M. S. Qosimov


V BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY-



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

V BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY-
IQTISODIY BAHOLASHNING ASOSIY USULLARI 
 
5.1. Investitsiya loyihalarini baholashga yondashuvlar 
 
Har qanday investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash 
mazmunini juda sodda savolga, yaʼni kelgusidagi pul tushumlari 
hozirgi qilingan xarajatlarni qoplaydimi yoki yo‘qmi, degan savolga 
javob topish tashkil etadi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda investit-
siyalarni baholashning turli loyihalarga qo‘yilgan mablag‘larning 
foydaliligini taqqoslashga asoslangan usullari ko‘p qo‘llaniladi. Bunda 
u yoki bu loyihaga investitsiya qilishning muqobil varianti bo‘lib 
boshqa obyektlarga mablag‘ sarflash, shuningdek mablag‘larni maʼlum 
foiz bilan bankka qo‘yish yoki ularni qimmatli qog‘ozlarga aylantirish 
imkoniyatlari hisoblanadi. 
Shu 
nuqtayi 
nazardan 
qaraganda, 
investitsiya 
loyihalari 
samaradorligini baholash uslublari deganda xarajatlarning foydaliligi 
va qoplanishi nuqtayi nazaridan turli obyektlarga (loyihalarga, 
tadbirlarga) investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash 
usullari tushuniladi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda
ularning ayrim jihatlarinigina xarakterlaydigan alohida ko‘rsatkich-
lardan foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli investitsiya 
loyihalari samaradorligini baholash uchun bir necha uslublar va 
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. 
Investitsiya loyihalarini baholashda besh asosiy uslubdan keng 
foydalaniladi. O‘z navbatida bu uslublarni ikki guruhga aratish 
mumkin: 
1. Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashga asoslangan uslublar: 

sof joriy qiymat(NPV)ni aniqlash uslubi

investitsiyalarning rentabellik (PI)darajasini aniqlash uslubi; 

ichki foyda meʼyori (IRR)ni aniqlash uslubi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə