Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факултет молия-кредит кафедраси


Muddatli valyuta operatsiyalari. Forvard operatsiyalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#110920
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi Naqd pul o\'tkazmalari va ularni amalga oshirish tartibi

3.Muddatli valyuta operatsiyalari. Forvard operatsiyalari
Real valyuta bilan muddatga shartnomalar tashqi-iqtisodiy operatsiyalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish va xorijdagi kapital qo’yilmalarni sug’urtalash hamda arbitraj foydasini olish maqsadida tuziladi.
Muddatli valyuta operatsiyalari deb, valyutalarni kelgusida yetkazib berish hamda ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish sharti bilan shartnoma tuzish kuni kursi asosida valyutani sotib olish yoki sotish tushuniladi. Ushbu operatsiyalar odatda valyuta kursi o’zgarishidan sug’urta qilishda yoki chayqov foydasini olishda ishlatiladi.
Banklararo muddatli valyuta operatsiyalari "forvard" operatsiyalari deb ataladi. Forvard operatsiyalari - birjadan tashqari muddatli valyuta operatsiyalari bo’lib, kelishuv asosida telefon yoki teleks orqali banklar va savdo-sanoat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. 1984 yildan boshlab kredit (moliya) instrumentlari bilan operatsiyalar - ya'ni "kelgusida yetkazib berish to’g’risida kelishuv" (forward rate agreements), o’tkazish amaliyoti qo’llaniladi. Ular bir yilgacha depozitlar bo’yicha foizlar o’zgarishi oqibatida ko’rilgan zararlarni o’zaro qoplash yuzasidan banklar-aro muddatli kelishuvlardan iborat bo’lib, odatda 1 mln. - 50 mln. AQSh dollari hajmidagi summalarga tuziladi.
Forvard shartnomasi tuzilayotganida uning muddati, kursi va summasi qat’iy belgilanadi. Ammo ijro muddati (1 - 6 oy) etib kelguncha hisob raqamlari bo’yicha hech qanday summalar o’tkazilmaydi. Ko’pchilik banklar o’zlarida mijozlar tomonidan ochilgan hisob raqamlarda ma'lum bir summa bo’lishini hohlaydilar. Biroq forvard shartnomalari hajm jihatidan chegaralanmay, pul ta'minotini talab etmaydilar.
Muddatli operatsiyalarga forvard, f'yuchers va opsion shartnomalari kiradi. Forvard shartnomalari quyidagi ikki asosiy ko’rinishda amalga oshiriladi:
- oddiy forvard bitimi. Bunda ushbu bitimga teskari bo’lgan shartnoma shu vaqtning o’zida tuzilmaydi. Shartnomada ishtirok etayotgan taraflar faqat ma'lum bir summani belgilangan muddatga va kelishilgan kurs asosida yetkazib berish haqida kelishib oladilar. Forvard shartnomasining ushbu turidan valyuta kursi o’zgarishi xavf-xataridan himoyalanish maqsadida foydalaniladi;
- svop bitimi. Svop shartnomasi - bu, banklar o’rtasida amalga oshiriladigan valyuta shartnomasi bo’lib, bir xil tur va hajmdagi valyutaning turli muddatlarga oldi-sotdi operatsiyalari kombinatsiyasidan iboratdir. Bir shartnoma doirasida valyutaning ma'lum bir summasi muddatga sotib olinadi va usha zahoti naqdli valyuta bozorida sotiladi yoki buning teskarisi bo’lishi mumkin.
Muddatli operatsiyalarni amalga oshirishning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, ular o’ziga hos (xususiyatli) aktiv va passivlarga qarshi qaratilmagan bo’lsa (ayniqsa forvard operatsiyasi) manyovr uchun katta imkoniyat beradi. Spot operatsiyalari zudlik bilan amalga oshirilishi yoki qoldirilishi lozim, oddiy forvard shartnomalari esa nazorat va tuzatishlarni amalga oshirish uchun vaqt qoldiradilar.
Forvard (muddatli) operastiyalari (FX forward operations yoki qisqacha FWD) – bu valyutalarni avvaldan kelishilgan kurs bo’yicha ayirboshlash bitimlaridir, bu bitimlar bugun tuziladi, biroq valyutalash sanasi (ya’ni shartnomaning bajarilishi) kelajakdagi muayyan sanaga qoldirilgan bo’ladi.
Masalan, agar 18 yanvar 2005 yilda spot konversion bitimi tuzilgan bo’lsa, uning valyutalash sanasi bitim tuzilganidan so’nggi 2-ish kuni, ya’ni 20 yanvarga to’g’ri keladi. Agar, spot bitimidan farqli o’laroq, 18 yanvarda 3 oylik forvard bitimi tuzilgan bo’lsa, valyutalash sanasi 20.01.05 +3 oy=20 aprel 2005 yilga to’g’ri keladi.
Forvard operastiyalari ikki ko’rinishga ega:
1. Autrayt bitimlari (outright) – spot sanasidan farqli bo’lgan valyutalash sanasi bilan bo’lgan bir martalik konversion operastiyalar. Muddatli operastiyalarda ularning ulushi 17% ni tashkil qiladi.
2. Valyuta svopi bitimlari (FX swap) – turli valyutalash sanalaridagi ikki qarama-qarshi konversion operastiyalarning kombinastiyasi. Ular forvard operastiyalarning katta qismi – 83% ini tashkil etadi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə