M. S. Qosimov


Ishlab chiqarish rejasini tuzish amaliyoti asoslari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
6.6. Ishlab chiqarish rejasini tuzish amaliyoti asoslari 
 
Marketing rejasi va ishlab chiqarish texnologiyasining uzviy 
bog‘liqligini ta’minlash. 
Marketing rejasi ishlab chiqarish rejasi bilan uzviy bog‘lanishi 
kerak va nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, qachon va 
kimlar uchun ishlab chiqarish kerakligi to‘g‘risidagi axborotni beradi 
(4- rasmga qarang). Ishlab chiqarish rejasida ana shu axborotdan 
foydalanib tegishli hajmda, talab qilingan sifatda va belgilangan 
vaqtda korxona tovar ishlab chiqaradi.
Qanday ishlab chiqarish kerak va kimlar uchun ishlab chiqarish 
kerak degan javoblarni marketing ko‘rsatib beradi. Nima ishlab 
chiqarish kerak degan savolga javobni ishlab chiqarish jarayonlarini 
to‘la yozma ifodalash bilan javobi beriladi. Buning uchun kerakli xom-
ashyolar miqdori, ish haqi va barcha ishlab chiqarish bilan bog‘liq 


80 
hisob-kitoblar qilinadi. Biznes rejada ishlab chiqarish jarayonini ishlab 
chiqarish menejeri va ishlab chiqrarish texnologi tomonidan to‘la 
yoritib. Ular buning uchun ishlab chiqarish jarayonini sxemasi va 
chizmalarini ilova qiladilar. Jumladan binolarni joylashuvi, mashina va 
asbob-uskunalar va texnologik jarayonlarning bosqichlari, ishlab 
chiqarishda band bo‘ladigan ishchi va injener–texnik kadrlar, ularning 
malakasi to‘la yozilishi kerak.
 
Mar 
 
 
 
 
 
 
 
4-rasm. Keting rejasi bilan ishlab chiqarish rejasining aloqadorligi. 
Agar qurilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lsa sub-pudradchini 
bajaradigan ishlari ham yozilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlarida 
xom - ashyo manbalari, ularni yetkazib beruvchilar, texnologik 
jarayonda sifatni nazorat qilish kabi savollar aniq yozilishi kerak. 
Xom - ashyo va materiallar, ish haqi va boshqa xarajatlarni 
mahsulotni tannarxiga ta’siri tahlil qilinishi lozim. Xom - ashyo 
Marketing rejasi 
(Marketing 
tadqiqoti 
asosida) 
Ishlab 
chiqarish 
rejasi 
Nima, Qanday 
va Kimlar 
uchun ishlab 
chiqarish
kerak
Xom - ashyo, ishchi 
kuchi, ishlab chiqarish 
infrastrukturasi, 
texnologiya, 
qadoqlash, o’rash,
s
avdo 
belgisi, mahsulotni tan –
narxini optimallash-tirish, 
ekologiya omillari
Mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
sexi 
Tayyor 
mahsulot 
Xaridor


81 
omborlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalarining joylashuvi, tayyor 
mahsulotlarni qadoqlash, savdo belgisi, tayyor mahsulotni saqlash 
xarajatlari hisoblab ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Chakana savdo biznesida eng avvalo, uni joylashgan joyi muhim 
rol o‘ynaydi. Qulay joylashgan chakana savdo korxonasi xaridorlarni 
mashinasini to‘xtash joyiga ega bo‘lishi, metro yoki transport bekatiga 
yaqin bo‘lishi, xaridorlar harakatilanadigan chorrahada bo‘lgani 
maqsadga muvofiq. Bular xaridorlar uchun qulayliklardir. 
Ishlab chiqarish miqdorini xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar 
orqali aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish aniq talab asosida
mahsulot birligini tannarxini kamaytirgan holda va sifatini ta`minlagan 
holda bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifati yuqori 
bo‘lishini ta’minlanishi /kafolatlanishi kerak. Mahsulotni sifati har 
doim bir xil sifatda bo‘lishi shart. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə