M. S. Qosimov


 Marketing rejasini tuzish asoslari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
6.4. Marketing rejasini tuzish asoslari 
 
Quyidagi omillar korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini 
kursatishi mumkin: 
1.Tashkiliy omillar (biznesning tashkiliy va huquqiy maʼqomi, 
bino va inshootlarning mavjudligi).
2.Marketing omillari (biznesni joylashuvi, marketing kompleksi, 
bozor, uning segmentatsiyasi, raqobatchilar, sizning mahsulotingiz 
raqobatchilarning mahsulotidan qaysi jihatlaridan farq qilishi). 
3. Texnik omillar (ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayon, 
xomashyo resurslari). 
G‘oyaning kuchli tomonlari 
Strength 
(korxonaning ichki omillar) 
G‘oyaning kuchsiz 
tomonlari 
Weaknesses 
(korxonaning ichki omillar) 
G‘oyaning imkoniyatlari 
Opportunities 
(korxonaning tashqi omillari)
G‘oyada mavjud tahdidlar 
Threats 
(korxonaning tashqi omillari)
 
4. Kadrlar bilan taʼminlanish (kadrlar, ularni tajribalari, sust 
tomonlari, kadrlarni rag‘batlantirish mexanizmlari). 
5. Misol uchun quyidagilarni ko‘rib o‘tish mumkin: 
Imkoniyatlar va tahdidlar
korxonaning/tadbirkorning taʼsirida 
bo‘lmagan omillar bo‘lib kelgusida u korxonaga taʼsir ko‘rsatadi. 
Misol uchun iqtisodiy muhitni takomillashtirilishi. 2018-yildan soliq 


70 
yukini kamaytirish, qulaylashtirish, ishlab chiqarish va soliqqa 
tortiladigan bazani kengaytirish, soliq imtiyozlarini optimallashtirish 
orqali iqtisodiyotni jozibadorligini oshirish, yangi tashkil etilgan 
kichik va o‘rta biznes subʼektlarini yagona soliq to‘lovini maʼlum 
muddatga kechiktirish, kichik korxonalar uchun qo‘shimcha qiymat 
solig‘ini 
to‘lashga 
o‘tishni rag‘batlantirish bo‘yicha yanada 
qulayliklarni ishlab chiqari bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi .
Imkoniyatlarga shuningdek yangi materiallar, arzon xomashyo 
bazasi, kommunikatsiyaning qulaylashtirilishi, kichik biznes va 
mikrofimalarga kredit olishni soddalashtirilishi kirishi mumkin. 
Tahdidlarga yangi kuchli raqobatchilarni bozorda paydo bo‘lishi, 
soliqlardagi imtiyozlarni bekor qilinishi, import va eksportdagi 
maʼmuriy to‘siqlarni paydo bo‘lishi misol bo‘la oladi.
Biznes g‘oyani tahlil qilib uning hozirgi davrda qanchalik 
maʼqulligi va samara keltirishini bilib oldik deb faraz qilaylik (yoki 
birinchi bosqichdagi ishimiz va biznes g‘oya bizda biznesimizga 
ishonchimizni oshirdi). 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə