M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Id = Im – kR 
Bu yerda,
Id
– iqtisodiyotda investitsiyalarga talab hajmi
Im 
– foiz stavkasi nolga teng bo‘lgandagi investitsiyalarga 
maksimal talab hajmi; 
k
– foiz stavkasi o‘zgarishiga investitsiyalar hajmi o‘zgarishi 
bog‘liqligini ko‘rsatuvchi empirik koeffitsiyent; 
R
– bank foiz stavkasi. 
Investitsiyaga bo‘lgan talabni grafikdagi ifodasi 
R

R – foiz stavksi;
I – investitsiyaga talab. 



Foiz stavkasining tushishi bilan investitsiyaga talab oshib boradi. 
IS va LM modelini investitsiya siyosatiga bevosita bog‘liqligi 
makroiqtisodiyotda ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek fiskal siyosat va 
monitar siyosat bilan uzviy bog‘liqdir. 
1.3. Investitsiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy 
konsepsiyalar 
 
Investitsiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligi darajasini 
aniqlash bir qancha iqtisodiy konsepsiyalarga tayanib amalga 
oshiriladi. 
1.Investitsiyalarning firma boyligini oshirishdagi roli. 
Har qanday firma investitsiya jalb qilar ekan, avvalo, o‘z 
boyliklarini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad firmaning 
foydani ko‘paytirish kabi ko‘pincha asosiy deb qaraladigan boshqa bir 
maqsadidan ancha kengroqdir. 
Firma boyligi o‘z ichiga firma o‘z kapitalining bozor qiymatini 
(WC) hamda firma majburiyatlarining bozor ( L) qiymatini oladi. 
Yaʼni: 
W=WC+L 
Shu narsa ravshanki, firmaning real boyligi uning kapitali 
(yuqori likvidli aktivlar ko‘rinishida turgan kapitalni istisno qilgan 
holda) qanchalik ko‘pligi bilan emas, balki bu kapital tovarlar va 
xizmatlar bozorida firmaga qanday holatni taʼminlab berishi bilan 
belgilanadi. 
Pul tushumlari haqida tushuncha 
Pul tushumlari (pul obyekt oqimlarining, CF- cash fkow) 
iqtisodiy adabiyotlarimizda yaqindan buyon qo‘llanilayotgan atama 
bo‘lib firma tijorat faoliyati natijasida olingan tushumlarni, yaʼni pul 
kirimlari va chiqimlari ko‘rsatadi. 
Pul tushumlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Аsosiy faoliyat bo‘yicha: 

naqd pul evaziga sotishdan olingan pul tushumi; 

pul o‘tkazish yo‘li bilan sotishdan olingan pul tushumlari. 
2. Investitsiyalar bo‘yicha: 

qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalardan daromadlar; 

sho‘ba korxonalar va xorijdan tushumlar




aktivlarni sotishdan keladigan tushumlar. 
3. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha: 

qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumlar; 

qarzlar. 
Firmaning pul chiqimlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Аsosiy faoliyat bo‘yicha: 

xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar; 

ish haqi to‘lovlari: 

soliq to‘lovlari; 

sug‘urta to‘lovlari. 
2. Investitsiyalar bo‘yicha: 

asosiy kapitalni sotib olishga; 

asosiy kapitalni montaj qilishga. 
3. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha: 

foizlar va dividendlar to‘lashga; 

ssudalar va obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirishga. 
Pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasidagi farq, yaʼni sof pul 
tushumlari firma boyligi oshishini taʼminlovchi sof pul qoldig‘idir. 
Buxgalteriya hisobining Аmerika standartlari GAAP (Generally 
Аccepted Аccounting Principles) atamalaridan foydalansak, pul 
tushumlarini aniqlash tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə