Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факултет молия-кредит кафедраси



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#110920
  1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi Naqd pul o\'tkazmalari va ularni amalga oshirish tartibi


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ


СИРТҚИ ФАКУЛТЕТ


МОЛИЯ-КРЕДИТ КАФЕДРАСИ

‘‘Халкаро молия муносабатлари” фанидан


Мавзу:____________________________________________________________

Тайёрлади:
Гурух ________________________
Ф.И.О.__________________________
Рахбар: _________________
________________________________

“”Молия-кредит”кафедрасида курс ишини руйхатга олиш рақами №_______________
____________________________
Маъсул шахс имзоси
___” ____________2022 й.

Курс ишига
Рухсат(рухсат эмас)
ҳимояга


Сана “___” ____________2022 й.

Рахбар имзоси:


________________________________



Курс иши ҳимояси
баҳоси __________


Камиссия таркиби (кворум):
Раис______________/_____


1.аъзо ________________/_____


2.аъзо ________________/_____



Mavzu: Naqd pul (valyuta) o'tkazmalari va ularni amalga oshirish tartibi


Reja:
Kirish
1.Valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari
2."Spot" operatsiyalari (kassa shartnomalari)
3.Muddatli valyuta operatsiyalari. Forvard operatsiyalari
4.Forvard muddatlari va Svop shartnomalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mustaqillik yillari davrida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo'jaligi eksportga yo’naltirilgan davlatga aylandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor berib kelindi. Hech bir davlat tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Shu sababli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo'shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb etish uchun O’zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo'yildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar mustaqil sub’ektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo'ldi. Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari, ayniqsa Xalqaro valyuta-kredit, milliy va xorijiy valyutalar ayirboshlanishi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko'pchilik omillar ta'sirida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari murakkablashib bordi va zamonaviy sharoitda o'zining o'ta barqarorsizligi bilan xususiyatlidir.
Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori, undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bog’liq jahon tajribasini o'rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanib borayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublika Prezidenti va Hukumatining diqqat e'tiborida bo'ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasi milliy pul birligi "so'm"ni muomalaga kiritish va hozirgi kun orasidagi davr mobaynida respublikada valyuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog’liq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valyuta birjasi shakllandi va u valyutalar oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalarni muvafaqqiyatli amalga oshirib bormoqda.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valyuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a'zo bo'lib kirishi jahonning valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bozorlarida o'zini tutishning umumqabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə