17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar



Yüklə 139,27 Kb.
səhifə2/7
tarix05.05.2023
ölçüsü139,27 Kb.
#108744
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu G\'ayratjonov Bekzodjon

Quyidagilar mehnat shartnomasining zarur shartlari hisoblanadi:
Ish joyi – xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy bo’linmasi)ning nomi;
Mehnat funksiyasi – mazmuni lavozim yo’riqnomalari va boshqa meyyoriy xujjatlar bilan belgilangan muayyan mutaxassislik, lavozim bo’yicha ish;
Ish boshlanadigan kun – qonun xujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar ishning boshlanish
sanasi qayd etilmagan bo’lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay ishga tushishi shart;
Mehnatga haq to’lash miqdori va boshqa shartlar.
Tomonlarning kelishuviga ko’ra mehnat shartnomasiga qo’shimcha shartlar kiritilishi mumkin:

  • Bir necha kasb (lavozim)da ishlash

  • Agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo’lsa, sinovning aniq muddatlari;

  • Xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi;

  • Qo’shimcha dam olish kunlari, ta'tillar;

  • Ijtimoiy-maishiy sharoitlar (transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va x.k.);

Mehnat shartnomasining muddati qoidaga ko’ra cheklanmaydi va taraflar uni bekor qilish istagini bildirmagunlariga qadar amal qilaveradi.
Mehnat shartnomalari quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin:

    • Nomuayyan muddatga;

    • Besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;

    • Muayyan ishni bajarish vaqtiga.

Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Mahnat daftarchasi – ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat. Mehnat daftarchalari 5 kundan ko’p ishlagan tashkilot xaqida mexnat faoliyatini korsatuvchi hujjatlar. Unda mexnat stajini hamma turi belgilanadi. Shuning uchun uni togri toldirishga yozuvlarni aniq yozishga aloxida etibor berish kerak. Mexnat daftarchasi davlat kooperativ va jamoat korxonalari muassalari 5 kundan ortuq ishloyatgach barcha ishchi va xizmatchilar jumladan mavsumiy va muvaqqat ishlovchilar xodimlar uchun ta'tildir. Ishga kiruvchi xar bir xodim ma'muriyatga mehnat daftarchasini taqdim etishga majburdir. Birinchi bor ishga qabul qilinganlar uchun ular ishga qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida yangi mexnat daftarcha to’ldirishi lozim. Mexnat daftarchasidagi barcha yozuvlar ko’k yoki binafsha rang siyohda yoziladi. Undagi qaydlar shaxsiy tarkibga oid buyruqlar
bilan aynan bo’lishi kerak. Maxnat daftarchasidagi tuzatish, qo’lda ustidan yozib qo’yish, yoki o’chirishga yo’l qo’yilmaydi. Basharti ayrim tuzatishga to’g’ri kelsa tuzatish to’g’ri so’zi bilan qayt qilib imzo va muxr bilan tasdiqlanadi. Mexnat daftarchasi soxta tuzatishlar qonun bilan ta'qiqlangan.

Yüklə 139,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə