17-Ma’ruza: Mehnat va kadrlarga oid hujjatlar



Yüklə 139,27 Kb.
səhifə3/7
tarix05.05.2023
ölçüsü139,27 Kb.
#108744
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu G\'ayratjonov Bekzodjon

Mehnat daftarchalariga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:

    • xodim haqidagi ma'lumotlar- mehnat daftarchasining birinchi sahifasida: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, ma'lumoti, lavozimi, mutaxassisligi;

    • ish haqidagi ma'lumotlar- mehnat daftarchasining ―Ishi to’g’risida ma'lumotlar‖ bo’limida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish;

    • taqdirlash- mehnat daftarchasining ―Mukofotlar to’g’risidagi ma'lumotlar‖ bo’limida: tegishli farmonlar asosida orden, medal, faxriy unvon, Davlat mukofotlari, yuqori tashkilotlar tomonidan beriladigan ko’krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash to’g’risida haqidagi ma'lumotlar;

    • ―Rag’batlantirishlar to’g’risida ma'lumotlar‖ bo’limida quyidagi ma'lumotlar ko’rsatiladi: ishdagi muvaffaqiyatlari uchun tashkilot tomonidan tashakkur e'lon qilish, mukofot berish, qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliqlar, pul mukofotlari.

    • ―Nafaqa tayinlash to’g’risida ma'lumotlar‖ bo’limi.

Mehnat daftarchasi bir marta beriladi, basharti u yo’qolgan bo’lsa yoki yaroqsiz holga kelib qolgan bo’lsa, uning egasiga dublikat beriladi.
Kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa (anketa) – xodimning bibliografik ma'lumotlari, ma'lumoti, mehnat faoliyati, oilaviy holati va h. bo’yicha savollar ro’yxati, ishga kirayotgan xodim tomonidan to’ldiriladi. Savollarga javoblar hujjat ma'lumotlariga (pasport, mehnat daftarchasi, ma'lumoti to’g’risidagi hujjatlarga) muvofiq to’liq, qisqartmalarsiz, tuzatishlarsiz beriladi.
Shaxsiy varaqcha barcha xodimlar uchun bitta nusxada savol-javoblar va tegishli: pasport, harbiy xizmat hujjati, mehnat daftarchasi, ma'lumoti haqidagi diplom va boshqa hujjatlarning ma'lumotlariga asosan to’ldiriladi. Shaxsiy kartochkaning to’ldirilishi amaldagi yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishga qabul qilinuvchi shaxs varaqchada ko’rsatilgan joyga imzo chekadi va to’ldirilgan sanani qo’yadi. Varaqchaning ―qo’shimcha ma'lumotlar‖ qismida o’rindoshlik ishi, qaerda o’qiyotganligi, ikkinchi kasbi kabi ma'lumotlar kiritiladi. Xodim ishdan bo’shatilganda shaxsiy varaqchaga bo’yruqning sanasi va raqami, bo’shatilish sababi yoziladi. Bu ma'lumot ko’pincha mehnat stajini tasdiqlashga asos bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 139,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə