M. S. Qosimov


 Diskontlash haqida tushuncha



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

4.2. Diskontlash haqida tushuncha 
 
Diskontlash – bu iqtisodiyotda XX asrning ikkinchi yarmidan 
jahon moliyaviy iqtisodiyotiga keng ko‘lamda kirib kelgan yangi 
nazariya va uslubdir. 
Investitsiya loyihalarini baholashning maxsus uslublari vujudga 
kelishiga sabab, pul mablag‘lari qiymatining vaqt davomida o‘zgarib 
turishidir. Yaʼni bugungi bir so‘m qiymati bir yil keyin olinadigan bir 
so‘m qiymati bilan bir xil emas.
$1 Present Value (PV) > $1 Future Value (FV) 
Bir xil summadagi pulning turli vaqtda har xil qiymatlarga ega 
bo‘lishiga bir qancha sabablar mavjud: 
– birinchidan, bu holat inflatsiya jarayonlari bilan izohlanadi, yaʼni 
baholar darajasining ko‘tarilishi oqibatida bugun bir so‘mga olish 
mumkin bo‘lgan tovarni bir yildan so‘ng bir yarim yoki ikki so‘mga 
sotib olish mumkin bo‘ladi;
– ikkinchidan, har qanday tijorat operatsiyasiga (shu jumladan, 
bank depozitiga) qo‘yilgan bir so‘m pul uning yordamida olingan 
daromad hisobiga bir yildan keyin kattaroq miqdordagi pulga aylanadi. 
Bu holat moliyaviy operatsiyalarning aksiomasi hisoblanadi va 
investitsiya loyihalarini iqtisodiy asoslash va tahlil qilish mexanizmini 
belgilab beradi.
Demak, har bir moliya mutaxassisi yoki investitsiyalarni tahlil 
etayotgan mutaxassisning asosiy shiori quyidagicha bo‘lmog‘i kerak: 
bugun olinadigan bir so‘m pul kelgusida olinadigan bir so‘m puldan 
qiymat jihatdan kattadir. 
Buni juda oddiy misolda ko‘rishimiz mumkin. Аgar siz 100 so‘m 
pulni 10% stavka bilan bankka qo‘ysangiz, kelgusi yili (uni inglizcha 
FV yaʼni future value deb belgilaymiz), sizning omonatingiz: 
FV1 =100+100 * 0,1=110 so‘mga teng bo‘ladi. 
FV1 = 100+ (100*0.10) = 100+10 = $110 
yoki 
FV1 = 100*(1+0,1) ^1 = 110 
FV2 = 100* (1+0.1) ^2 = 100*121 = $121 
FV3 = 100* (1+0.1) ^3 = 100*1.33 = $133 


31 
Аgar pulingizni yana bir yil olmaysiz, deb faraz qiladigan 
bo‘lsak, ikkinchi yilning oxiriga borib sizning omonatingiz: 
FV2=[100(1+0,10)]*(1+0,10)]=100(1+0,10)
2
=100*1,21 =121 
so‘m bo‘ladi. 
Jamg‘armalar ko‘payishining bu modeli murakkab foizlar modeli 
deyiladi va quyidagicha yozilishi mumkin (1-formula): 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə