Ko‘pincha, foyda meʼyori, deyiladigan bu ko‘rsatkichni
quyidagi
formula bilan aniqlash mumkin (15-formula):
Dostları ilə paylaş: