M. S. Qosimov


Fan, texnika va innovatsiya



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Fan, texnika va innovatsiya:
fundamental va yordamchi 
fanlarning rivojlanish darajasi; informatsion texnologiyalar va 
kompyuterlashtirish darajasi; sanoat va ishlab chiqarish tex-
nologiyalari; energetik tizimlar; transport tizimlari; aloqa va 
kommunikatsiya, innovatsiya infratuzilmasi, innovatsiyaning loyihaga 
taʼsini ( tijoratlashtirish, innovatsiyani himoyasi). 
Madaniyat:
savodxonlik darajasi; tarix, madaniyat, urf-odatlar, 
din; madaniy talablar; hayot taʼlimoti, ish, dam olish, sport va 
boshqalar.; natijalar sifatiga va mehnat sharoitlariga bo‘lgan talablar 
darajasi. 
Tabiiy va ekologik omillar:
tuproq unumdorligi, tabiiy iqlim 
sharoitlari; harorat, yong‘inlar, namlik, shamollar, dengiz sathidan 
balandlik, seysmiklik, landshaft hamda monografiya va boshqalar
tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat 
bo‘yicha standartlar; havo yo‘llari, suv manbalari va tuproq qatlami; 
atrof muhitga sanitar talablar; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 
qonunchilik; tendensiyalar tasnifi va ekologik tizimlarning holati: 
havo, suv va tuproq. 
Infrastruktura xarakteristikalari va omillari:
transport 
vositalari. Аloqa va kommunikatsiya, yuk tashish, EHM tarmoqlari va 
informatsion tizimlar; energiya taʼminoti; aloqa xizmatlari; xomashyo 
va xizmatlar; xo‘jalik tarmoqlari, logistika va material texnik taʼminot; 
sanoat infrastrukturasi; xizmat ko‘rsatuvchi tizimlar va boshqalar. 
O‘zbekistonda iqtisodiyotning liberallashuvi natijasida birinchi 
galda investitsiya muhitini takomillashtirishga asosiy eʼtibor 
qaratilmoqda. 


19 
2.5. Loyiha obyektlari va subyektlari 
 
Loyiha rahbari 
(Project manager) – yuridik (yoki jismoniy 
)shaxs bo‘lib, unga buyurtmachi va investor loyihani boshqarishda, 
ishlarni boshqarishda masʼul bo‘ladi va loyihadan manfaatdor 
tomonlarga hisobot beradi: rejalashtirish, nazorat va loyihaning barcha 
ishtirokchilari ishlarini boshqaradi.Kichik loyihalarda loyiha menejeri 
loyihani boshqaradi. 
Loyiha jamoasi
(Project team) – maxsus tashkiliy struktura 
bo‘lib, loyiha rahbari tomonidan boshqariladi va loyihani amalga 
oshirish davrida shakllantiriladi.
Shartnomachi
– loyihaning tomoni yoki ishtirokchisi bo‘lib, 
buyurtmachi bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, shartnoma bo‘yicha 
ishlarni bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi – bu 
loyihaning to‘liq yoki bir qismi bo‘lishi mumkin.
Subshartnomachi
– yuqoriroq darajadagi shartnomachi yoki 
subshartnomachi bilan shartnoma aloqalariga kirishida. Shartnoma 
bo‘yicha ish va xizmatlarni bajarishga javobgardir. 
Loyihalovchi
– yuridik shaxs bo‘lib, loyiha doirasida loyihaviy 
izlanish ishlarini shartnoma bo‘yicha bajaradi. Loyihaning asosiy 
shartnomachisi yoki bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga 
kirishadi.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə