M. S. Qosimov


-jadval. Ish haqi xarajatlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

15-jadval.
Ish haqi xarajatlari 
 
№ 
Xodimlar 
Xodimlarga 
Talab 
2012 
2013 
Oylik 
maosh 
(ming 
so‘m) 
Yillik 
maosh 
(ming 
so‘m) 
Oylik 
maosh 
(ming 
so‘m) 
Yillik 
maosh 
(ming 
so‘m) 

Direktor 

700 
8400 
700 
8400 

Menejer 

650 
7800 
650 
7800 

Gl. buxgalter 

600 
7200 
600 
7200 

Kassir 

300 
3600 
300 
3600 

Ishchilar 
12 
8000 
96 000 
8000 
96 000 

Haydovchi

400 
4800 
400 
4800 

Qorovul 

700 
8400 
700 
8400 

Farrosh 

600 
7200 
600 
7200 
Jami 
21 
11950 
143 
400 
11950 
143 
400 
Kichik korxonalarning standart boshqaruv modeli mavjud emas, 
biroq qonuniy asosi yagonadir. Shu nuqtayi nazardan korxonaning 
boshqaruv modeli qo‘yida misol sifatida keltirildi.
Yuridik huquqiy maqomga ega bo‘lgan (misol uchun, Mas’uliyati 
cheklangan jamiyat) korxonada bosh direktor, bosh buxgalter va kassir 
alohida shaxs bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi boshqaruv modelidan kafe yoki restoran biznesida
kichik transport korxonasida, kichik servis ko‘rsatuvchi korxonalarda 
foydalanish mumkin. 


95 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Korxonaning tashkiliy strukturasi (shartli misol). 
Kadrlarni shtat jadvali, ularni moddiy rag‘batlantirish, malakasini 
oshirish kabi ijtimoiy masalalar boshqaruv modeliga va uning tizimiga 
uzviy bog‘lanishi lozim.
6.10. Biznes rejaning moliya rejasini ishlab chiqish asoslari 
 
Biznes rejani moliyalashtirish manbalarini ichki va tashqi manba-
larga bo‘lish mumkin. Ichki manbaga korxonaning o‘z mablag‘lari (sof 
foyda, hissadorlarning qo‘yilmalari) kiradi. Agar ichki mablag‘lar 
yetarli bo‘lsa korxonani o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish 
maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga korxonaning raqobatdoshligini oshirish, moderni-
zatsiyalash va diversifikatsiyalash tashqaridan investitsiya mablag‘-
larini jalb etishni taqozo etadi. O‘z xususiy biznesini ochayotgan oliy 
Bosh Direktor
Menejer 
Bosh buxgalter 
Kassir 
Ishchilar 
Ta’sischilar 
Taftish komissiyasi 


96 
ta’lim bitiruvchisi ham kredit hisobidan korxonani rivojlantirishi 
mumkin.
Hozirda O‘zbekistonda 30 ortiq tijorat banklari va ko‘plab xalqaro 
moliya institutlari kichik biznesni O‘zbekistonda moliyalashtirib 
kelmoqdalar. Har bir moliya institutining ma’lum talablarini bilib olish 
va shu talabga javob bera oladigan biznes rejalarini tuzish talab etiladi. 
 
Moliya rejasi 
Moliya rejada biznes reja necha yilga tuzilganligi, mablag‘lar 
qanday, nima uchun va qaysi muddatlarda ishlatilishi ko‘rsatib 
beriladi. Eng asosiysi biznes reja orqali mablag‘ni qaytarib berish 
isbotlab beriladi. Biznes rejada moliya mablag‘lari ishlab chiqarishni 
rekonstruksiya qilishga, modernizatsiyalashga va eksportbob mahsu-
lotlar ishlab chiqarishga, innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni 
ishlab chiqarishga sarflanadi va shu jarayonlar rag‘batlantiriladi.
Moliya rejada moliya rejasining metodologiyasi, mablag‘lar 
(kredit)ni qaytarib berish kafolatlari ayniqsa ishonarli va to‘g‘ri 
ko‘rsatib berilishi kerak. Bank-moliya institutlari ko‘p hollarda 
investitsiya miqdorining 60-80% ni moliyalashtiradi. Agar korxona 
ko‘proq qismini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplasa, demak investitsiya 
xatarini korxona o‘z zimmasiga oladi. Bu bank-moliya institutlari 
uchun ma’qulroq hisoblanadi.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə