M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
4.5. Renta qiymati 
 
Investitsiya loyihalarini baholash jarayonida, baʼzida, eng ko‘p 
qancha miqdorda mablag‘ sarflash mumkin degan savolga javob 
berishga to‘g‘ri keladi. Bu savolga javob topish uchun muammoga 
renta tipidaga qo‘yilmalardan olish mumkin bo‘lgan muqobil daromad 
nuqtayi nazaridan yondoshish foydali. Renta tipidagi qo‘yilmalarga 
banklardagi muddatsiz 
depozitlar
misol bo‘la oladi. 
Bu turdagi investitsiyalar annuitetga qarama-qarshi o‘laroq 
perpetuitet (ingl.perpetuity-abadiylik) deb ataladi.
Perpetuitet ko‘rinishidagi investitsiyalarning muddati cheklama-
gani holda, hisoblangan foiz daromadini birdaniga olish imkoniyati 
mavjud bo‘ladi hamda asosiy summa daromad keltirishda davom 
etaveradi.
4-jadval 
Annuitetning joriy qiymayi 
Yillar 
Pul tushimlari 
Joriy qiymat 

5 mln $ 
5 mln $/(1+0,1)^1 = 

5 mln $
5 mln $/(1+0,1)^2 = 

5 mln $
5 mln $/(1+0,1)^3 = 

5 mln $ 
5 mln $/(1+0,1)^3 = 

5 mln $ 
5 mln $/(1+0,1)^3 = 
Jami 


39 
Bunday holatda yillik daromad quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi (10- formula): 
РМТ 

 РV * k 
Bu yerda: PV- bankka qo‘yilgan muddatsiz depozitning asosiy 
summasi; 
k- bu turdagi depozitlar uchun bank tomonidan to‘lanadigan 
daromadning foiz stavkasi
PMT- depozit bo‘yicha yillik daromad.
Аgar formulani boshqa ko‘rinishda yozsak, unda xuddi shu 
miqdordagi pul tushumini vujudga keltirayotgan investitsiyalarning 
qiymatini anglab yetamiz (11-formula). 
РV 

 РМТ 

 k 
Bu formulani qo‘llash bizni investitsiya tahlilining juda oddiy 
mantig‘ini anglab yetishga olib keladi. Uning mohiyatini quyidagi 
misol yordamida ko‘rib chiqamiz: 
Аytaylik, bank depozitida bizning 1 mln. so‘m omonatimiz bor va 
bank bu depozit uchun yillik 60% daromad to‘laydi. Demak, har yili 
yanvarь oyining boshlarida o‘tgan yil uchun hisoblangan 600 ming 
so‘m daromadni bankdan olishimiz mumkin. 11-formuladan 
foydalanib, daromad stavkasi yiliga 60 % bo‘lganda 600 ming so‘m 
daromad olish uchun qancha miqdorda investitsiya qilishimiz 
zarurligini topamiz: 
РV 

600000 

0,60 

1 000 000 so‘m. 
Ko‘rilgan misol asosida quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: 
agar bank depozitiga qo‘yilgan 1 million so‘m yiliga 600 ming so‘m 
daromad keltirsa, keyingi yilning boshida 600 ming so‘mga teng (yoki 
undan kam) daromad keltiradigan investitsiya loyihasiga 1 million 
so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratish maqsadga muvofiq emas. 
Perpetuitetning yana bir ko‘rinishi investitsiya davrining 
cheklanmaganligi va doimo o‘sib boruvchi yillik daromad bilan 
xarakterlanadi. Аgar bu o‘sish q ga teng suratda ro‘y bersa va RMT1 - 
birinchi yilning oxirida kutilayotgan pul tushumlari summasini aks 
ettirsa, davri cheklanmagan investitsiyalarning joriy qiymati quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi (12-formula).


40 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə