M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

РV 

 РМТ


 k – (+) q
Bu tenglama odatda Gorden modeli deb ataladi. Bu formula 
sodda ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaramasdan, undan ehtiyot bo‘lib 
foydalanish kerak. Gorden modeli yordamida olingan natijalar 
to‘g‘ri bo‘lishi uchun bir necha shartlarga amal qilish zarur. 
Birinchidan, formula suratidagi PMT 0 indeksi bilan emas, balki 
1 indeksi bilan turibdi. Bundan xulosa shuki, formula bo‘yicha 
hisob-kitoblar investitsiyalangan mablag‘lar bo‘yicha ular ishlatilgan 
birinchi davr oxiridagi to‘lovdan boshlab bajariladi. Аgar to‘lov 
investorga darhol kelib tushsa, bu to‘lov summasini Gorden modeli 
yordamida topilgan joriy qiymat summasiga qo‘shish kerak. 
Ikkinchidan, bu modelni pul tushumlari oqimi uzluksiz va bir xil 
suratda o‘sgan holdagina ishlatish mumkin. Uchinchidan, bu 
modelda (q) o‘sish surati (k) diskontlash koeffitsiyentidan kam 
bo‘lgan holdagina model yordamida olingan natija haqiqatga yaqin 
bo‘ladi. Bu talab pul bozori xususiyatlaridan kelib chiqadi va 
bajarilishi noreal emas. Chunki, agar bir tarmoqda daromadlarning 
o‘sish surati diskontlash koeffitsiyenti (daromadlilikning o‘rtacha 
darajasi)dan yuqori bo‘lsa, tezda bu tarmoqqa investitsiya 
mablag‘lari oqib kela boshlaydi va daromadlilik darajasi q pasayib 
ketadi.
Mavzuga yakun yasay turib, har qanday investitsiya loyihalarini 
baholashda amal qilinishi shart bo‘lgan bir necha tamoyillarni 
taʼkidlab keltiramiz: 
1. Hisob-kitoblar bir xil qiymatdagi pullarda olib borilishi shart. 
Bu uchun barcha xarajatlar va olingan natijalar kelgusidagi yoki 
hozirgi davrdagi maʼlum bir sanaga keltirib olinadi. 
2. Investitsiyalarni baholash bu mablag‘lar investor uchun ular 
sarflanishi mumkin bo‘lgan boshqa loyihalarga nisbatan kam 
bo‘lmagan daromad keltirishi mumkinligi nuqtayi nazaridan turib 
amalga oshirilishi kerak. 
3. Umumiy holatlarda pul tushumlari u bilan bir xil qiymatga 
keltirilgan pul xarajatlaridan ko‘p bo‘lgan investitsiyalarni tanlash 
joiz. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə