M. S. Qosimov


Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashni ko‘zda tutmagan



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

2. Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashni ko‘zda tutmagan 
uslublar: 

investitsiya loyihalariga sarflangan 
mablag‘larni 
qoplash 
davri(PP)ni aniqlash uslubi; 


44 

investitsiyalarning buxgalteriya rentabelliligi(ROI)ni aniqlash 
uslubi. 
Ushbu uslublarni ko‘rib chiqishdan oldin shuni taʼkidlash zarurki, 
har bir uslub investitsiyalarning mutlaq samaradorligini aniqlash usuli 
sifatida ko‘rib chiqiladi. Yaʼni har bir investitsiya loyihasini amalga 
oshirish 
firmaning 
boshqa 
loyihalarga 
investitsiya 
sarflash 
imkoniyatlariga taʼsir etmaydi, degan shartga amal qilinadi.
Bunday shartning kiritilishiga sabab shuki, amalda ko‘pchilik 
investiya loyihalarining amalga oshirilishi boshqa loyihalarni amalga 
oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi yoki mutlaqo yo‘qqa chiqaradi. 
Bunday investitsiya loyihalari o‘zaro konflikt (ziddiyatli)li loyihalar 
deyiladi. O‘zaro konfliktli loyihalar jumlasiga shuningdek, firmaning 
maʼlum bir pirovard maqsadiga erishishning turli yo‘llarini ko‘zda 
tutuvchi loyihalar kiradi. Turli loyihalarning konfliktli bo‘lishiga sabab 
korxona mablag‘larining cheklanganligidir. Firmalar loyihalarni 
nafaqat mutlaq samaradorligi mezoniga ko‘ra, balki mablag‘ yetmay 
qolganligi sabab boshqa loyihalarni amalga oshira olmasligi tufayli 
o‘zi ko‘rishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar nuqtayi nazaridan kelib 
chiqib ham tanlaydi. Boshqacha aytganda, firma investitsiya 
loyihalarini nisbiy samaradorlik mezoniga ko‘ra tanlaydi. 
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini o‘rganishga 
kirishishdan oldin biz eʼtiborga olishimiz zarur bo‘lgan yana bir shart 
shundan iboratki, bu jarayonda loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
xarajatlar va tushumlar pul ko‘rinishiga ega deb qaraladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə