61
Biznes rejani tuzish sabablari nimalardan iborat?
Biznes reja ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun tuziladi. Shunga
mos ravishda har ikki holatda ham biznes rejani tuzishni o‘ziga xos
maqsadi va aniq vazifalari belgilab olinadi.
1. Аgar biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilsa, demak, u
investorlar va hamkorlarga taqdim etish uchun ishlab chiqiladi. Misol
uchun “O‘zsanoatqurilishbank”dan kichik biznesni rivojlantirish uchun
kredit olish uchun tuzilgan biznes reja tashqi
foydalanuvchilar uchun
tuzilgan biznes reja bo‘lib hisoblanadi.
2. Biznes reja shuningdek ichki foydalanish uchun ham tuziladi. Bu
holda biznes reja kichik korxonaning barcha kuchli va zaif tomonlari
bilan yoritilgan holda taqdim etiladi. Biznes rejaning bunday varianti
kichik korxonaning boshqaruv vositasi sifatida ishlatiladi va doimiy
tarzda shu korxona mutaxassislari tomonidan foydalaniladi. Kichik
korxonada, agar biznes reja ichki foydalanish
uchun ishlab chiqilsa,
undan foydalanib korxona muhim ustunliklarga erishishi mumkin. Uni
yozish jarayonida, tashqi hamkorlarga hech qachon yozilmasligi kerak
bo‘lgan, tijorat nuqtayi nazaridan maxfiy bo‘lgan ko‘pgina masalalar
tahlil etilishi va kelgusidagi korxonaning tadbirlari biznes rejada
belgilab olinishi mumkin.
Biznes rejada kredit/investitsiya olish nazarda tutilsa, korxona
oladigan daromadning 20-50% kredit stavkalarini qaytarish va boshqa
unimsiz xarajatlarga sarflanishi mumkin.
Аgar korxonaning ichki
moliyaviy resurslarini va imkoniyatlarini to‘la ishlatib rejadagi
maqsadga erishish mumkin bo‘lsa (yoki bankdan kreditsiz) shu
variantda ishni tashkil qilgan afzalroq. Bu xulosa kichik biznes va
mikrofirmalar uchun ayniqsa o‘rinlidir. Shuning uchun ichki
masalalarni yechishga qaratilgan ichki biznes reja tuziladi. Shunda
korxona bankning foiz stavkalarini
hamda kreditni qaytarish
xarajatlaridan o‘zini-o‘zi ozod qilishi mumkin. Boshqacha qilib
aytganda, korxonada bank foiz stavkasi va kreditni qaytarish
xarajatlari bo‘lmaydi. Bu korxonaning yanada samarali faoliyatiga
ijobiy taʼsir etadi. Biroq kredit olib korxonaning raqobatdoshligi
oshirish va uning bozor qiymatini oshirishga erishish mumkin. Kredit
olib yangi
texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni diversifikat-
siyalash va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin.
62
Demak, kredit olish uchun samarali biznes loyiha kerak bo‘ladi.
Shuning uchun har bir holatda aniq va samarali variantdan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Biznes-reja istiqbol xarakterga ega bo‘lib, uni kamida 3 yil yoki 5
yil istiqbolga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejada birinchi yil muhim
ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun reja ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha,
ikkinchi yili chorak (kvartal)lar bo‘yicha, keyingi yillarda esa yilda bir
marta ifoda etilishi maqsadga muvofiq.
Har qanday kichik va mikrobiznes o‘z xususiyatlariga ega,
binobarin, har qanday vaziyatlarda qulay bo‘lgan «standart» reja
mavjud bo‘lishi ehtimol. Lekin amaliyotda standart korxona mavjud
bo‘lmaganidek standart biznes rejani qo‘llash
ham deyarli mumkin
emas. Аmmo har qanday biznes-rejaning yagona sinalgan tuzish
tamoyili, metodologiyasi mavjud. Shuning uchun biznes rejani tuzish
metodologiyasini
amaliyotga
tatbiq
etish
nuqtayi
nazaridan
yondashiladi.
Dostları ilə paylaş: