M. S. Qosimov


II bob bo‘yicha qisqacha xulosalar



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
II bob bo‘yicha qisqacha xulosalar 
 
1. Investitsiya loyihasini ishlab chiqishda asoslaniladigan 
hujjatlar va maʼlumotlar investitsiya konsepsiyasida o‘z ifodasini 
topadi. 
2. Investitsiya loyihasi konsepsiyasi loyiha g‘oyasi maʼqullan-
gandan keyingi asosiy analitik loyiha oldi hujjatidir. 
3. Loyiha konsepsiyasi asosida loyiha komponentlari shakllanadi. 
4. Loyihalarni turli kriteriyalar asosida klassifikatsiya qilinadi. 
Klassifikatsiya qilinishi natijasida loyihaga yondashuv aniqlanadi. 
5. Loyihaning hayot davri bo‘lib, uning bosqichlari alohida 
o‘rganiladi. 
6. Har bir loyiha bosqichining masʼullari va undan kutiladigan 
natijalari belgilanadi. 
7. Loyiha muhiti loyihani amalga oshirishda juda katta rol 
o‘ynaydi. Qulay me`yoriy-huquqiy baza, loyihaga taʼsir etuvchi 
institutlar, kadrlar kabi ko‘plab omillar loyiha muhiti tahlili obyektidir. 
8. Loyihaning obyekti va subyektini identifikatsiya qilish loyiha 
to‘g‘risidagi tushunchalarni aniq bilishga ko‘mak beradi. 
9. Loyiha tahlilida nimalarni tahlil qilish - loyihaning masshtabi, 
murakkabligi, texnologiyasi kabi omillarga bog‘liq. 
10. Loyihada asosan uning tijorat ko‘rsatkichlari (marketing, 
foyda, rentabellik), texnika va texnologiyasi, ekologiyaga taʼsiri, 
institutlarni loyihaga taʼsiri, kadrlar va ularni tanlash, loyihaning 
ijtimoiy ahamiyati, loyihaning hudud (yoki mamlakat) iqtisodiy 
rivojlanishiga taʼsiri, risklar va ularni boshqarish imkoniyatlari, 
usullari kabi ko‘plab ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. 
11. Loyihani professional tahlil qilinishi kelgusidagi xarajatlar va 
zararlarni oldini olish imkonini beradi. 


23 
12. Loyihalarni ishlab chiqarish va amalga oshirishda davlatning 
roli katta. 
13. Davlat tomonidan qulay investitsiya muhitini yaratilishi
qo‘llab quvvatlanishi investorlarni shijoatini oshiradi va davlat xususiy 
sektor hamkorligi katta ijobiy natijalarni beradi. Bu borada 2018-2019- 
yillardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va 
qarorlarini qabul qilinishini mustaqil o‘rganish talab etiladi (3-ilovaga 
qarang).

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə