M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
UO‘K: 336.6(075.8) 
KBK 65.053ya73 
Masʼul muharrir:
M.P. Eshov, i.f.d, prof. 
Taqrizchilar: 
1. N.M.Mahmudov, iqtisod fanlari doktori, professor; 
2. I.A.Bakiyeva, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
 
ISBN 978-9943-7396-1-1
 
© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021.



KIRISH 
 
O‘zbekiston iqtisodiyotini 2017-yildan liberallashuvi xalqaro 
moliya tashkilotlari, ilg‘or mamlakatlarning yetakchilari, taniqli 
tadbirkorlar tomonidan ijobiy baholanmoqda, shu bilan birga iqtiso-
diyotga katta investitsiyalarni kirib kelishi ham jadallashmoqda. O‘z 
navbatida investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyoti manfaatlari nuqtayi 
nazaridan chuqur tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish zarurati 
oshmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tarkibiy qayta 
qurish, iqtisodiyotni barqaror, yuqori surʼatlarda o‘sishini taʼminlash 
vazifalari, iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini 
to‘xtovsiz o‘stirishni, har bir so‘mlik investitsiyani eng zarur, eng ko‘p 
samara beradigan obyektlarga, o‘sish nuqtalariga sarflanishini talab 
etadi. Ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi xorijiy investit-
siyalarni jalb qilish borasida ham katta kuch-g‘ayratni talab etmoqda.
Qulay investitsiya muhitini yaratilishi, davlat tomonidan investit-
siya faoliyati qonun yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan
investitsiya jarayonlarida bir qator muammolar saqlanib kelmoqda.
Bunday holatning sabablariga pishiq – puxta biznes loyihalarining 
kamligi, mutaxassislarda kichik va mikrofirma doirasida biznes loyiha 
ishlab chiqish tajribasi va ko‘nikmalarining talab doirasida emasligi, 
vakolatli idoralarda texnik-iqtisodiy asoslangan biznes loyihalarni 
ekspertizadan o‘tkazish muddatlari cho‘zib yuborilayotganligini 
kiritish mumkin.
Shu jihatdan talabalarga biznes loyihalarni tuzish, tahlil qilish va 
amalga oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berish, ularga 
zarur maslahatlar berish va o‘z biznesini ochishni xohlovchi 
talabalarni qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lmoqda. 
Darslik oliy taʼlim muassalarining iqtisodiyot, biznes taʼlim 
yo‘nalishlari bitiruvchi talabalariga nazariy va amaliy bilim berish, 
ularning biznes g‘oyalarini rag‘batlantirib, amaliyotga tatbiq etishlari 
uchun ko‘mak berish maqsadini ham nazarda tutadi.Bu borada 
O‘zbekiston Prezidentining 2020-2021-yillarda qabul qilgan farmon va 
qarorlari, pandemiya sharoitida ishsizlarni ish bilan taʼminlash 
masalasining yanada dolzarbligi ushbu darslikni qayta tayyorlab nashr 
etishga katta turtki bo‘ldi. 




Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə