M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Hayvonlar klassifikatsiyasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Hayvonlar klassifikatsiyasi.
O`zaro o`xshashligi va qon-qarindoshligiga 
binoan hayvonlar bir qancha katta va kichik guruhlarga ajratiladi. 
Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. O`simliklar 
singari hayvonlar klassiflkatsiyasida ham eng kichik guruh tur 
hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi 
o`xshash bo`ladi. Bir turga mansub bo`lgan hayvonlar tabiatda muayyan 
maydonda tarqalgan bo`lib; o`zaro erkin chatisha oladi va ularning nasli 
serpusht bo`ladi. Har xil turga mansub bo`lgan hayvonlar, aksincha, o`zaro 
chatisha olmaydi yoki chatishganda ham ularning nasli pushtsiz bo`ladi. 
O`zaro yaqin turlar urug`ga, urug`lar oilaga, oilalar turkum-ga, turkumlar 
sinflarga, sinflar esa tiplarga birlashtiriladi. Shunday qilib, hayvonlarning 
asosiy sistematik guruhlari tur, urug`, oila, turkum, sinf va tipdan iborat. 
Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir 
hujayralilar 
va 
ko`p 
hujayralilarga; 
umurtqa 
pog`onasining 
rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratiladi.
Dunyo okeani dengiz hayvonlariga nihoyatda boy muhitdir. Akademik V. 
G. Bogorovning ma'lumotlariga ko'ra dunyo okeani suvlaridagi 
baliqlarining umumiy massasi 1 mlrd. tonna, okeandagi barcha biomassa 
(plankton, suv o'tlar va boshqalar) 36 mlrd tonnaga tengdir. Dunyo 
bo'yicha hayvonlardan olingan moylar 40% ni tashkil etadi. Kishilarning 
oziqlanishi rasionida muhim element bo'lgan oqsilning asosiy manbai 
go'sht va baliqdir. Umuman olganda kishilar hayvonlardan har yili oqsilga 
boy bo'lgan 180 mln. tonnadan ortiq oziq-ovqat xom ashyo olmoqdadir


36 
ya'ni sayyoramizdagi har bir kishi 1 yilda 50 kg hayvon mahsulotini 
iste'mol qilmoqda. 
O'rmonlar maydonining o'zgarishi, suv inshootlari qurilishi, shaharlarning 
paydo bo'lishi, atmosfera havosining o'zgarishi bilan yer yuzasi 
landshaftlari o'zgarmoqda. Ayrim territoriyalarda hayvonlarning ba'zi 
turlari kishilar tomonidan vujudga keltirilgan madaniy landshaftlarga juda 
moslashib borayotir. Uy sichqoni, dala sichqoni va kulrang kalamush 
shular jumlasidandir. Ayrim hayvon turlari madaniy landshaft sharoitiga 
moslasha olmay yo'qolib ketayotir, masalan: bir vaqtlar keng tarqalgan 
dala sug'urlari dalalar o'zlashtirilishi bilan kamayib ketmoqda. AQSHning 
Alabana shtatida ilonning 3 ta turi, Luizana shtatida baqaning 4 ta turi 
zaharli kimyoviy moddalar ta'siridan nobud bo'ldi. Galapogos orollaridagi 
endemik hayvon turlari kaltakesaklar, toshbaqalar, cho'chqalar tuxumlarini 
kavlab yeyish natijasida kamayib ketmoqda. 
Sutemizuvchilarning 106 turi yo'q bo'lib ketgan. Hozirgi kunda 
hayvonlarning 600 ga yaqin turi yo'q bo'lish arafasida turibdi. Yirik 
hayvonlarning tabiiy kamayib ketishi geografik landshaft va iqlimiy 
sharoitlarning o'zgarishi bilan bog'liq. Kishilar mamont, junli nasorog, g'or 
ayig'i kabi hayvonlarni ovlayverib qirib yuborgan.
Hindistonda 8 kunda 115000 ilon o'ldirilgan. Natijada sichqon va 
boshqa kemiruvchilar juda tez ko'paygan g'alla hosili kamayib ketadi
o'lat, tulyarimiya, sariq kasalligi ko'payadi 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə