M. U. Hamidova, maxsus pedagogika



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə14/49
tarix17.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#149952
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika

Ijtimoiy integratsiya – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani ijtimoiy munosabatlar va xatti-harakatlarning umumiy tizimiga ijtimoiy adaptatsiyasidir. Nogiron bolani jamiyatga integratsiyasi muammosi bir tomondan, psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini mavjudligi bilan, ikkinchi tomondan ijtimoiy munosabatlar tizimini mukammal emasligi, ya’ni ba’zi talablarini ma’lum darajada keskinligi xayot faoliyati cheklangan bola uchun o‘ta olmaydigan to‘siqqa aylanishi bilan ifodalanadi. Nogironlarni jamiyatga integratsiyasining ikki yondashuvi mavjud. Birinchi yondashuv nogironni jamiyatga integratsiyasini mavjud atrof muhit shart-sharoitlarga moslashishini nazarda tutadi. Albatta, mazkur yondashuv bir tomonlama va juda tordir. Ikkinchi yondashuv nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash va jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlashni nazarda tutadi. Nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlar endi muxokama qilinmoqda.
T.V.Furyaeva bolalar integratsiyasining to‘rt turini (jismoniy, funksional, ijtimoiy va ijtimoiy-etal) ajratib ko‘rsatgan.
Jismoniy integratsiya – bolalarni bir binoda faoliyat ko‘rsatishi. Muallifning ta’kidlashicha, integratsiyaning bu turi bolalar dunyolari orasidagi masofani qisqartirishning boshlang‘ich davridir.
Funksional va ijtimoiy integratsiya uchun predmet-fazoviy birlashuv xosdir. U predmetli munosabatlar, shaxslararo aloqalar, muloqotni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiy-etal integratsiya ijtimoiy masofalarni to‘liq qisqarib ketishi, faoliyatdagi tengxuquqli hamkorlik, sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini nazarda tutadi.


Ijtimoiy adaptatsiya – o‘zgaruvchan xayot sharoitlariga insonni moslashish qobiliyati bo‘lib, u ijtimoiylashuv va integratsiyaning muxim mexanizmidir. Ijtimoiy adaptatsiya turli faoliyatlar(o‘yin, muloqot, o‘qish, mehnat) va insonni o‘zini anglash jarayonida amalga oshadi. Mazkur faoliyat turlari bir vaqtning o‘zida xayotning turli bosqichlarida adaptatsiya vositalari, maqsadlari va natijalari sifatida xizmat qiladi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə