M. S. Qosimov


  IV bob bo‘yicha qisqacha xulosalar



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 


41 
IV bob bo‘yicha qisqacha xulosalar 
 
1. Investitsiya loyihalarini saralash, tanlash va moliyalash-
tirishdan oldin uning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda 
maqsadli ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqiladi. 
2. Loyihalarni tahlil qilishda 1960-yillardan keng qo‘llanilib 
kelayotgan diskontlash nazariyasi va metodologiyasidan foydalaniladi. 
3. Loyihadagi kelgusi qiymatlarni (pul oqimlarini) diskontlash 
koeffitsiyenti yordamida joriy qiymatga keltirish diskontlash 
demakdir. 
4. Diskontlash koeffitsiyenti valutaning qayta moliyalashtirish 
stavkasiga bog‘liqdir. 
5. Diskontlash koeffitsiyenti yordamida pul oqimlarining joriy va 
kelgusi qiymatlari hisoblanadi. 
6. Investitsiya loyihalarini baholashda annuitetlardan foy-
dalaniladi. 
7. Joriy va kelgusi davr annuitetlari bo‘lib, ularni hisoblash 
usullari mavjud 
8. Аsosiy fondlarning amortizatsiyasiga annuitetlar o‘xshab 
ketadi. 
9. Renta qiymati ko‘rsatkichi loyihalar tahlilida qo‘llaniladigan 
ko‘rsatkichlardan biridir. 
10. Аnnuitetlardan 
investitsiya 
loyihasining 
mablag‘larini 
qaytarish grafigi keltirib chiqariladi. 
11. Banklardagi depozitlarni hisob-kitoblari diskontlash nazariyasi 
va usullariga asoslanadi. 
12. Аnnuitetlarni qo‘llash shartlarini va o‘rnini bilish lozim. 
IV bob bo‘yicha savollar 
 
1. Investitsiya loyihalarini baholashda qanday usullar mavjud? 
2. Diskontlash nazariyasi nima? 
3. Diskontlash koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 
4. Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi nima uchun 
o‘zgarib turadi? 
5. Joriy qiymat (PV) qanday aniqlanadi? 
6. Kelgusi qiymat (FV) qanday aniqlanadi? 


42 
7. Аnnuitetning joriy qiymati (PVА) qanday aniqlanadi? 
8. Аnnuitetning kelgusi qiymati (FVА) qanday aniqlanadi? 
9. Аnnuitetning joriy qiymati (PVА) ning iqtisodiy mazmuni 
nima? 
10. Аnnuitetning kelgusi qiymati (FVА) ning iqtisodiy mazmuni 
nima? 
11. Аnnuitetni amalda qo‘llanilishiga misol keltira olasizmi? 
12. Depozitga 550 000 so‘m mablag‘ingizni 4 yil muddatga qo‘ygan 
bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 21% ni tashkil etsa, 4 yilan 
keyingi pulingiz qanchaga teng?
13. Depozitga 1 500 000 so‘m mablag‘ingizni 3 yil muddatga 
qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 20% ni tashkil etsa, 3 
yildan keyingi pulingiz qanchaga teng? 
14. Depozitga 2 550 000 so‘m mablag‘ingizni 4 yil muddatga 
qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 23% ni tashkil etsa, 4 
yilan keyingi pulingiz qanchaga teng? 
15. 5 550 000 so‘m mablag‘ingiz 2025-yildagi kutilayotgan 
mablag‘ingiz bo‘lsin. Uni 2019-yilgi joriy qiymati qancha so‘mga 
teng, agar k=20% teng bo‘lsa? 
16. 2025-yildagi kutilayotgan mablag‘ingiz 2 550 000 so‘mga teng 
bo‘lsin. Uni 2019-yilgi joriy qiymati qancha so‘mga teng, agar k=20% 
teng bo‘lsa? 


43 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə