M. S. Qosimov


VI BOB. INVESTITSIYA LOYIHASINING BIZNES REJASI



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

VI BOB. INVESTITSIYA LOYIHASINING BIZNES REJASI 
 
6.1. Oliy taʼlim bitiruvchi talabalarini tadbirkorlikka jalb etishni 
rag‘batlantirish va unda biznes rejaning o‘rni 
 
Mamlakatda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-
loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalarini ro‘yobga chiqarilishiga 
ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik subyektlarining sanoat va xizmat 
ko‘rsatish 
sohalaridagi 
loyihalarini 
har 
tomonlama 
qo‘llab-
quvvatlashga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi 
«Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda 
yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» 
qarorida 
«yoshlarga 
tadbirkorlik 
faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari 
hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni 
tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish; yoshlarga ularning sanoat va 
xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari 
amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish» 
ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun Investitsiyalar va tashqi savdo 
vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. 
Jamg‘arma tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan va importning 
o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab 
chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda 
xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish; meva-
sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash
saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, 
kimyo, 
farmatsevtika, 
oziq-ovqat, 
elektrotexnika 
sanoati, 
mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari, hunarmandchilik 
hamda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohalaridagi 
loyihalarni moliyalashtirish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy 
ishlab chiqarishlarni tashkil etish”ga masʼul bo‘ldi”
5
.
5
O`zbekiston Respublikasi Prezidentini “ Yoshlar sanoat hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid 
tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida “ Qarpri. 2021-yil 21-
aprel.www//uza,uz.2021.04.21. 


57 
Xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha biznes rejasiz tadbirkorlik fao-
liyati bilan shug‘ullanishni tasavvur etish juda qiyin. Bu xulosa 
O‘zbekiston misolida ham isbotlangan.
Biznes rejani bank, soliq idoralari, statistika bo‘limi, investorlar va 
boshqa hamkorlar talab qilishadi. Biznes rejani ularni talablariga mos 
holatda topshirgan tadbirkor o‘z ishini puxta bilishini ham isbotlay 
oladi.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə