17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar



Yüklə 139,27 Kb.
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü139,27 Kb.
#108744
  1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu G\'ayratjonov Bekzodjon

17-Ma’ruza:Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar


REJA:

    1. Shaxsiy tarkibga oid ariza,

    2. Shaxsiy tarkibga oid buyruqlar,

    3. Mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi,

    4. Mehnat daftarchasi, Kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa (anketa).

    5. Shaxsiy kartochka.

    6. Tavsifnoma,

    7. Tavsiyanoma,

    8. Tarjimai xol, Ta'tillar grafigi. Ta'til taqdim etish to’g’risida xat, 9.Shtat jadvali

  1. Boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruq.

  2. Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruq. 12.Xodimlar shaxsiy tarkibiga oid hujjatlar yig’majildi.

Ariza– tashkilot yoki mansabdor shaxs nomiga ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, boshqa ishga o’tkazish, ta'til taqdim etish haqidagi iltimos yozilgan hujjat.
Shaxsiy tarkibga oid buyruq – kadrlar haqidagi ma'lumotlarni qayd etadi (ishga qabul qilinishi, lavozimining o’zgarishi, ishdan bo’shashi, mansab maoshining belgilanishi, ta'tillar, xizmat safarlari, rag’batlantirishlar, jazolashlar va boshqalar).Buyruqlarni saqlash muddati 75 yil.
Mehnat shartnomasi. Xodimlarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa meyyoriy xujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan ikki nusxada, odatda davlat tilida tuziladi va tomonlar imzolaganlaridan so’ng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun beriladi. Mehnat shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan rahbar tomonidan imzolanib, uning imzosi korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning manzillari, boshqa ma'lumotlar ko’rsatiladi.
Mehnat shartnomasi mazmuni – tomonlar qo’lga kiritayotgan xuquqlar, o’z zimmalariga olayotgan majburiyatlar majmuidir.
Mehnat shartnomasi zarur shartlar va qo’shimcha shartlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 139,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə