M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

FV
n
 = PV 
n
 ( 1 + k )
n
 
 
Bu yerda, FV (ing. future value) – bugun investitsiya qilinayotgan 
summaning kelgusidagi, yaʼni maʼlum davr o‘tgandan so‘nggi – 
investor ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymati;
PV (ing.present value) – kelajakda daromad olish uchun 
investitsiya qilinayotgan summaning joriy (bugungi) qiymati;
k – investitsiyalarning daromadlilik darajasi. Bizning misoli-
mizda u jamg‘arma omonatlari bo‘yicha bank foiz stavkasiga, umumiy 
hollarda esa bir necha muqobil loyihalar bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan 
kutilayotgan sof foyda meʼyoriga teng;
n – investitsiyalar harakatda bo‘lib daromad keltirib turadigan 
muddat. Bizning misolimizda omonatlarni bankda saqlash davri (yil, 
oy, kun). Аgar omonatlar bo‘yicha yiliga bir marta daromad 
hisoblansa, n yillarning tartib raqamini, har oyda hisoblansa, bir oylik 
davrlar tartib raqamini ko‘rsatadi. 
FVn = PVn* (1+k)^n formulasi bo‘yicha jadval ishlab chiqilgan 
 FVn (см. И.В Липсиц и В.ВКосов Инвестиционный проект. 
Изд. БЕК, Москва 1996 год ) 
Аmaliyotda yuqorida keltirilgan formula yordamida kelgusi 
qiymatlarni hisoblashda maxsus hisoblash dasturlaridan, shuningdek, k 
va n ning turli miqdorlarida investitsiyalar dastlabki miqdorining o‘sib 
borishi koeffitsiyentlari kiritilgan maxsus jadvallardan foydalaniladi.
Bugun investitsiya qilinayotgan mablag‘larning kelgusidagi 
qiymatini hisoblash jarayoni diskontlash deb yuritiladigan moliyaviy 
hisob-kitoblarning bir ko‘rinishidir. Diskontlashning ikkinchi turi 
kelgusi qiymatni hisoblashga teskari jarayon bo‘lib, kelgusida 
olinadigan summaning joriy davrdagi qiymatini hisoblab topish
imkonini beradi.


32 
Bunda kelgusida maʼlum summmaga ega bo‘lish uchun bugun 
qancha miqdorda investitsiya qilish kerakligi hisoblab topiladi. 
Аlbatta, kelajakda olinadigan summa bugun biz foydali ishga 
sarflayotgan va biz kutgan miqdorda foyda keltiradigan investitsiya 
summasidan ko‘p bo‘lishi kerak emas. Diskontlashning bu turi joriy 
qiymatni hisoblash yoki keltirilgan, diskontlangan qiymatni aniqlash 
deyiladi. Bunday hisob-kitobni bajarish uchun kelgusi qiymatni 
hisoblash formulasiga nisbatan teskari formuladan foydalaniladi
(2-formula): 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə