M. S. Qosimov


Iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy yo‘li – investitsiya



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

1.5. Iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy yo‘li – investitsiya 
loyihalarni yaratish va amalga oshirish 
 
O‘zbekistonda investitsiya siyosatining asosiy tamoyillari bo‘lib 
jumladan quyidagilar hisoblanadi: 


10 
1. Investitsiyani jalb qilishda teng raqobat muhitini shakllantirish, 
imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish tizimini xalqaro tajribalar 
asosida shakllantirish. 
Ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va moder-
nizatsiyalash, yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o‘sish 
barqarorligini taʼminlash. 
2. Vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning 
boshqa bo‘limlari ishtirokida va manzilli dasturlarga qatʼiy rioya 
qilgan holda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 
markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalar hajmini 
aniqlash. 
3. Iqtisodiy samaradorlikni taqsimlash maqsadida eksportga 
mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi loyihalar nuqtayi nazaridan 
ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini ishlab chiqish va chuqur 
ekspertizadan o‘tkazishlarni taʼminlash. 
4. Iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investitsiyalarni 
amalga oshirish tenderlar asosida o‘tkazilishi lozim. 
I bob bo‘yicha qisqacha xulosalar 
 
1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishi unga ichki va xorijiy 
investitsiyalarni jalb etilishi bilan bog‘liqdir. 
2. Iqtisodiyotga real investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni 
barqaror rivojlanishiga katta taʼsir etadi. Shuning uchun ham real 
investitsiyalarni jalb etish hozirgi davrda va kelgusida ustuvor 
vazifalardan biri bo‘lib qoladi. 
3. Iqtisodiyotga real ignvestitsiyalarni jalb etish uchun investitsiya 
loyihalari, korxonalarda esa biznes loyihalar/planlar ishlab chiqilishi 
lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-avgustda 
qabul qilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va 
oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” Qarorini eslab o‘tish o‘rinli. Qarorda 
ko‘rsatilganidek 2019-2021-yillarda 
“Jahon bankining qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish 
uchun 200,0 million АQSH dollari hamda qishloq xo‘jaligida 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200,0 million АQSH dollari 
miqdoridagi kredit mablag‘lari; Osiyo taraqqiyot bankining yirik 


11 
zamonaviy agrologistika komplekslarini tashkil etish uchun 347,0 
million АQSH dollari va chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 
million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Yaponiya 
xalqaro hamkorlik agentligining meva-sabzavotchilikni rivojlantirish 
uchun 200,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; 
Fransiya rivojlanish agentligining chorvachilikni rivojlantirish uchun 
170,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Xalqaro 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining qishloq xo‘jaligini 
diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun 46,6 million АQSH 
dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari yo‘naltirilishi nazarda 
tutilmoqda”
1
. Bu mablag‘larni olib biznesni rivojlantirish uchun 
investitsiya yoki biznes planlar taqdim etilishi lozim. 
4. Makroiqtisodiy o‘sish iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishga 
bevosita bog‘liq. Buning uchun Yalpi ichki mahsulotni xarajatlar usuli 
bilan hisoblash formulasini eslab ko‘rish kifoya. 
5. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashuvi bilan investitsiya 
loyihalarini sifatli ishlab chiqarish va samarali amalga oshirishga talab 
keskin 
oshdi. 
“2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston 
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘ri-
sida”O‘zbekiston Respublikasining Farmoni qabul qilindi.
(12 may 2020 y). 
6. O‘zbekiston iqtisodiyotining investitsiya siyosati ochiqlik va 
tenglikka qurilmoqda. Raqobatda teng sharoitlar, investitsiya kirishi va 
chiqishida ochiqlik bu liberal iqtisodiyotning asoslaridir. 
7. Investorlarga qulay va jozibador muhitni yaratishga berilgan 
eʼtibor Respublika Prezidentining 2017-yildan keyingi farmon va 
qarorlarida o‘z ifodasini topgan. 
8. Makroiqtisodiyotda pul – kredit siyosati, IS – LM modeli, 
investitsiya va jamg‘armalar, inflatsiya va foiz stavkalari kabi mav-
zular investitsiya loyihalariga bevosita bog‘liq nazariya va konsep-
siyalardir. 
 
1
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил.1 августда қабул қилган “Қишлоқ 
хўжалиги маҳсулотларини чуқур қайта ишлаш ва озиқ-овқат саноатини янада ривожлантириш 
бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” қарорини. www.Уза Уз.2019й. 08.08


12 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə