M. S. Qosimov


Biznes reja tadbirkorga qanday yordam beradi?



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Biznes reja tadbirkorga qanday yordam beradi? 
Biznes-reja ishbilarmonlarga quyidagi to‘rtta asosiy masalani 
yechishda yordam berishi kerak: 
 
1. Bozor sig‘imi va uni rivojlanish istiqbollarini o‘rganishda. 
2. Bu bozorga zarur bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlash uchun 
ketadigan xarajatlarni baholash va bu xarajatlarni tovarlarni sotish 
baholari bilan solishtirib, mo‘ljallangan ishning foydaliligi darajasini 
aniqlashda. 
3. Yangi biznesning birinchi yillarida bozorda kutilishi mumkin 
bo‘lgan to‘siqlarni aniqlashda. 
4. Ish rivojlanayotganligi yoki orqaga ketayotganligini doimiy 
baholab borish imkonini beruvchi signal-ko‘rsatkichlarni aniqlashda. 
Mahsulotlar realizatsiya qilinadigan bozor va raqobatni baholashda 
biznes-reja katta o‘rin tutadi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotingiz 
nihoyatda sifatli, oxirgi texnika va texnologiya talablariga javob 
beradigan bo‘lishining o‘zi hali kutilayotgan natija emas. Eng muhimi
mahsulotingiz isteʼmolchiga kerakli bo‘lishi va u sotilishi kerak. 
Xaridor siz ishlab chiqargan tovardan kutilayotgan (o‘zining yoki 
jamoaning) ehtiyojini qondirishi kerak. Shuning uchun asosiy vazifasi 
sizning ishlab chiqaradigan mahsulotingiz o‘z isteʼmolchisini topa olishi 
va raqobatga chidamliligiga investorni ishontira olishdan iboratdir.
Tadbirkorlar, oliy taʼlim bitiruvchilari biznes g‘oyaga ega bo‘lsalar 
avvalo ular biznes g‘oyasini har tomonlama tahlil qilishlari kerak, chunki 
biznes rejani birinchi bosqichi biznes g‘oyaning haqqoniyligini tahlil 
etishdir.
Biznes reja biznes g‘oyaning maqsadi va kelgusidagi vazifalari 
ifodalaydi. Biznes g‘oyaning kelajagi borligi va qanchalik foydali 
ekanligini aniqlash uchun
biz SWOT tahlili (yoki vaziyatni tahlili) usulidan foydalanamiz. 
Bunda SWOT so‘zining maʼnosini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Strength – g‘oyaning kuchli tomonlari
Weaknesses – g‘oyaning kuchsiz tomonlari; 
Opportunities – g‘oyaning imkoniyatlari; 
Threats – g‘oyada mavjud xatarlar . 


68 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə