M. S. Qosimov


Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish 
 
Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish uchun eng avvalo qancha 
mablag‘ shu maqsadda ishlatilishini bilish kerak. Mahsulotni 
sotilishini rag‘batlantirish uchun “doimiy xarajatlar” moddasidan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Mahsulotni samarali reklama qilish 
va sotilishini ta’minlash bu korxonaning investistiya xarajatlaridir. Uni 
oddiy xarajatlar deb qabul qilish kerak emas. Buning asosiy sababi 
shundaki, mahsulotni reklama qilish va sotilishini rag‘barlantirish 
bilan korxonaning foydasi ko‘payadi, hissadorlarning dividendi 
ko‘payadi. Foydaning ko‘payishi esa korxonaning modernizatsiya 
qilinishi va ishlab chiqarishni diversifikatsiyasi bilan bog‘liqdir. Agar 
korxonani siz yangi tashkil qilayotgan bo‘lsangiz alohida moddada 
mahsulotni reklama qilish va sotilishini rag‘batlantirish ko‘rsatilishi 
kerak. Korxona barqaror ishlay boshlagach, siz tovar aylanmasidan 
ma’lum foizni/hissani ajratishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Reklamani va tovarni xaridorgirlashtirishni kim tashkil etishi 
hamda kimlarga shu tadbirni qaratilganligi juda muhimdir. Tovarni 
sotilishini rag‘batlashtirish uchun quydagi chora va tadbirlarga asosiy 
e’tibor qaratilishi kerak. 


79 
Salohiyatli xaridorni aniqlash kerak.(Kim o‘sha xaridor? Qanday 
aniqlash mumkin? Qanday ularga tovarni yetkazish mumkin kabi 
savollarga javob izlash kerak bo‘ladi). 
Xaridorni aniqlagach, qanday qilib uni tovarga qiziqtirish 
mumkin? Qanday qilib xaridorni rag‘batlantirish mumkin? Xari-
dorning qanday ehtiyojlari mavjud? Sizni tovaringiz shu ehtiyojni 
qondira oladimi? Bu kabi savollarga javoblar biznes rejaning tarkibiy 
qismida o‘z javobini topishi lozim.
Mahsulotni sotilishini rag‘batlantirish uchun foydali ekspri-
mentlar, sinovlar o‘tkazish maqsadga muvofiq. Buning uchun bir 
necha usullar mavjud:
1.Tovarni sotilishi va reklamasi vositasini to‘g‘ri tanlash. Buning 
uchun nimaga sizning salohiyatli xaridoringiz qiziqishini va undan 
ma’lumotlar olishi mumkinligini bilishingiz kerak. Ular radio, gazeta, 
televidenie, maxsus reklama jurnallari, kataloglar, reklama e’lonlari, 
ko‘rgazmalar, shaxsiy ishontirish va hokazolar. Shulardan qaysi biriga 
sizning xaridoringiz qiziqadi, kuzatadi va sizni ma’lumotingiz yetib 
boradi. Bu vositalarni tanlash ma’lum tajriba va ijodkorlikni taqozo 
etadi.
2. Promo kompaniyalar o‘tkazish. 
3. Xaridorlarga seminar- treninglar tashkil etish va hokazolar.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə