M. S. Qosimov


 Biznes rejaning mohiyati va turlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
6.2. Biznes rejaning mohiyati va turlari. 
Biznes reja nima? 
 
Biznes reja – bu KICHIK KORXONА YOKI MIKROFIR-
MАNING KELGUSIDAGI MАRKETING, ISHLАB CHIQАRISH, 
DАROMАDLАR VА XАRАJАTLАR, BOSHQАRUV USULLАRI, 
KREDITNI QАYTАRISH hamda boshqa asosiy harakatlarini yoritib 
beruvchi mayoq, barcha mutaxassislar boshqaruvda tayanadigan 
boshqaruv mexanizmi, investorlarga sizning biznesingizni daromadli 
ekanligiga ishontira oladigan hujjatdir. Shuning uchun malakali va 
xolisona tuzilgan biznes reja bir qarashda oddiy bo‘lgan savolga javob 
beradi. U savol: mablag‘ va resurslaringizni shu kichik biznesga 
tikishingiz o‘zini oqlaydimi? Bu ishni amalga oshirish uchun shuncha 
kuch va resurslar siz kutayotgan daromadni beradimi? Biznes rejani 
tuzishda hisoblangan raqamlar biznesning kelgusini sizga ko‘rsatib 
beradimi? Shu kabi ko‘plab savollarga biznes rejada javob topishingiz 
kerak va muammolarni yechimlarini u orqali aniqlab samarali 
yechimlarini ko‘rsatib berishingiz kerak. Biznes reja korxonani 
kelgusidagi muammolarni ko‘rish asosida ularning zarbalarini 
yumshatish yoki oldini olish imkonini ham beradi. 
Biznes rejani 
korxonaning rahbari tuzishi shart
, chunki uni tuzgan 
rahbar kelgusida korxonani oson boshqara oladi. Аgar konsultant 
biznes reja tuzilganini bank yoki boshqa moliya instituti bilib qolsa 
unday biznes rejani banklar, moliya institutlari ko‘rib chiqishdan bosh 
tortadi. Chunki biznes rejani tushishni bilgan rahbar uni amalga 
oshirishni ham yaxshi biladi. Shuning uchun ham siz o‘zingiz biznes 
rejani tuzishni bilishingiz shart.


61 
Biznes rejani tuzish sabablari nimalardan iborat? 
 
Biznes reja ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun tuziladi. Shunga 
mos ravishda har ikki holatda ham biznes rejani tuzishni o‘ziga xos 
maqsadi va aniq vazifalari belgilab olinadi. 
1. Аgar biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilsa, demak, u 
investorlar va hamkorlarga taqdim etish uchun ishlab chiqiladi. Misol 
uchun “O‘zsanoatqurilishbank”dan kichik biznesni rivojlantirish uchun 
kredit olish uchun tuzilgan biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun 
tuzilgan biznes reja bo‘lib hisoblanadi. 
2. Biznes reja shuningdek ichki foydalanish uchun ham tuziladi. Bu 
holda biznes reja kichik korxonaning barcha kuchli va zaif tomonlari 
bilan yoritilgan holda taqdim etiladi. Biznes rejaning bunday varianti 
kichik korxonaning boshqaruv vositasi sifatida ishlatiladi va doimiy 
tarzda shu korxona mutaxassislari tomonidan foydalaniladi. Kichik 
korxonada, agar biznes reja ichki foydalanish uchun ishlab chiqilsa
undan foydalanib korxona muhim ustunliklarga erishishi mumkin. Uni 
yozish jarayonida, tashqi hamkorlarga hech qachon yozilmasligi kerak 
bo‘lgan, tijorat nuqtayi nazaridan maxfiy bo‘lgan ko‘pgina masalalar 
tahlil etilishi va kelgusidagi korxonaning tadbirlari biznes rejada 
belgilab olinishi mumkin. 
Biznes rejada kredit/investitsiya olish nazarda tutilsa, korxona 
oladigan daromadning 20-50% kredit stavkalarini qaytarish va boshqa 
unimsiz xarajatlarga sarflanishi mumkin. Аgar korxonaning ichki 
moliyaviy resurslarini va imkoniyatlarini to‘la ishlatib rejadagi 
maqsadga erishish mumkin bo‘lsa (yoki bankdan kreditsiz) shu 
variantda ishni tashkil qilgan afzalroq. Bu xulosa kichik biznes va 
mikrofirmalar uchun ayniqsa o‘rinlidir. Shuning uchun ichki 
masalalarni yechishga qaratilgan ichki biznes reja tuziladi. Shunda 
korxona bankning foiz stavkalarini hamda kreditni qaytarish 
xarajatlaridan o‘zini-o‘zi ozod qilishi mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda, korxonada bank foiz stavkasi va kreditni qaytarish 
xarajatlari bo‘lmaydi. Bu korxonaning yanada samarali faoliyatiga 
ijobiy taʼsir etadi. Biroq kredit olib korxonaning raqobatdoshligi 
oshirish va uning bozor qiymatini oshirishga erishish mumkin. Kredit 
olib yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni diversifikat-
siyalash va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. 


62 
Demak, kredit olish uchun samarali biznes loyiha kerak bo‘ladi. 
Shuning uchun har bir holatda aniq va samarali variantdan foydalanish 
maqsadga muvofiq.
Biznes-reja istiqbol xarakterga ega bo‘lib, uni kamida 3 yil yoki 5 
yil istiqbolga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejada birinchi yil muhim 
ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun reja ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha, 
ikkinchi yili chorak (kvartal)lar bo‘yicha, keyingi yillarda esa yilda bir 
marta ifoda etilishi maqsadga muvofiq.
Har qanday kichik va mikrobiznes o‘z xususiyatlariga ega, 
binobarin, har qanday vaziyatlarda qulay bo‘lgan «standart» reja 
mavjud bo‘lishi ehtimol. Lekin amaliyotda standart korxona mavjud 
bo‘lmaganidek standart biznes rejani qo‘llash ham deyarli mumkin 
emas. Аmmo har qanday biznes-rejaning yagona sinalgan tuzish 
tamoyili, metodologiyasi mavjud. Shuning uchun biznes rejani tuzish 
metodologiyasini 
amaliyotga 
tatbiq 
etish 
nuqtayi 
nazaridan 
yondashiladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə