Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факултет молия-кредит кафедраси


"Spot" operatsiyalari (kassa shartnomalari)



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#110920
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi Naqd pul o\'tkazmalari va ularni amalga oshirish tartibi

2."Spot" operatsiyalari (kassa shartnomalari)
Jahon valyuta bozorida eng ko’p amalga oshiriladigan operatsiyalar - bu, spot ("Spot") operatsiyalaridir. Agar jahon valyuta bozorida amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni 100% deb olsak, ularning 70 foizidan ziyodi spot operatsiyalariga to’g’ri keladi.
Spot ("Spot") operatsiyasi - bu bir zumda amalga oshiriladigan valyuta operatsiyasi bo’lib, sotuvchi sotgan valyutasini sotib oluvchiga 2 bank ish kuni davomida, shartnoma tuzilgan kun kursi bo’yicha yetkazishi lozim. Zamonaviy sharoitda, mazkur valyuta operatsiyalarining amalga oshirilishi va valyutaning yetkazilishi 2 bank ish kunini talab etmaydi.
Kassa shartnomasi spot shartlari asosida amalga oshiriladi va asosan xalqaro hisob-kitoblar bo’yicha, kurslar o’zgarishi oqibatida ehtimolli valyuta yo’qotishlarining oldini olish, shuningdek kapitallarni ("qaynoq" pullarni o’z ichiga olgan holda) bir joydan boshqa joyga tez oqib o’tishi maqsadida xorijiy valyutani zudlik bilan sotib olish uchun qo’llaniladi.
Valyuta kurslarining erkin tebranishi rejimiga o’tilishi bilan valyutalar bilan chayqov kassa savdosi kuchaydi. Ushbu operatsiyalar valyuta bozorlarida keng tarqalgan bo’lib, hozirgi kunda banklar aro bozor umumiy muomalasining ko’p qismini tashkil etadi.
Kassa operatsiyalari uchun xususiyatli narsa shundaki, shartnoma tuzilishining payti uning ijro etilish payti bilan to’g’ri kelmaydi. Valyuta shartnoma tuzilganidan so’ng o’sha zahoti, 2 bank ish kunidan kechikmagan holda, sotib oluvchiga yetkaziladi. Valyutani yetkazib berish muddati "valyutalashtirish sanasi" deb ataladi. Agarda valyutalashtirish sanasi bir ishtirokchi hududida dam olish kuniga to’g’ri kelsa, unda ijro sanasi bo’lib ikkala ishtirokchi uchun ham dam olish kunidan so’nggi ish kuni hisoblanadi. Quyida keltirilgan jadvalda spot operatsiyalarini turlari bo’yicha valyutlashtirish sanalarini ko’rishimiz mumkin.

Sotuvchi sotilgan valyutani odatda sotib oluvchi bank ko’rsatgan hisob raqamiga, telegraf orqali o’tkazadi.


Spot shartnomasidagi ishtirokchilar o’rtasida valyuta kursining asosiy ko’rsatkichi sifatida telegraf orqali pul o’tkazish kursi qo’llaniladi. Naqdli shartnomalarning kurslari kotirovka jadvallarida (byulleten) chop etiladi. Bunda Bid sotib olish kursi, Offer sotish kursi deb belgilanadi.
Kassa shartnomalarida yakuniy hisob-kitob sanasining to’g’ri belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kassa ("kesh") atamasi odatda hisob-kitoblar, shartnoma shartlari kelishiladigan kunda amalga oshadigan valyuta shartnomalariga aloqadordir. Bu atama asosan Shimoliy Amerika va valyuta sotib olish uchun ushbu bozorlar xizmatlariga murojaat etadigan mamlakatlar bozorlarida, ular uchun qulay soat poyaslari mavjudligi sababli ishlatiladi. Yevropa va Sharqiy bozorlarda kassa shartnomalari "shu kunda hisob-kitobi bilan shartnomalar" deb ataladi.
Valyuta bozori, valyuta almashuvi operatsiyasida ishtirok etayotgan taraflardan birontasi ham boshqa tarafga kredit bermayotganligini kafolatlaydigan, kompensatsiya qilingan qiymat tamoyili asosida harakat qilayotganligi spot sanasi to’g’ri (aniq) belgilanishining muhimligini ko’rsatadi. Bu degani London banki funtlarni to’layotgan kunda Amerika banki AQSh dollaridagi uning ekvivalentini to’lashi kerak. Ammo, shunga qaramasdan, ikkala to’lov ham tegishli benefitsiarlar tomonidan bir vaqtda olinishini amalda kafolatlab bo’lmaydi. Vaqtdagi (soatlar) 5 soatlik farqlarni hisobga olib Nyu-York bankida eshiklar endi ochilayotgan paytda London banki kliring uchun yopiladi. Bunda London banki Nyu-York bankiga kunduzgi overdraftni taqdim etishga majbur bo’ladi.
Rivojlangan pul bozorlarida foiz faqat sutkalik overdraftga hisoblanadi, kunduzgi overdraft holatida (kun mobaynidagi overdraftga) esa foiz hisoblanmaydi. Spot sanasiga ham agarda u dam olish kuniga to’g’ri kelsa ma'lum bir tuzatishlar kiritilishi mumkin. Faraz qilaylik, shartnoma juma kuni amalga oshirilgan bo’lsa, unda spot kuni kelasi haftaning seshanba kuniga to’g’ri keladi. Agarda, Nyu-York banki uchun dushanba dam olish kuni bo’lsa muammo tug’iladi (London banki Nyu-York banki bilan shartnomali munosabatlarga kirgan bo’lsa). Agar Nyu-Yorkda dushanba dam olish kuni bo’lib, London banki bu haqda unutib qo’ygan bo’lsa, unda Nyu-York banki seshanbaga emas, balki chorshanbaga to’g’ri keladigan spot kunini Nyu-Yorkchasiga belgilaydi. Londondagi diler esa Nyu-Yorkdagi diler seshanbani spot kuni deb belgilaganini odatdagi hol deb qarashi mumkin, chunki bu kun Londonda spot kunidir. Seshanba kuni London banki, Nyu-Yorkda AQSh dollaridagi ekvivalentni olishni ko’zlab, 1000000 GBPni to’laydi va Nyu-Yorkdagi bank bu pullarni faqat chorshanba kuni to’lashini aniqlaydi. Agarda Nyu-York banki London bankiga kotirovka olishga murojaat etganida vaziyat boshqacha bo’lar edi, chunki bu holatda hisob-kitob kuni London kalendari bo’yicha aniqlanar edi hamda dushanba N'yu-Yorkda dam olishi kuni bo’lishi mumkin, ammo bunda Londondagi bankda ish kuni bo’lganligi sababli spot kuni sifatida seshanba belgilanishi mumkin.
Shunday qilib, kotirovkani amalga oshirayotgan bank mamlakatidagi bank ish kunlari spot kuni belgilanishini aniqlab beradi. Shuning uchun shartnomadagi taraflardan biri o’zining belgilagan spot kuni respondent tomonidan belgilangan spot kuniga to’g’ri kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.
"Spot" kurs - oldindan kelishuv yoki shartnoma sifatida rasmiylashtirilmagan, valyuta operatsiyalarida qo’llaniladigan (ishlatiladigan) oldi-sotdi valyuta almashuvi kursidir.
"Spot" kursining kotirovkasi hozirgi daqiqaga beriladi, valyutaning o’zi esa kechi bilan 2 bank ish kunidan so’ng yetkazilib beriladi. Masalan, eksportyorlar qancha GBP olishi yoki importyorlar qancha GBP to’lashi kerakligi bankning vositachilik haqi hisobga olinib, quyidagi holatlardan kelib chiqqan holda hisoblansin:
A) Britaniyalik eksportyor Fransiyalik mijozdan 15000 evro hajmida to’lovni oldi.
B) Britaniyalik importyor yaponiyalik sotuvchidan 1000000 GPY hajmida tovarlarni sotib oldi.
V) Britaniyalik eksportyor gollandiyalik mijozidan 80000 evro hajmida
to’lovni oldi.
G) Britaniyalik eksportyor Germaniyaning maslahatchi firmasiga 120000
evro hajmida xizmat haqi to’ladi.
Bozordagi sharoit: "Spot" kurslari
Fransiya 1,34 - 1,37
Yaponiya 228,5 - 230,5
Niderlandiya 1,45 - 1,47
Germaniya 1,09 - 1,11
Ishlanishi:
A) Bankdan evroni sotib olishni so’rashdi va u eksportyorga quyidagi summani beradi - 150000 / 1,37 = 109489,05 GBP.
B) Importyor uchun GBP-ni sotishni bankdan iltimos qilishdi - 1000000 / 228,5 = 4376,37 GBP.
V) eksportyordan evroni sotib olishni bankdan iltimos qilishdi va u quyidagi summani to’laydi - 80000 / 1,47 = 54421,78 GBP.
G) Bankdan evroni sotishni iltimos qildilar va u quyidagi summani talab qiladi - 120000 / 1,09 = 110091,74 GBP.
Spot ("spot") operatsiyalarini amalga oshiradigan dilerlar valyuta pozitsiyasini yuritadilar.
Valyuta pozitsiyasi - dilerning talab va majburiyatlari nisbatidir. U ikki qismdan, ya'ni "uzun" va "qisqa" pozitsiyalardan iborat.
"Uzun" pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Diler tomonidan valyuta sotib olinganida dilerda sotuvchiga nisbatan talablar hosil bo’ladi.
"Qisqa" pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Diler tomonidan valyuta sotilganida sotib oluvchi oldida dilerning majburiyatlari hosil bo’ladi.
Agarda dilerning talablari majburiyatlaridan ko’p bo’lsa, unda valyuta pozitsiyasi "uzun" pozitsiya bo’yicha ochiq hisoblanadi. Agarda dilerning majburiyatlari talablaridan ko’p bo’lsa, unda valyuta pozitsiyasi "qisqa" pozitsiya bo’yicha ochiq hisoblanadi. Dilerning talab va majburiyatlari o’zaro teng bo’lsa, unda valyuta pozitsiyasi yopiq hisoblanadi.
Har qanday diler jahon valyuta bozorida o’z milliy valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradi. Diler valyuta pozitsiyasini o’z milliy valyutasida yoki AQSh dollarida yopadi.
Masalan, Nyu-Yorkdagi diler quyidagi operatsiyalarni amalga oshirdi:
Sotish Sotib olish Kurs
---------- ----------------- ---------
1000 USD 653,59 GBP 1,5300/05 USD
2000 USD 2353 CHF 1,1760/65 CHF
1500 USD 2171,85 SEK 1,4474/79 SEK
600 GBP 922,98 USD 1,5378/83 USD
2000 CHF 1711,45 USD 1,1686/91 CHF
2000 SEK 1388,12 USD 1,4408/13 SEK


Birinchi operatsiyada diler 1000 USDni 1,5300 kursi asosida sotib, 653,6 funt sterlingni sotib oladi. 1000 USDni sotganligi sababli N'yu-Yorkdagi dilerning sotib oluvchi oldida 1000 USDni yetkazib berish bo’yicha majburiyati hosil bo’ldi va ushbu majburiyat valyuta pozitsiyasining "qisqa" qismida "USD"lari ustunida aks ettiriladi. O’z navbatida sotib olingan 563,6 funt sterling uzun pozitsiyaning "GBP"lar ustunida aks ettiriladi. Chunki sotib olish natijasida N'yu-Yorklik dilerda sotuvchiga nisbatan talablar hosil bo’ldi.
Ikkinchi va uchinchi operatsiyalar yuqorida ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi hamda valyuta pozitsiyasiga yozib boriladi. Bunda "USD"lari ustunidagi qoldiq o’sib boradi.
To’rtinchi operatsiyada 600 funt sterling sotilishi evaziga 922,98 AQSh dollari sotib olinadi. Natijada uzun pozitsiyaning "GBP"lar ustunida 53,59 GBP qoldiq hosil bo’ladi. Chunki birinchi operatsiya natijasida N'yu-Yorklik dilerda 653,6 GBP hajmida talab hosil bo’lgan bo’lsa, 4-operatsiya natijasida unda endi 600 GBP hajmida majburiyat hosil bo’ldi. Dilerning talab va majburiyati solishtirilganda talabi majburiyatidan 53,5 GBPga ko’p ekanligi aniqlandi hamda mazkur qoldiq uzun pozitsiyaning "GBP"lar ustuniga yozib qo’yildi. Huddi shu singari 5 va 6-operatsiyalar amalga oshiriladi hamda natijalar pozitsiyaning tegishli ustunlariga yozib qo’yiladi.
Ish kuni tugashi bilan diler o’z valyuta pozitsiyasini yopishi kerak. Bizning misolimizda yuqoridagi jadvalning uzun va qisqa pozitsiyalarini tegishli valyutalar bo’yicha ustunlarida qoldiqlar chiqariladi hamda mazkur pozitsiyani yopish uchun quyidagi ko’rinishdagi jadval tuziladi.
Bozorning ochilishiga bo’lgan kurslar to’g’risidagi qaror Yevropa hududidagi savdo maydonlaridagi baholar harakati, yangi iqtisodiy ma'lumotlar yoki kun mobaynida kutilayotgan siyosiy voqealar hamda kurslar harakati to’g’risidagi o’z prognozlarining baholanishi asosida qabul qilinadi.
Yevropadagi dastlabki kurslarni diler boshqa banklar va kotirovkani amalga oshiruvchi boshqa brokerlardan ma'lumot olgan holda belgilaydi. Kun mobaynida diler ma'lumotlarning mazkur manbasiga muntazam ravishda murojaat etadi.
Reyter tablosida dollarning asosiy valyutalarga hamda oltin va kumushga nisbatan spot kurslari keltirilgan. Alohida valyutalarning Bid va Offer kurslari (Reyter offer o’rniga ask-ni ishlatadi) axborotlarni yetkazib beruvchilar (nomlar qisqartirib ko’rsatilgan) tomonidan muntazam ravishda yangilanib turiladi. Srce va Deal belgilanishlari ostida kiritayotgan taraflar va diling tizimining (banklardagi) kodlari ko’rsatiladi. Foydalanuvchiga kurslar dolzarbligini tushunishi uchun masalaning mohiyatiga so’nggi ma'lumot kiritilganligi vaqti ma'lum qilinadi. eng yuqori va eng past kurslar doimiy asosda Grinvich vaqti bo’yicha 21.50da yangilanadi. Mazkur tartib zikr etilgan vaqt mobaynida kurslar harakati to’g’risidagi umumiy holatni ko’rsatadi.
USD/SEKning dastlabki kotirovkalari ertalab 1,6550 - 1,6555ni tashkil etadi deb faraz qilaylik. "A" bankning dileri dollar kursining kun davomida pasayishini kutmoqda. U dollarlarni iloji boricha qimmatroq sotishga harakat qiladi. Tabiiyki uning uchun dollarlarni o’z "Offer" kursi asosida sotmoq boshqa bankning "Bid" kursidan afzalroqdir.
Agarda "B" bank "A" bankdan USD/SEKning kotirovkasini so’rasa, "A" bankining dileri "Offer" kursini bozordagiga nisbatan o’ziga qulayroq bo’lgan miqdorda ko’rsatishi mumkin (bozordagi kursdan katta farq qilmagan holda). Bunday holatda berilgan kursning bozor kursidan katta farq qilib qolishi diler malakasining pastligi to’g’risida dalolat berishi mumkin.
Kotirovkaning so’ralishi va shartnoma tuzilishining odatdagi ko’rinishi
quyidagicha bo’lishi mumkin:
"B" bank: ertalabki salomdan so’ng, USD/SEKning spoti qanday?
"A" bank: 48 - 53.
"B" bank: marhamat qilib 53dan 5 dollar.
"A" bank: bajarildi, mening kronam LCBda, Stokgolm
"B" bank: mening dollarlarim Sitibankda, N'yu-York.
Ushbu turdagi shartnomaning tuzilishi taraflar o’rtasida birinchi qarashda mushkuldek tuyuladi. "B" bankning spot kotirovkasi haqidagi so’rovi darhol bitimning turi va valyutalashtirish sanasini belgilaydi. "A" banki tomonidan "48 - 53" kursining kotirovkasi, USD/SEK 1,6548 - 1,6553 ekanligini bildiradi. Mazkur kotirovkada butun son va verguldan so’nggi ikki raqam o’zgarmas hamda oldindan ma'lum bo’lganligi sababli tushirib qoldiriladi.
"B" bankning "53dan 5 dollar" degan javobi, diler tomonidan 5 dollarni 1,6553 bahoda sotib olishga tayyor ekanligini bildiradi. Valyuta to’lovlari uchun zarur bo’lgan manzillar ham qisqacha shaklda bayon etiladi (odatda faqat banklarning nomi).
Shartnomada ishtirok etuvchi kontragentlarning rekvizitlari ko’p qollarda shartnoma tuzilganga qadar, odatda bek-ofis tomonidan o’zaro kelishib olinadi. Yuqorida keltirilgan misolimizda "A" bank Stokgolmdagi Markaziy bankida sved kronasidagi hisobvaraqqa, "B" bank esa N'yu-Yorkdagi Sitibankda dollarli hisobvaraqqa ega.
Shartnoma tuzilganidan so’ng "A" bank qisqa pozitsiyaga ega bo’ladi, ya'ni diler hali o’zida mavjud bo’lmagan dollarlarni sotib yuboradi. Bunday holat albatta xatarlidir, chunki dollarning kursi to’satdan ko’tarilib ketsa, unda sotib olinishi kerak bo’lgan dollarlarning bahosi ko’tarilib ketadi. Diler mazkur xatarlarni pasaytirmoqchi deb faraz qilaylik. U boshqa bir bankdan 3 mln. AQSh dollarini 1,6553 kursiga nisbatan ancha past kursda sotib olishi yoki 3 mln. AQSh dollari uchun o’ziga qulay "Offer" kursini topish maqsadida brokerga murojaat etishi va bu bilan "Bid" kursini kotirovka qilgan holda o’z pozitsiyasini mutanosib ravishda kamaytirishi mumkin.
Broker vositachiligidagi ushbu shartnomaning yakunlanishi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Broker: USD/SEK 49 - 54
"A" bank: 3 mln. uchun 50 Bid
"H" bank: 52 Offer
Broker: : USD/SEK 50 – 52
"Y" bank: 50dan 3 mln. Sizniki.
Mazkur shartnoma yakunlanishiga izoh berish lozim. Bu erda broker o’z kotirovkalarini emas, balki turli banklarning kotirovkalarini beradi. U eng yuqori Bid va eng yaxshi Offer-ni tanlaydi. Ularni mijozga e'lon qilgan holda shartnoma tuzilishiga yoki manfaatli kotirovkaga umid bog’laydi.
"3 mln. uchun 50 Bid", bu diler 3 mln. AQSh dollarini 1,6550 kursi asosida sotib olish istagi bor deganidir. "H" bankining 52 Offer-i summa bilan cheklanmagan va ushbu kurs asosida har qanday standart (3mln.dan 5 mln.gacha) summa sotilishi mumkin. endi broker boshqa banklarga 1,6550-52 spot kursini taklif etishi mumkin. "Sizniki" ("Men sizga sotaman") va "Meniki" ("Men sizdan sotib olaman"), "3mln. 50-dan Sizniki" kabi diler hamda brokerlar tomonidan ishlatiladigan so’z aylanmalari juda yaxshi tanish va ular "Y" bank 3 mln. dollarni "A" bankka broker orqali 1,6550 kursi asosida sotayotganligini anglatadi.
Savdo kuni mobaynida ushbu shartnomalar ketidan boshqa shartnomalar amalga oshadi va ularning amalga oshish sur'ati bank tomonidan belgilanadi. har bir alohida olingan operatsiyada valyuta xavf-xatarlari mujassamdir. Ushbu xavf-xatarlarning katta-kichikligi shartnoma summasi va savdo qilinayotgan valyutaning kurs tebranishlariga bog’liqdir. Mazkur xavf-xatarlar muntazam ravishda hisobga olinishi va nazorat qilinishi lozim.
Shartnomalarning rasmiylashtirilishi. Shartnoma tuzilishi bilanoq uning asosiy ma'lumotlari dilerning pozitsiyasiga kiritiladi. Ofisning texnik jihozlanishiga qarab ma'lumotlar diler assistenti yoki bevosita diler tomonidan oddiy uslubda (qo’l bilan) kompyuterga kiritiladi. Xorijiy valyutani sotib olish va sotishlar, kurslar hamda kontragentlar hisobi yuritiladi. Shunday qilib diler valyuta pozitsiyasining hajmi hamda foyda yoki zarar to’g’risidagi ma'lumotga muntazam ravishda ega bo’ladi. Ushbu xususdagi ma'lumot diler faoliyati uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi sababli u doim yangilanib turilishi lozim.
Shartnomani rasmiylashtirish va komp'yuter tizimiga kiritish uchun rekvizitlar o’z ichiga quyidagi ma'lumotlarni oladi:
Kontragent: "B" bank
Valyutalashtirish: spot
Sotuv: USD 5 000 000
Kurs: 1,6553
Sotib olish: SEK 8 276 500
Ularning to’lovi: Sitibank, N'yu-York
Bizning to’lov: Markaziy banki, Stokgolm
Broker: -
Ushbu ma'lumotlar komp'yuter tizimida to’latilib boriladi, zaruriy shaklda hisobi yuritiladi va ular asosida to’lovlar amalga oshiriladi.
Har bir shartnoma tuzilganidan so’ng o’sha zahoti yangilansa valyuta dileri pozitsiya hajmi va operatsiyalar natijalarini nazorat qilib boradi. Dilerning alohida valyutalar bo’yicha pozitsiyalari netto-pozitsiya hajmini, ya'ni to’lov muddatlarini hisobga olmagan holdagi pozitsiyani xarakterlaydi.
Agarda dilerning pozitsiyasi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa, unda gap uzun pozitsiya haqida boradi. Xorijiy valyuta bo’yicha salbiy qoldiqqa ega pozitsiya qisqa pozitsiya sifatida belgilanadi.
Umuman olganda dilerning pozitsiyasi bankning savdo pozitsiyasini aks ettiradi. Biroq bank tomonidan ma'lum bir uzoq muddatli valyuta pozitsiyalarining yopilmasligi holatida mazkur pozitsiyalar dilerning kunlik pozitsiyasidan alohida yuritiladi. Bunday holatda dilerning pozitsiyasi bankning haqiqiy valyuta pozitsiyasidan farq qiladi.
Kun mobaynida shakllangan spot shartnomasi bo’yicha pozitsiya kunning oxiriga yopilmasa kurs o’zgarishining katta xavf-xatari vujudga keladi. Keyingi kun boshlangunga qadar ochiq qoladigan pozitsiyalar overnayt-pozitsiyalari deb ataladi. Ushbu turdagi pozitsiyalar bo’yicha xavf-xatarlarni kamaytirish hamda ularni boshqarish maqsadida AQShdagi savdo ishtirokchilari uchun ko’p qollarda limitlar o’rnatiladi.
Faraz qilaylik, sved bankining dileri kun oxiriga 1,6550 kursi asosida 5 mln. dollarlik uzun pozitsiyaga ega hamda ushbu pozitsiyani diler kelasi kungacha ochiq qoldirmoqchi. Shu bilan birgalikda diler Amerika yoki Osiyo bozorlaridagi valyuta kursining nomutanosib o’zgarishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo’lgan zararlardan o’z manfaatlarini himoyalamoqchi. Ushbu holatda unda Amerika bankiga stop-loss-topshiriq deb ataladigan topshiriqni berish imkoniyati bor. Agar diler ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar 50 ming sved kronasidan oshmasligini xohlasa, unda uning dollarlari 1,6450 kursidan past bo’lmagan kursda sotilishi lozim.
Limitlangan topshiriqlar Amerikadagi bankka topshiriq Amerika bozorida ijro etilmagan taqdirda odatda Osiyoga o’tkazish to’g’risidagi ko’rsatma bilan birgalikda beriladi. Limitlangan topshiriqlar odatda koncern ichida yoki ushbu tarzdagi topshiriqlarni qabul qilish to’g’risida avvaldan kelishilgan hamkor bankka beriladi. Limitlangan topshiriqlar bozor tomonidan mo’ljal qilinayotggan kursga erishilishi sharoitida limitlangan topshiriqlarni qabul qilayotgan bank ulardan ijro uchun buyurtma sifatida foydalanishi maqsadida doimiy ravishda yozma tarzda beriladi. Limitlangan topshiriqlarning berilishi faqat banklararo savdo bilan cheklanmaydi. Ko’p qollarda korxonalar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan banklarga limitlangan topshiriqlarni beradi. Ushbu yozma topshiriqlar sotib olish/sotish, savdo qilinayotgan valyuta va kotirovka valyutasi, mo’ljal qilingan kurs, valyutalashtirish sanasi, to’lov uslubi, topshiriqning harakat davri hamda boshqa bozorlarga o’tkazib yuborish shartlari to’g’risidagi aniq ma'lumotlarni o’zida aks ettirishi lozim.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə