M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

2.4. Loyiha muhiti 
 
Loyiha muhiti tashqi va ichki muhitlarga bo‘linadi. Tashqi 
muhitni (uning omillarini) korxona doirasida o‘zgartirib yoki 
boshqarib bo‘lmaydi. Shuning uchun tashqi muhitdan kelib chiqib 
samarali ichki muhitni (misol uchun: boshqaruv modeli, kadrlar 
tanlash) yaratish va raqobat qilish zarur bo‘ladi. 
Korxona muhiti loyihaga korxona ichidan bevosita katta taʼsir 
ko‘rsatadi. Tashqi omillarning ham loyihaga taʼsiri katta:
Qonun va huquq:
qonunlar va normativ huquqiy bazalar, inson 
huquqlari; tadbirkorlik huquqlari; mulkka egalik huquqlari; sug‘urta va 
imtiyozlar berish to‘g‘risidagi qonun va normativ aktlar. 
Siyosiy xarakteristikalar va omillar: siyosiy barqarorlik; 
loyihaning hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi; jinoyatchilik 
darajasi; ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi; harbiy 
birlashmalarda ishtirok etish. 
Iqtisodiy omillar:
makroiqtisodiy barqarorlik, milliy xo‘jalik 
strukturasi; javobgarlik va mulkiy huquqlar turlari, jumladan, yer 
huquqi; ta`rif va soliqlar, sug‘urtalash; inflatsiya darajasi va valuta 
barqarorligi; bank tizimining rivojlanganligi; investitsiyalar va kapital 


18 
qo‘yilmalar manbalari; tadbirkorlik erkinligi va xo‘jalik mustaqilligi 
darajasi; bozor infrastrukturasi rivojlanganligi; baholar darajasi; 
bozorlar holati; savdo, investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom- 
ashyo va mahsulotlar, ishchi kuchi va boshqalar. 
Jamiyat loyihadan manfaatdor tomonlardan biri
– uning 
xarakteristikalari va omillari: jamoa birlashmalari va ularning loyihaga 
taʼsiri, aholining hayot darajasi va ijtimoiy infrastrukturalar darajasi va 
sharoitlari, taʼlim darajasi; ko‘chib yurish erkinligi, «kirish-chiqish», 
mehnat qonuniyligi, chiqish (zabastovka)larni taqiqlash; sog‘liqni 
saqlash va meditsina, dam olish sharoitlari; jamoat tashkilotlari, pressa, 
televidenie; mahalliy aholini loyihalarga munosabati.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə