M. S. Qosimov


Bino va inshootlar/ishlab chiqarish infrastrukturasini yaratish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
6.7. Bino va inshootlar/ishlab chiqarish infrastrukturasini yaratish 
 
Biznes rejaga eng samarali bo‘lgan texnologiyani tanlash lozim. 
Agar biznes loyiha chet el valutasi hisobiga texnologiya bilan 
ta’minlanadigan bo‘lsa, unda xalqaro ko‘lamda shu texnologiyani 
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi. Mutaxassislar 
tilida bunday tanlov tender deb ataladi.
Ishlab chiqarish rejasida eng qulay bo‘lgan texnologiyalar, 
loyihadan manfaat ko‘rishi mumkin bo‘lgan aholi kontingenti, 
mahalliy sharoitlar, kapital, xomashyo va ishchi kuchidan foydalanish 
imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. 
Ishlab chiqarish rejasini tuzish uchun quyidagi omillarni hisobga 
olish kerak: 
1.
Texnika va texnologiyani marketing rejasiga monandligi. 
2.
Ishlab chiqarish tizimini (sexlar, omborlar, ishlab chiqarish 
infrastrukturasining inshootlari) muqobil joylashganligi. 
3.
Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish 
imkoniyatlari va ularning yetarliligi. 
4.
Mahsulotni sifatining yuqoriligi. 
5.
Mahsulot tannarxini maqbulligi va shu tannarxda korxonaning 
foyda olish imkoniyatlari aniqlanganligi. 
6.
Texnologiya quvvati va bozor sig‘imining optimalligi.


82 
7.
Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqarish xarajatlarini qoplanish darajasi. 
Ishlab chiqarish sexlari, omborlar va boshqa infrastrukturani 
optimal joylashtirish xarajatlarini kamaytirish va unumdorlikni 
oshirishga katta ta’sir etadi. Biznes reja uchun NPV(Net Present 
Value) sof keltirilgan qiymat ko‘rsatkichini maksimallashtiradigan 
ishlab chiqarishni joylashuvi eng yaxshi joylashuv deyiladi.
Masalan, sanoat korxonasini xomashyo bazasi yaqiniga yoki 
boshlang‘ich energiya manbai yaqiniga joylashtirish yoki mahsulot 
bozori yoniga yoki tegishli infratuzilmaga yaqin joyda joylashtirish 
mumkin. Har bir variant o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. 
Maksimal NPV ni ta’minlaydigan joylashish o‘rnini tanlanishi uchun 
bu afzalliklar va kamchiliklar baholanishi hamda taqqoslanishi 
mumkin. 
Kichik biznes loyihalarida arzon va yetarli miqdordagi xom - ashyo 
bilan ta’minlanish loyihaning asosiy shartlaridan biridir. Xom - 
ashyoning yetarli miqdorda emasligi texnologiyaning quvvatidan past 
darajada foydalanishga olib keladi.
Texnologiyaning quvvati uni yetkazib beruvchi/qurib ishga 
tushiruvchi injinering kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladi. Misol 
uchun bir soatda makaron ishlab chiqarish quvvati yoki bir yillik 
makaron ishlab chiqarish quvvati sifatida miqdoriy ko‘rsatkichlarda 
ifodalanadi. 
Misol. Kichik makaron ishlab chiqarish texnologiyasining quvvati 
200kg/soat. Ikki smenada makaron ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 
Kunlik ishlab chiqarish quvvati= 200kg*16= 3200 kg. Korxona oyiga 
20 kun ishlaydi. 
Oylik ishlab chiqarish quvvati=3200kg.* 20= 64 000 kg. 
Korxona yiliga 10 oy ishlaydi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati = 10*64 000 kg.= 640 000 kg. 
(640tonna). 
Marketing tadqiqotlari asosida makaronning narxi 800so`m/kg deb 
belgilangan. Korxonaning xaridorlari bilan 500 tonnalik shartnoma 
ham tuzilgan.
Korxonaning umumiy tushumi/daromadi = 500 000kg.* 800 
so‘m=400 000 000 so`m. Endi shu mahsulotni ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisoblash kerak.


83 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə