M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Tijorat tahlili
: loyiha mahsulotiga bozorda talab bormi?

Texnik tahlil
: loyiha texnik jihatdan asoslanganmi? 

Moliya
: moliyaviy jihatdan loyiha yaroqlimi?

Ekologiya
: loyiha atrof-muhitga qanday taʼsir ko‘rsatadi? 

Loyihaga 
qilingan 
xarajatlar 
undan 
foydalanuvchi 
(isteʼmolchi) lar hisobiga qoplanadi-mi ? 

 Institutsional rivojlanish
: loyiha uchun masʼul bo‘lgan 
tashkilotlar uni amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga qodirmilar? 

 Loyihaning ijtimoiy va madaniy talablarga mosligi
: Loyiha 
mahalliy sharoitlarga moslanganmi? Loyiha aholining ayrim 
guruhlariga taʼsir ko‘rsatadimi ? 

 Iqtisod:
loyihaning ijobiy natijalari uni amalga oshirish va 
ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan ortiqmi? Loyihada tavakkalchilik 
darajasi qanday? 


21 
2.7. Davlatning iqtisodiy faoliyati va investitsiya loyihalari 
 
Loyiha tahlilining turli bo‘limlari doirasidagi tadqiqotlar 
loyihaning o‘zaro kelishib olingan vazifalaridan kelib chiqib olib 
borilishi lozim. Ko‘pincha bu vazifalar, hududdagi mahalliy sharoitlar 
loyihani amalga oshirishga ko‘rsatadigan taʼsirni hisobga olgan holda 
alohida sektorlarni rivojlantirish dasturlarini aks ettiradi. Bu vazifalar 
xarakteriga, shuningdek, quyidagilar ham taʼsir ko‘rsatadi: 

turli tadbirlarni o‘tkazishni kimga (davlat yoki xususiy sektorga) 
topshirish to‘g‘risida jamiyatning xohish-irodasi. 

davlat loyihalari oldiga qo‘yilgan maqsadlar bo‘yicha ijtimoiy 
guruhlarning o‘zaro kelishuvga erishishiga yordam beruvchi 
jarayonlar. 
Loyihalarga quyidagi omillar ko‘proq taʼsir ko‘rsatmoqda

1. O‘zbekistonda davlat va hukumat darajasida loyiha talablarini 
oshishi (loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish talablari, mahalliy 
hokimiyatni loyihalar bo‘yicha talablari va bilimlariga talablar, loyiha 
smeta hujjatlarining taqdimotlarini tashkil etilishi, tenderlarni tashkil 
etish talablari oshishi).
2. Yakuniy mahsulotlarning innovatsionligi va murakkablashuvi 
(innovatsion loyihalarni talablari. IKT mahsulotlari, oziq-ovqat 
mahsulotlariga talablar (green products), bio mahsulotlar ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, ekologik talablar, raqobatdoshlik, katta 
masshtabli iqtisod va h.)
3. Global ekologik talablar (Ekologik tahlilga qarang) 
4. Tijorat banklarini tadbirkorlarni loyihasini ishlab chiqarishda 
amliy ko‘mak berishga jalb etilishi, banklarning loyiha ofislarini 
tashkil etishi.
5. Jahon bozoridan ilg‘or texnologiyalarni jalb etish imkoniyat-
larining kengayishi, valuta konvertatsiyasining liberallashuvi va 
imtiyozlarni berilishi.
6. O‘zbekistonda yangi standartlarni qo‘llanishi (biomahsulot, 
organik mahsulotdar, Xalol standarti. ISO 2000, HACCP), xalqaro 
standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirilishi. 
7. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar xatolarining 
qiymatini oshib borishi. 
Shuningdek quyidagi omillarni tartibga solinishi: 


22 
a) Inflatsiya 
b) Innovatsiya
d) Malakasizlik 
e) Boshqaruv tizimi 
f) Iqtisodiyotni investitsion jozibadorligi 
g) Yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni ustuvorligi boshqa 
omillar. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə