M. S. Qosimov


Bitiruvchi talaba Tayyorgarlik Tadbirkorlik



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
Bitiruvchi talaba Tayyorgarlik Tadbirkorlik
 
2-rasm.
Bitiruvchi talabaga tadbirkorlik talabi. 
 
Аslida biznes reja sizga, biznes asoschisiga kerak. Shu bilan birga 
u investorlarga shuningdek kichik biznes hamkorlariga kerak. Biznes 
rejani tuzishingiz uchun siz chuqur marketing maʼlumotlariga ega 
bo‘lishingiz va biznesni barcha qirralarini tahlil qilgan bo‘lishingiz 
kerak. Fikrlarni va dalillarni biznes rejaga yozish va tahlil qilish sizni 
g‘oyangizni qanchalik haqqoniy ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Аks holda 
biznes rejasiz hatto kichik biznesni kichik xarajatlari, qaltisliklari ham 
sizni qiyin ahvolga soladi. Bitiruvchi talabalarning barchasi ham 
tadbirkor bo‘lavermaydi. Buning uchun tayyorgarlikdan o‘tish va 
tadbirkorlikni sevish kerak.
Biznes rejani yozish uchun siz tashkil etayotgan biznesni 
mukammal bilishingiz, biznes taʼlimiga va maʼlumotiga ega 
bo‘lishingish zarur. Biznes rejani mukammal tuzish doimo va muttasil 
izlanishni taqozo etadi. Shu sababli, quyidagi hayot tajribasi o‘rinlidir. 
Biznes reja
Biznes ta’lim 
Моtivatsiya 


58 
Ikromning kichik biznesdagi saboqlari (keys stadi) 
Farg‘ona shahridagi tadbirkor Ikrom Olimov sovet davrida quril-
gan to‘qimachilik kombinatining eski stanoklarini sotib olib doka va 
buz mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun u o‘z 
mablag‘lari va qarindoshlaridan qarzga olingan mablag‘larini sarfladi. 
Uning bunday qaror qilishiga asosiy sabab xuddi shunday tadbirkorlik 
bilan shug‘ullanib biznesini rivojlantirayotgan, avval institutda birga 
o‘qigan qo‘qonlik do‘sti Botirning ijobiy tajribasi bo‘ldi. Botir xuddi 
shunday stanoklarni sotib olib to‘qimachilik sohasida kichik biznesini 
rivojlantirayotgan edi. Bundan Ikromning yaxshi xabari bor edi. Shu 
yillari xuddi shunday biznes bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar 
Аndijonda, Namanganda, Buxoroda va O‘zbekistonning boshqa 
viloyatlarida ko‘payib bordi. Bunga asosiy sabab sovet davrida 
qurilgan gigant to‘qimachilik kombinatlarining stanoklari yaroqsiz 
bo‘lib ularni kasotga uchragani edi. Kasodga uchragan kombinat-
larning stanoklarini qoldiq baholarda kichik biznes tadbirkorlari sotib 
olib o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘ymoqda edilar.
Dastlabki yillarda Ikromning kichik korxonasi daromad ola 
boshladi. U bozordagi xaridorlarini va talabni aniqroq bilib oldi.
Keyinchalik Ikrom biznesni yo‘lga qo‘yishda, xomashyolarni o‘z 
vaqtida sotib olish, sifatli va raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishda 
qiyinchiliklarga duch keldi. Аylanma mablag‘larning yetishmovchiligi 
ishlab chiqarishni barqarorligiga putir yetkazdi. Doka va bo‘z 
mahsulotlari bozorida bozor konyukturasi o‘zgara boshladi. Natijada 
maʼlum vaqtdan boshlab mahalliy bozorda mahsulotni narxi 
arzonlashdi, bozorda talab sifatli dokaga va keng enli bo‘z mahsulotga 
ko‘paya boshladi. Ikrom biznesining texnologik imkoniyatlari bu 
talabni qondira olmadi. Uning texnologiyasi ensiz bo‘z va doka ishlab 
chiqarishga moslashgan edi. Keyinchalik uning doimiy xarajatjari 
ko‘payib kreditorlik qarzlari oshib bordi, uning kichik korxonasi 
kasodga uchrash arafasida qoldi. U biznesni davom ettirishi uchun 
biznesni diversifikatsiyalashi, yangi texnologiyani joriy etishi zarur 
ekanligini tushundi. Biznesdagi o‘zining ijobiy tajribasini va 
kamchiliklarini tahlil qilib, u biznesni tashkil etishda yo‘l qo‘ygan 
kamchiliklarini tan oldi.
Muhokama uchun savollar. 


59 
Ikrom Olimovning biznesni tashkil etishda va boshqarishda yo‘l 
qo‘ygan qanday xatolari bo‘lishi mumkin? 
Respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diver-
sifikatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb 
etish borasidagi ustuvor talablarga Ikromning biznesini aloqadorligini 
tahlil qiling va tushuntiring? 
Ikrom biznes tashkil etishdan oldin marketing tadqiqoti olib 
bordimi? 
Ikrom biznes rejani ishlab chiqishni biladimi?
Ikrom nima ishlab chiqarishi kerak?
Uni qanday ishlab chiqarishi kerak? 
Kimlar uchun ishlab chiqarishi kerak?
Qanday taklif va tavsiyalarni bergan bo‘lardingiz? 
Oliy taʼlim o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb 
etishga mamlakatimiz hukumati va O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus 
taʼlim vazirligi alohida eʼtibor bermoqda, bitiruvchilarga qator 
imtiyozlar va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ular tomonidan o‘z 
kichik va mikrobizneslarini ochishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab- 
quvvatlash maqsadida ushbu o‘quv-uslubiy majmua yaratildi va 
seminar-trening tashkil etilishi rejalashtirildi.
Yuqoridagi keys stadidan asosiy xulosa shuki, Ikrom biznesni 
ochishdan oldin chuqur marketing tadqiqoti olib bormagan, biznesning 
barcha imkoniyatlari va muammolarini raqamlarda, dalillarda 
rejalashtirmagan, qaltisliklar va xatarlarni ko‘rmagan. Raqobatchilarini 
yaxshi o‘rganmagan. Xulosa qilib aytganda, pishiq puxta biznes rejasiz 
biznesni do‘stining tajribasi asosida tashkil etgan. Mavjud muammo-
larni hal qilishi uchun, biznesni diversifikatsiyalash va modernizat-
siyalash uchun yana biznes reja ishlab chiqish uning kun tartibida yana 
ko‘ndalang bo‘ldi. Umuman olganda, biznes reja tuzish va investitsiya 
jarayoni bilan shug‘ullanish korxonada doimiy tarzda amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar sanoat va 
tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning 
tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» qarorida “patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yishni taʼminlovchi startap-investitsiya loyihalari, innovatsion 
mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari, 


60 
shuningdek, import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan 
raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda 
yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun 
mo‘ljallangan, shu jumladan, bandligi taʼminlanmagan “Yoshlar 
daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan taʼminlash nazarda tutilgan 
investitsiya 
loyihalari 
Yoshlar 
sanoat 
zonalari 
hududida 
joylashtirilishida ustuvorlikka ega bo‘ladi” deb ko‘rsatib o‘tilgan. Endi 
biznes rejada innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va boshqaruv 
usullarini amalda qo‘llash zarur bo‘lmoqda. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə