M. S. Qosimov


Loyihalarning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjul



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Loyihalarning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjul: 
1. Loyihalarning aniq maqsadi mavjud, unga loyiha doirasidagi 
iqtisodiy, texnik, texnologik, institutsional, ekologik va boshqa 
talablarni bajargan holda amalga oshirilishi lozim.
2. Loyihalarning boshlanish va tugallash davri mavjud. Boshqacha 
so‘zlar bilan aytganda, loyihalarning hayot davri mavjud.
3. Loyihaning budjeti va cheklangan (moliyaviy, inson, vaqt) 
resurslari mavjud. 
4. Loyihaning maʼlum talablari va shartlari mavjud (qonuniy 
bazasi, risklari, moliyalashtirish shartlari, infrastrukturasi, boshqaruv 
tizimi va h.).
5. Loyiha ishtirokchilari (investorlar, institutlar, menejerlar) 
o‘rtasida tez-tez nizolar chiqib turadi. Loyihani ishlab chiqarish va 
amalga oshirish bosqichlarida nizolarni hal qilish uchun malakali 
kadrlar va konflikt menejerlari bilim va ko‘nikmalar talab etiladi. 
6. Loyihaning masshtabi va komponentlarini ko‘payib borishi bilan 
loyiha va uning ishtirokchilariga talab oshib boradi.
7. Loyiha boshqaruvi tizimi yaratilib loyihaning faoliyati 
muvofiqlashtiriladi.Yirik loyihalarda loyiha boshqaruvi Аgentligi 
tuzilishi mumkin.
8. Loyihalarning murakkablashuvi bilan uni amalga oshirish 
muddatlari cho‘zilib ketishi mumkin. Bu esa qo‘shimcha xarajatlarni 
keltirib chiqaradi va loyihalarni samarasiz bo‘lishi yoki barbod 
bo‘lishiga olib keladi. Misol uchun aerobus А-380 loyihasi, Konkort 
tovushdan tez uchar samolyoti, Sidney shahridagi opera teatri 
loyihalarini eslab o‘tish kifoya.
Loyihaga quyidagi omillarning taʼsiri kuchayib borishi eʼtirof 
etilgan: 
1.Loyihaga buyurtmachilarning talablari va loyiha ishtirokchilariga
malaka talablarini oshib borishi. Misol uchun avvallari 10- 20-yillarda 
qurilgan obyektlarni 2-3 yilda qurib bitkazish talablari. Taskent sity 
loyihasini qurib berish uchun uch yil muddat berilgan. 
2. Loyihaning yakuniy mahsulotini murakkablashuvi. Misol uchun 
avtomobillarga Yevro 4, so‘ngra Yevro 5, keyinchalik Yevro 6 
talablarining qo‘yilishi. Hozirda esa zararli chiqindisi umuman 
bo‘lmagan avtomobillar ishlab chiqari talablari qo‘yilmoqda. 


17 
3. Loyihalarga ekologik talablarni kuchayishi. Global isish va u 
bilan bog‘liq yuksak talablar (standartlar va normalar)ni qabul 
qilinishi. 
4. Loyiha risklarini alohida komponent sifatida tahlil qilinishi va 
risklarga talablarni kuchaytirilishi. 
5. Loyiha texnologiyalarining chastotasini qisqarishi (Loyiha ishlab 
va amalga oshirish davomida loyiha uchun tanlangan texnologiyalarni 
eskirib qolishi). 
6.Jahonning 
ko‘plab 
mamlakatlarida 
umume’tirof 
etilgan 
standartlarni qabul qilinishi va amal qilinishi (Misol uchun ISO 2000, 
HACCP, “Xalol” sertifikatlari va uning standart talablari). 
7. Loyihada qilingan xatoning qimmatini oshib borishi (misol 
uchun Konkort tovushdan tez uchar yo‘lovchilar samolyotining xatosi 
va h.). 
8.Iqtisodiyotning loyihaga taʼsirini oshib borishi (inflatsiya, 
innovatsiya, malakasizlik, masʼuliyatsizlik, makroiqtisodiy barqarorlik 
va h). 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə