M. S. Qosimov


I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI BILAN



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI BILAN 
BOG‘LIQ IQTISODIY KONSEPSIYALAR 
 
1.1. Investitsiya: mohiyati, asosiy turlari va tarkibi 
Keng maʼnoda investitsiya – subʼektni vaqtinchalik isteʼmolini 
cheklab, kelgusida sof foydani ko‘paytirish uchun xarajatlari va 
harakatlar tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda – pul va pul 
bo‘lmagan jamg‘armalarni kapitalga (jihozlar, ko‘chmas mulk, moliya 
va boshqa ko‘rinishdagi aktivlarga) aylantirishdir. 
Investitsion faoliyatning asosiy belgilari va tahlil qilishda 
asoslanadigan xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.Investitsion faoliyatda pul aktivlari jihozlar, ko‘chmas mulk va 
boshqa ko‘rinishdagi aktivlarga aylanadi (masalan, likvidligi 
pasayadi). 
2.Investorlarning farovonligi va yanada foydani ko‘paytirishni 
ko‘zlash (masalan, raqobatdoshlikni oshadi). 
3.Uzoq muddatli xarajatlarni va kutilayotgan daromadlarning riski 
oshadi. 
Makro va mikro ko‘lamda iqtisodiyotni rivojlantirishni inves-
titsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Investitsiyalar korxonalarni 
rivojlantirish, mamlakat iqtisodiy o‘sishini taʼminlashning bosh 
omillaridan biridir. Investitsiyalar deganda yangi ishlab chiqarishlarni 
tashkil etish, ishlab turgan quvvatlarni saqlab turish va rivojlantirish, 
ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, foyda olish hamda (atrof-muhitni 
muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish kabi) boshqa yakuniy natijalar 
olish maqsadida turli dasturlar yoki alohida tadbirga (loyiha)larga 
sarflanadigan mablag‘ hamda nomoddiy aktivlar tushuniladi. 
Investitsiyalar o‘z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy samaraga 
erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan 
pul mablag‘lari, shuningdek, maqsadli bank omonatlari, paylar, 
aksiyalar, boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, texnologiyalar, mashina va 
uskunalar, litsenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har 
qanday boshqa mulk va mulk huquqlarini hamda intellektual 
boyliklarni oladi. 
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi uch shakli o‘zaro 
farqlanadi: 




fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar

pul aktivlariga qilingan investitsiyalar; 

nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar. 
Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari, yaʼni 
ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir 
yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi. 
Pul aktivlari deganda jismoniy va yuridik shaxslardan pul 
mablag‘larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, 
obligatsiyalar va boshqalar anglashiladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə