M. S. Qosimov


 Biznes rejaning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

6.3. Biznes rejaning tarkibiy tuzilishi 
 
Biznes-reja maʼlum bir tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 
YuNIDO maʼlumotnomasida bu tuzilmada, qabul qilinishi mumkin 
bo‘lgan qarorlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan quyidagi bo‘limlarni 
ajratib ko‘rsatish tavsiya etilgan: 

tovar ishlab chiqarish hajmi va tuzilmasi. Bozor sig‘imi va 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini baholash buning uchun asos 
bo‘lib hisoblanadi; 

mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurslar 
assortimenti va hajmi. Rejadagi tovarni ishlab chiqarish uchun barcha 
xomashyolar, materiallar, ishchi kuchi, infrastruktura, moliya 
mablag‘lari, texnika va asbob-uskunalar mavjud bo‘lishi lozim va 
ularning bozor narxi arzon bo‘lishi kerak;

yangi ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish. Ishlab 
chiqarishni joylashtirish korxonaning raqobatdoshligini kuchaytirishi 
va isteʼmolchilarga qulayliklar yaratishi zarur; 

ishlab chiqarishni tashkil qilishning texnik asoslari. Kelgusidagi 
texnologik jarayonlar mahsulotni sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga va 
mahsulotni raqobatdoshligini oshirishga ko‘maklashishi kerak; 


63 

ishlab chiqarish, boshqaruv va savdo xodimlari ishini taʼminlash 
uchun sarflanadigan xarajatlar hajmi va tuzilmasi. Ishlab chiqarishdan 
keyingi xarajatlarni samarali mexanizmlari, marketing kanallari, 
isteʼmolchiga tovar yetib borguncha mahsulotni sifatini nazorat qilish 
aniqlangan va real bo‘lishi kerak;

ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari ish faoliyatini tashkil 
qilish, shu jumladan, mehnat haqi masalalari. Mehnatni samarali 
tashkil etish, tashabbus va g‘oyalarni rag‘batlantirish, xodimlarni bir 
komanda bo‘lib mehnat qilishlarini qo‘llab-quvvatlash kabi ijtimoiy 
masalalar majmuasi tashkil etilgan bo‘lishi kerak; 

biznes loyihani amalga oshirishni tashkiliy-huquqiy jihatdan 
taʼminlash, shu jumladan, yangi tashkil qilingan obyektlarning 
huquqiy maqomini chuqur tahlili asosida tanlash zarur; 

biznes loyihani moliyaviy taʼminlash, yaʼni zarur investitsiya 
summalari, taxminiy ishlab chiqarish xarajatlari, shuningdek, 
investitsiya resurslarini olish imkoniyatlarini hamda ulardan foyda-
lanishning samaradorligini baholash zarur. 
Biznes rejani tuzish uchun chuqur marketing tadqiqoti olib borish, 
moliyaviy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish, raqobatchilarni o‘rganish, 
amaldagi shu biznesning normativ-huquqiy bazasini tahlil qilish kabi 
ishlarni amalga oshirish va tegishli xulosalardan kelib chiqib tuzish 
maqsadga muvofiq. Biznes rejaning birinchi sahifalari uning 
rezumesidir.
Biznes-rejaning taklifi/rezyumesi (2-3 varaq)dan tashkil topishi 
maqsadga muvofiqdir. Unda quyidagi maʼlumotlar beriladi.

Biznes rejaning maqsadi. 

Moliyaga ehtiyoj, uning maqsadi va moliyaviy resurslarni 
qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi. Kreditni qachon va qanday 
qaytarib berish mexanizmi. Biznes va uning maqsadli mijozining 
qisqacha yoritilishi. Sizning biznesingizni raqiblaringizning biznesidan 
farqlari. Sizning biznesingiz bank-moliya masalalari oldida aynan 
qanday va nima ishonch uyg‘otishi lozim (hisobot materiallari, guruh 
rahbarining malakaliligi, patent va litsenziya, sertifikat va boshqalar). 
• asosiy kapital xarajatlari, inestitsiyada kreditning hissasi, 
kafolatlar, kutilayotgan foyda; 
• noaniqlik va qaltisliklarni boshqarish; 


64 
• faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari. Tarmoqning 
tavsifi (iqtisodiyot sektorlari formatida ko‘rsatiladi). 
Biznes rejaning tuzilishiga va amalga oshirishga asosiy sabab 
isteʼmol qiymati yuqori, sifatli, kafolatli, bozordagi boshqa tovarlarga 
nisbatan raqobatdosh bo‘lgan sizning tovaringizdir. Shuning uchun 
mahsulotni ustuvor tomonlarini ifodalab berishingiz zarurdir.
• Mahsulot. 
• Mahsulot/xizmatlarning yoritilishi va ularning tatbiq etilishi. 
Nima? Qanday va kimlar uchun?-degan savollar yoritilishi kerak. 
• Sizning mahsulotingizni ajralib turuvchi sifatlari yoki beqiyoslik 
aniq va ishonarli ko‘rsatib bering. 
• Sizning biznesingiz uchun zarur bo‘lgan texnologiya va malaka 
sizning kichik korxonangizda bor yoki uni kelgusida sotib olishingiz 
real ekanligini ifodalang. 
• Litsenziya/patent huquqi sizda bo‘lsa, demak, sizni biznesingizga 
imkoniyatlar ochilgan.
• Bozorning kelgusi salohiyati yuqori bo‘lsa, bu imkoniyatlarni siz 
biznesingiz orqali amalga oshira olasiz. 
• Bozor tahlili juda muhim. Uni real va maqsadli tahlil etish 
sizning biznesingizga yordam beradi. 
• Xaridorlar va ularning talablarini bilish muhim. Marketing 
tadqiqotlarini o‘tkazishda xaridorning tipi va uning portretidan ham 
foydalaniladi. 
• Raqiblar (ularning kuchli va zaif tomonlari). Bozorda raqobat 
strategiyasini ishlab chiqarishda raqiblaringizni kuchli va kuchsiz 
tomonlarini bilishingiz shart. 
• Bozor segmenti. Marketing tadqiqotlarini olib borishda bozorni 
segmentlashdan foydalanish mafsadga muvofiq. 
• Bozor hajmi va uning o‘sishi. Аgar bozorni hajmi ijobiy trendga 
ega bo‘lsa, bu bozordan daromad olish mumkin. Qanday va qachon 
daromad olishni siz o‘rganib chiqib qaror qilishingiz kerak bo‘ladi. 
• Bozordagi narx ulushi. Аgarda sizning tovaringizni tan narxi 
arzon bo‘lsa, mos ravishda sizda narxda ustuvorlik bo‘lishi mumkin. 
Buning uchun mahsulotning sifati, servis ko‘rsatish darajasi kabi 
jihatlar bir xil bo‘lishi kerak.
• Korxona mijozlarining tarkibi. Korxonaning mijozlarini 
guruhlarga ajratish, ularning talab va istaklarini marketing nuqtayi 


65 
nazaridan tadqiq etish marketing rejasi uchun muhim xulosalar chiqarish 
imkoniyatini beradi 
• Raqobatning taʼsiri. Kichik korxonalar har doim raqobatchilarning 
taʼsirida bo‘ladi. Siz korxonangizni raqobatdoshligini oshirsangiz sizning 
korxonangiz barqaror foyda olishga erishadi. 
• Marketing rejasi. 
• Marketing tadqiqoti va ishlab chiqarish hajmi (mah-
sulot/xizmatning 
raqobatbardoshligini 
taʼminlash) 
– 
mahsulot, 
xizmatlarning raqobatlashuvchi firmalar bilan qiyoslagandagi asosiy 
tavsiflari. 
• Narx shakllanishi. 
• Tovarni targ‘ib etish sxemasi. 
• Savdoni rag‘batlantirish usullari. 
• Ishlab chiqarish rejasi. 
• Ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, bino va inshootlarni 
joylashtirilishi. 
• Jihozlar va ularning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari. 
• Аsosiy materiallar va jihozlarning taʼminot manbalari. 
• Subpudratchilardan foydalanish. 
• Boshqaruvchi xodimlar. 
• Аsosiy boshqaruvchi tarkib, boshqaruvchilarning bilimi, tajribasi 
va biografiyasi . 
• Boshqaruvchi tarkibni mukofotlash 
• Xodimlar soni va sifatini rejalashtirish bo‘yicha qisqacha xulosalar. 
• Talab etilayotgan mablag‘lar manbalari va hajmi. 
Bu pullarni qayerdan, qaysi shaklda va qanday muddatlarda 
olinishi. 
• Mablag‘larni qaytarish sxemasi va muddati. 
• Moliyaviy rejaning asosiy punktlari va xatarni baholash, savdo 
hajmi, foyda, tannarx va h.k.
• Xatar, uni qay tarzda chetlab o‘tish mumkin. 
• Mufassal moliyaviy reja. 
• Mahsulotni sotish hajmini bashoratlash. 
• Foyda va zararni baholash. 
• Naqd pullar harakatini tahlili etish. 
• Yillik balans. 
Biznes-reja rezyume, yaʼni xulosalardan boshlanishi lozim, ularni siz 
eng oxirgi navbatda yozasiz, ammo aynan ular biznes-rejangizning 


66 
dastlabki punkti bo‘lishi lozim. Rezume qisqacha – 2-3 bet atrofida 
bo‘lishi lozim. Rezyume – bu mustaqil reklama hujjatidir, chunki unda 
biznes-rejangizning asosiy qoidalari, holati mavjud bo‘ladi. Bu ko‘pgina 
doimiy investorlar o‘qiydigan yagona qism hisoblanadi. Investor esa, 
avvalambor quyidagi maʼlumotni bilishni xohlaydi: kredit miqdori
qanday maqsad uchun kerakligi, qoplashning ko‘zda tutilgan muddatlari, 
kim loyihani investitsiyalashni xohlashi, qarzdor qanday shaxsiy 
mablag‘larga ega? Аgar rezume aniq, sodda va ishonarli qilib yozilgan 
bo‘lsa investor yoki biznes reja o‘qiyotgan ekspert uni barcha sahifalarini 
o‘qishga qiziqadi hamda astoydil o‘rganishga kirishadi. 
Biznes rejani texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslashda, uning barcha 
jihatlari (yaʼni texnik, moliyaviy, tijorat jihatlari) bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolarni muqobillik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bu vazifani 
faqat iqtisodchilarning o‘zlarigina uddalay olmaydilar, shu sababli 
loyihalarni tayyorlashning bu bosqichida turli sohadagi mutaxassislar 
guruhi ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bular: 
– shu tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan iqtisodchi (iloji bo‘lsa 
mutaxassislar guruhiga iqtisodchi rahbarlik qilishi kerak); 
– mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorni tahlil qiladigan 
mutaxassis(marketolog); 
– mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biladigan bir yoki 
bir necha muhandis-texnolog
– mahsulot xususiyatlarini, uni sotishda yuzaga kelishi mumkin bo‘l-
gan muammolar, xizmat ko‘rsatishni yaxshi biladigan muhandis-
konstruktor; 
– shunga o‘xshash ishlab chiqarishlarni barpo etish bilan 
shug‘ullangan quruvchi-muhandis; 
– shu turdagi ishlab chiqarishlarda xarajatlar hisobini yuritish 
bo‘yicha mutaxassis. 
Biznes rejani tuzuvchi mutaxassislar bilan bir qatorda guruh ishida 
loyihaning ayrim muammolari bo‘yicha mutaxassislar ham (masalan, 
ekologlar) vaqti-vaqti bilan jalb etilishi mumkin. Biznes rejani qabul
qilishga, yaʼni uni qabul qilishga qandaydir omillar taʼsir ko‘rsatishi 
aniqlansa, biznes reja guruhi darhol bu to‘siqni bartaraf etuvchi muqobil 
yechimlarni topishi lozim. 
Biznes rejaning tuzilish jarayonini sxematik tarzda quyida
(3-rasmga qarang) berilgan. 


67 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə