M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
II bob bo‘yicha savollar 
 
1. Investitsiya loyihalarining strukturasi va uni asosiy mazmun-
mohiyatini qanday tushunish mumkin?
2. Investitsiya loyihalarining kriteriyalar bo‘yicha klassifikat-
siyasini tushuntiring va misollar keltiring? 
3. Investitsiya loyihasining hayot davri va uning bosqichlarini 
qanday tushinasiz? 
4. Loyiha muhiti, ichki va tashqi loyiha muhiti, uning mazmuni 
va loyihani ishlab chiqishda va tahlil qilishda hisobga olish kerak 
bo‘lgan ko‘rsatkichlarni bilasizmi? 
5. Loyiha obyekti, subʼekti va uni o‘rganishni ahamiyati nimadan 
iborat? 
6. Investitsiya loyihasi tahlili nimadan boshlanadi? 
7. Loyihaning qanday aspektlari yoki bo‘limlari tahlili qilinadi? 
8. Loyiha tahlili konsepsiyasi nima? 
9. Iqtisodiyotni liberallashtirishda loyihalarga qo‘yilgan talablar 
qaysi me`yoriy- huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan? 
10. Xalqaro moliya tashkilotlarining O‘zbekistonda loyiha oldi 
hujjatlarini ishlab chiqishi va undagi tahliliy yondashuvlarni bilasizmi? 
11. Loyihaning tashqi va ichki muhiti va ularning xarak-
teristikasini bilasizmi? 
12. Nima uchun loyiha muhiti tahlil qilinadi. Tahlildan kutiladigan 
natijalar nimalardan iborat?


24 
III BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI TAYYORLASH 
 
3.1. Investitsiya loyihalarini tayyorlash tushunchasi 
 
Har qanday loyiha avvalo g‘oya sifatida vujudga keladi. G‘oyaning 
chuqur tahlil qilinishi, ichki va tashqi omillarni o‘rganilishi natijasida 
uning haqqoniyligi va hayotiyligi kelib chiqadi. 
Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning yetuk 
mutaxassislari ishlab chiqishadi. Аgar korxona mutaxassislarining 
bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmasa, professional maslahatchilar 
xizmatidan foydalaniladi. Аgar yirik loyihalar ko‘p komponetlarga ega 
bo‘lsa, bunday loyihalarni tayyorlashga xalqaro tajribaga ega bo‘lgan 
ekspertlar va mahalliy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va 
tajribalari tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asoslanganligini 
taʼminlaydi. Bunday amaliyot jumladan Jahon banki amaliyotida 
kuzatilishi mumkin. 
Loyihaning hayot sikli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1) Loyiha g‘oyasi 
2) Investitsiya oldi tadqiqoti
3) Loyiha tayyorlash 
4) Loyihani amalga oshirish 
5) Monitoring, baholash va nazorat
6) Loyiha obyektini ishga tushurish 
1.Loyiha marketing tadqiqotlari, raqobatchilar, qonuniy quhitni 
tahlil qilish kabi tadqiqotlarni amalga oshirishdan boshlanadi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə