M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

I bob bo‘yicha savollar 
 
1. Investitsiyaning 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishdagi 
roli 
va 
ahamiyati nimalardan iborat? 
2. Investitsiyalarning turlari va farqli jihatlarini tushuntirib 
bering. 
3. Makroiqtisodiyotda qaysi nazariyalar investitsiyalar bilan 
bog‘liq, tushuntirib bering? 
4. Qayta moliyalashtirish stavkasi nima va u iqtisodiyotni 
rivojlantirishga qanday taʼsir etadi? 
5. O‘zbekiston investitsiya siyosati nimalarni o‘z ichiga oladi? 
6. Loyihalar va investitsiyalarni bog‘liqligini tushuntirib bering? 
7. Iqtisodiyotni liberallashuvi va investitsiya loyihalari o‘rtasidagi 
uzviylikni qanday izohlab berasiz?


13 
II BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI 
KONSEPSIYASI 
2.1. Loyiha va uning asosiy komponentlari 
 
Investitsiya loyihasiga turli adabiyotlarda turlicha taʼriflar berilgan. 
Oddiy qilib aytganda loyiha cheklangan vaqt davomida hamda 
belgilangan budjet bilan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga 
xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘langan tadbirlar majmuidir. АQSHdagi 
nufuzli Loyiha boshqaruvi instituti (PMI)ning PMI PMBOK 
yo‘riqnomasida “Loyiha – bu vaqtinchalik korxona bo‘lib, u noyob 
mahsulot, xizmat yoki natijaga olib keladi”
2
,- deb taʼrif berilgan. 
Demak, loyihada ko‘zda tutilgan mahsulot noyob bo‘lishi lozim. 
Hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiyot, jamiyat, innovatsiya va 
boshqa barcha sohalarni rivojlanishi pishiq- puxta loyihalarni ishlab 
chiqish va samarali amalga oshirishga bog‘liq. Shuning uchun ham 
loyiha va uni tahlili hamda boshqarishga barcha boshqaruv tizimlari, 
moliya institutlari, tadbirkorlar hamjihatlikda masʼul bo‘lmoqda. 
Loyihalar tahlili bilimi 
• Tijorat banklari va boshqa moliya institulari uchun mutaxassislari 
uchun 
• Vazirlik va boshqa davlat idoralari uchun 
• Investorlar uchun 
Tadbirkorlar uchun 
• Olimlar va boshqa soha vakillari uchun zarur bo‘lgan bilimga 
aylandi. 
Insonni Marsga yoki oyga uchishi, makro va mikro iqtisdiyotni 
barqaror rivojlantirish yoxud barcha soha tizimini rivojlantirish 
loyihani ishlab chiqish va malakali tahlil qilishni talab etadi.
Loyihaning asosiy elementlari quyidagilardir: 
Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar o‘zaro bog‘langan: 

loyiha davri (bosqichi); 

loyiha tahlili; 

loyiha boshqaruvi/menejmenti;

loyihani moliyalashtirish. 
2
A Guide to the Project Management Body of Knowledge, Fifth Edition, Project Management 
Institute, 2013 ISBN: 9781935589679 


14 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə