Маданият назарияси


-Mavzu. SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING MADANIY



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
madaniyatshunoslik

11-Mavzu. SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING MADANIY 
HAYOTI.
 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.1920-30- yillarda O‘zbekistonda milliy madaniyatda     
   o‘zgarishlarning amalga oshirilishi. 
2.
 
Ta’lim, fan va madaniyatning hukmron mafkura manfaatlariga  
     bo‘ysundirilishi.  
3.
 
Jamiyat madaniy-ma’naviy hayotiga «rivojlangan sotsializm»   
    g‘oyalarining singdirish harakatlari, milliy munosabatlarning    
    keskinlashuvi. 
4.
 
«Qayta qurish» davrida O‘zbekistonning madaniy hayoti. 
 
1.  1917-  yil  boshlarida  Turkistonda  tub  erli  aholi  uchun  xilma-xil  maktab 
turlari: boshlang‘ich diniy maktablar, madrasalar, yangi usul maktablari, rus-tuzem 
maktablari  mavjud  edi.  Ulardan  tashqari,  rus  maktablari,  gimnaziyalar, 
o‘qituvchilar  seminariyasi  ham  mavjud  edi.      Fevral  voqealaridan  keyin  
Samarqandda  yirik  millatparvarlar  Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Abdurauf  Fitrat, 
Akobir  SHomansurzoda,  Said  Ahmad  (Vasliy),  Saidahmadxo‘ja  Siddiqiy, 
Mardonquli  SHomuhammadzoda  maktablarda  islohotlar  qilish  fikri  bilan 
maydonga  chiqdilar. SHu  yilning o‘zidayoq  Turkistonning  yirik shaharlarida turli 
tillarda  dars  o‘tiladigan  xususiy  maktablar  ochildi.    Abdurauf  Fitrat  Turkiston 
yoshlarini  zamon  talablari  asosida  tarbiyalash  uchun    malakali  o‘qituvchilar 
zarurligini  ta’kidlab,  iste’dodli  yoshlarni  Rossiyaning  markaziy  rayonlaridagi 
o‘qituvchilar  seminariyalariga  yuborish  takliflari  bilan  chiqdi.  1918  yil  fevraliga 
kelib  Toshkentda  «Oliy  ta’lim  do‘stlari  jamiyati»  ish  boshladi.  Uning  tarkibida 
pedagoglar,  shifokorlar,  muhan-dislar,  agronomlar  va  mahalliy  ziyolilarning 
boshqalari bor edi. 
Oktyabr to‘ntarishidan keyin  yangi  sovet maktablarini  tashkil etish vazifalari 
ilgari  surildi.  1918  yil  23  martda  RSFSR  maorif  xalq  komissarligi  «farmoyishiga 
binoan»  Turkiston  o‘lkasi  Xalq  Komissarligi  Kengashi  O‘lka  xalq  ta’limi 
kengashini tashkil etish haqida buyruq chiqardi. 1918 yilning o‘rtalaridan boshlab 
yangi tipdagi maktablarning miqdor jihatida tez o‘sishi ko‘zga tashlanadi. 1918 yil 
yozida Samarqandda «musulmon o‘qituvchilari uchun pedagogik kurslar» ochildi. 
Toshkentda tub erli aholi uchun o‘qituvchilar kurslari ochildi. 1918 yil 18 iyunda 
Toshkentda  musulmon  o‘qituvchilar  institutida  mashg‘ulotlar  boshlandi,  u  «yangi 
tashkil etilayotgan boshlang‘ich bilim yurtlari»ga o‘qituvchilar tayyorlay boshladi. 
Institutda  Abdurauf  Fitrat,  Ismoil  Haqqiy,  Kamol  SHamso,  Munavvar  Qori, 
Ibrohim  Ismoilov  (mudir),  Anna  Poroykova  va  boshqalar  dars  berishdi. 


 
 
 
84 
Tinglovchilarning  ko‘pchiligini  madrasa  va  rus-tuzem  maktablarini  bitirganlar 
tashkil qilar edi.  
Noyabrda  Turkiston  XK  Kengashi  cherkovni  davlatdan  va  maktabni 
cherkovdan ajratish haqida dekret chiqardi. SHu munosabat bilan «bilim yurtlarida 
Olloh  qonunlarini  o‘qitish»  ta’qiqlandi.  Faqat  «musulmon  bilim  yurtlariga 
nisbatan» istisno saqlab qolindi. Bu davrda targ‘ibot uchun ko‘rgazmali maktablar 
tashkil etilishiga katta e’tibor berildi. Masalan, 1919 yili Toshkentning Eski shahar 
qismida, Beshyog‘ochda Almaiy nomidagi 1- va 2-bosqich maktabi ochildi. Uning 
huzurida  maktab-internat  ham  bor  edi.  Mashg‘ulotlar  matematika,  tarix,  kimyo, 
fizika  va  boshqa  fanlarga  jihozlangan  xonalarda  o‘tilgan.  Maktablarda  turli 
tugaraklar ishlab turgan.  Masalan,  musiqa tugaragiga  YUnus  Rajabiy  va  Inog‘om 
Ikromov rahbarlik qilgan. SHuningdek, drama tugaragi va boshqa tugaraklar ham 
ish  olib  borgan.  Taniqli  pedagog  V.F.Lubensev  tomonidan  Toshkentda  tashkil 
qilingan  K.Libknext  nomli  tajriba  mehnat  maktabi  shuhrat  qozondi.  1919  yilning 
oktyabrida Maorif xalq komissarligining yo‘riqnomasi bilan boshlang‘ich etti yillik 
maktabga «butun etti yil davomida tarbiya prinsipi sifatida majburiy qo‘l mehnati» 
kiritildi. Rossiyadagi kabi, Turkistonda ham mehnat maktablari, ularda o‘quvchilar 
maktablari-kommunalar  tashkil  etilib,    ularda  o‘quvchilar  faqat  ma’lumot 
olmasdan,  shu  bilan  birga  «yangi  ijtimoiy  tuzum  ruhida  mehnat  tarbiyasi»ni  ham 
oladigan bo‘ldilar.  
1917—yilda xalq ta’limida boshlangan o‘zgarishlar 1920 yilda to‘xtab qoldi. 
Buning asosiy sababi moddiy ta’minot va kadrlarning etishmasligida edi.  
1918  yil  21  aprelda  Turkiston  xalq  universiteti  takil  etildi.  Uning  ixtiyoriga 
Toshkentdagi  bir  qancha  maktablar,  Turkiston  xalq  kutubxonasi,  Xalq  muzeyi  va 
konservatoriyasi  berib  qo‘yilgan  edi.  Universitet  tarkibida  ijtimoiy-iqtisodiy, 
tabiiy-matematika,  tarix-filologiya,  qishloq  xo‘jaligi  va    texnika  fakultetlari  ish 
boshladi. 1920 yilning oxirlariga kelib, universitetda ta’lim oluvchilarning 60%ini 
mahalliy  millat  vakillari  tashkil  qilgan.  1918-1920  yillarda  Xalq  universitetida 
O‘zbekiston  madaniy  hayotining  taniqli  arboblari  G.Abdurashidov,  A.A.Divaev, 
Abdulla  Qodiriy,  Murod  Hoji,  G.N.CHerdansev,  R.YUsupbekov  va  boshqalar 
faoliyat ko‘rsatgan. 
1919  yilda  Samarqandda  o‘tmish  yodgorliklarini  muhofaza  qilish  doimiy 
komissiyasi  ta’sis  etildi.  Keyinroq,  Toshkentda  muzey  ishlari,  o‘tmish 
yodgorliklarini, san’at va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ishlay boshladi. 1918-
1920 –yillarda mahalliy va rus tillarida bolshevikcha ruhda o‘nlab nomdagi yangi 
gazeta va jurnallar nashr etildi. Ular jumlasiga «Ishtirokiyun», «Xalq dorilfununi», 
Namanganda «Ishchi qalqoni», Samarqandda «Mehnatkashlar tovushi», Qo‘qonda 
«Xalq  gazetasi»  kirgan.  Keyinchalik  ularga  «Uchqun»,  «Qizil  yulduz»,  «Qizil 
bayroq»  kabi  respublika  gazetalari  qo‘shilgan.  SHuning  bilan  birga  bolsheviklar 
rahbariyatining  fan  va  madaniyat  sohasida  o‘tkazayotgan  siyosatining  sinfiy 
mohiyati  ko‘zga  tashlana  boshladi.  Bu  «Din-xalq  uchun  afyundir»  degan  prinsip 
asosida ateistik targ‘ibot kuchaytirildi. Oqibatda, O‘rta Osiyoning at-Termiziy, al-
Buxoriy,  Ahmad  YAssaviy,  Bahouddin  Naqshband,  Xo‘ja  Ahror  singari  mashhur 
ilohiyotchi olimlarining faoliyati «o‘rta asr jaholati» sifatida qoralandi.  


 
 
 
85 
Oktyabr  to‘ntarishidan  keyin  yaratilgan  yo‘qsil  proletar  adabiyotining 
mahalliy  xalqlar  milliy  manfaatlaridan  yiroq  ekanligini  ko‘rgan  Fitrat  va  uning 
maslakdoshlari «chig‘atoy tili»ning sofligini saqlab qolish maqsadida «CHig‘atoy 
gurungi»  tashkilotiga  asos  soldilar.  «Gurung»  o‘zbek  tilining  sofligini  saqlab 
qolish  bilan bir qatorda  xalq  qo‘shiqlarini  va  umuman  madaniy  merosni  to‘plash, 
yoshlarni  millatparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  o‘zbek  milliy  madaniyatini 
jonlantirishni  vazifa  qilib  qo‘ydi.  Fitrat  va  CHo‘lpon  boshliq  bu  guruh 
bolsheviklarning  mavqei  mustahkamlanib  borayotganligiga  qaramay  milliy 
mustaqillik  yo‘lida  ijod  qildilar.  H.H.Niyoziy,  S.Ayniylar  rahbarligidagi  boshqa 
guruh bolsheviklar tomoniga og‘a boshladilar. 
O‘tmishda  o‘zbek  xalqining  teatr  san’ati  asosan  masxarabozlar  va 
qiziqchilardan  tashkil  topgan xalq havaskorlik  teatridan  iborat bo‘lgan.   1917  yili 
Toshkentda  Abdulla  Avloniy  tomonidan  tashkil  etilgan  «Turon»  truppasi 
faoliyatini professional o‘zbek teatrining boshlanishi deb hisoblash mumkin. 1918 
yili  Farg‘onada  H.H.Niyoziy  tomonidan  tashkil  etilgan  «Musulmon  truppasi» 
Turkfront  Siyosiy  boshqarmasi  ixtiyoriga  o‘tkazildi  va  «O‘lka  musulmon  siyosiy 
drama  truppasi»  deb  qayta  nomlandi.  Truppa  repertuarini  asosan  Hamzaning 
«Zaharli  hayot»,  «Boy  ila  xizmatchi»,  «Farg‘ona  fojeasi»,  «Kim  to‘g‘ri?», 
«Tuhmatchilar  jazosi»  kabi  dramalari  tashkil  etdi.    Mashhur  artistlardan  Qori 
YOqubov, Hoji Siddiq Islomov va boshqalar faoliyatlarini shu truppada boshlagan 
edilar.  Aktyor  va  rejissyor  Mannon  Uyg‘ur  (Majidov)  «Turon»  truppasi  asosida 
K.Marks  nomli  dramatik  truppa  tashkil  etdi.  Truppa  tarkibiga  yosh  aktyorlardan 
A.Hidoyatov,  O.Jalilov,  S.Olimov,  T.Ibrohimov,  F.Umarovlar  kirishdi.  Truppa 
dastlab Uyg‘urning «Turkistonlik tabib» asarini sahnaga qo‘ydi. Hamza asarlariga 
hamohang «Fan qasri», «12 soatli hokimiyat» pesalari qo‘yildi. Bu davrda o‘zbek 
pesalaridagi  asosiy  mavzu  «o‘tmish  sarqitlariga  qarshi  kurash»,  diniy  aqidalar  va 
eski  oila  turmushi  an’analarini  yangi    g‘oyaviy  siyosiy  vaziyat  bilan  bog‘lagan 
holda tanqid qilishdan iborat edi.  
  2.  1920  yillarning  II  yarmi-  30  yillarda  sovet  hokimiyati  asosiy  e’tiborini 
mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy  mavqeini  mustahkamlashga  qaratdi.  Sovet 
hokimiyatining  dastlabki  yillarida  madaniyat  va  uni  boshqarish  jabhalarida 
demokratik  tamoyillar  mavjud  bo‘lib,  hukumat  mahalliy  aholining  urf-odatlari  va 
o‘ziga  xos  xususiyatlarni  hisobga  olishga  majbur  bo‘lgan  edi.  Keyinchalik  esa, 
ma’muriy-buyruqbozlik usullari keng quloch otib borishi bilan yalpi ko‘rsatkichlar 
ketidan  quvish,  bolshevikcha  «madaniy  inqilob»  yo‘li  ustivorlik  qila  boshladi. 
Hukmron  kuchlarning  uzoqni  ko‘zlamagan    va  yaxshi  o‘ylanmagan  siyosati 
oqibatida  xalqning  ma’rifatga,  fanga  va  milliy  ma’naviyatga  bo‘lgan  intilishi 
siyosiy manfaatlarga bo‘ysundirildi. 
Sovetlarning  «madaniy  inqilob»  tadbiri  jamiyatning  barcha  jabhalarini, 
ayniqsa  fan  va  madaniyatni  o‘ta  mafkuralashtirib,  uning  har  bir  sohasini  qamrab 
oldi.  Bolsheviklar  mafkurasi  negizida  asosan  sinfiy  kurash  g‘oyasi  ustuvorlik 
qilgan.  O‘zgacha  fikrlashga  bo‘lgan  har  qanday  urinish  «sinfiy  dushman 
qarshiligi»  deb  baholandi.  Guyo,  «sinfiy  dushman»  ijtimoiy  hayotning  barcha 
jabhalarida, ya’ni ta’limda, fanda, adabiyot va san’atda, ishlab chiqarishda mavjud 
bo‘lib,  uni  qidirib  topish,  barchani  shubha  ostiga  olish  odat  tusiga  kirib  bordi. 


 
 
 
86 
Ziyoli  kadrlarni  tayyorlashda  sinfiy  jihatdan  ishonchli,  aholining  «mehnatkash» 
tabaqalaridan chiqqan kishilarni tanlab olish kerak, degan  g‘oya ilgari surildi.  
20-yillar  oxirida  partiya  mafkura  maydoniga  yana  bir  g‘oyani-madaniy 
merosni  inkor  etish  g‘oyasini  tashladi,  bu  «madaniy  inqilob»ning  asosiy 
maqsadlaridan  biri  edi.  Ayni  paytda,  madaniy  merosdan  foydalilarini  olib, 
keraksizlaridan  voz  kechish,  yoki  ularni  zamonga  moslashtirish  haqida  takliflar 
ham  bo‘lgan.  Partiya  rahbarlaridan  biri  I.A.Zelenskiy  bu  haqda  shunday  yozadi: 
«Eski  madaniyat  ikki  qismdan  iborat:  moddiy  qismdan,  biz  o‘zlashtirgan  ishlab 
chiqarish  apparatida  xo‘jalik  va  texnik  asos  (bazis)ga  bevosita  yo‘ldosh  bo‘lgan 
aniq  fanlardan;  g‘oyaviy  qismdan,  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyoti 
darajasidagina emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va qurollari taqsimotidan kelib 
chiqqan  (qurollar  va  vositalarga  xususiy  egalik)  g‘oyaviy  qismdan  iborat. 
Madaniyatning  aynan  shu  qismini,  ya’ni  mehnat  qurollari  va  ishlab  chiqarish 
vositalariga  xususiy  egalik  faktidan  kelib  chiqqan  qismini  biz  uloqtirib 
tashlashimiz  zarur»
1
.  Bolsheviklar  mafkurasi  tomonidan  siyqalashtirilgan  bunday 
madaniyat nafaqat qaram xalqlar uchun, balki rus xalqi madaniy hayoti uchun ham  
zararli bo‘ldi. 
RKP(b)  MQning  1925  yil  18  iyundagi  «Partiyaning  adabiyot  sohasidagi 
siyosati  to‘g‘risida»gi  qarori  o‘zbek  adabiyotining  keyingi  taqdirida  hal  qiluvchi 
rol  o‘ynadi.  Bu  qarorga  ko‘ra,  proletar  manfaatiga  xizmat  qilmaydigan  adabiyot 
namunalari  burjua  mafkurasining  ko‘rinishlari  deb  e’lon  qilindi  va  ularga  qarshi 
keskin  kurash  boshlandi.  O‘zbekiston  adabiyotida      markscha  tanqidchilikni 
boshlab bergan  va adabiy jarayonga rahbarlik qilgan kishilardan biri Sotti Husayn 
bo‘lib,  u  «Proletar  adabiyoti»  degan  maqolasida:  «O‘zbek  adabiyotida  hali  ham 
katta  urinni  mafkuraviy  ijodiy  yoqdan  milliy  burjuaziya  ruhidagi  va  ko‘pincha 
yo‘lovchi  adabiyot  ishg‘ol  qiladi.  O‘zbek  proletar  adabiyoti  va  san’ati  judu-juda 
zaif, endi bosh ko‘tarib kelmoqdadir… Buning sababi nimadir? … CHunki proletar 
hali  hokimiyatni  ushlab  qolish  bilan  ovvora  bo‘lib,  san’at  bobida  ko‘p  ish 
qilolmadi.  Ayniqsa,  milliy  jumhuriyatlarda  yangi  o‘smakda  bo‘lgan  ijodiy 
kuchlarga ta’sir bera olmadi» deb yozgan edi. 
Proletar  adabiyotiga  qarshi  qo‘yilgan  va  sof  milliylik  ta’siridan  xoli 
bo‘lmaganligi  uchun  yot  hisoblangan  adabiyotning  A.Qodiriy,  A.Fitrat, 
A.CHo‘lpon  singari  vakillari  shu  davrdan  e’tiboran  «yo‘lovchilar»  deb  e’lon 
qilindi va ularning ijodiga turli yo‘llar bilan to‘sqinlik qilina boshlandi.     
RKP(b)  MQ  qaroridan  keyin  barcha  o‘zbek  yozuvchi-shoirlarini  sovetlar 
davrini  kuylash,  proletar  adabiyotini  yaratish  ishiga  jalb  etish  kuchaydi.  Bunga 
javoban  CHo‘lponning  yaqin  do‘sti  Eson  afandi:  «SHoir  yamoqchi  emas,  u 
buyruqni  qabul  qilmaydi»,  deb  chiqdi.  Haqiqatan  ham  na  CHo‘lpon,  na  Fitrat 
ijodida sovetlashish jarayoni ko‘rindi. SHundan keyin ularga qarshi oshkora kurash 
boshlandi.  
30-yillarda o‘zbek adabiyotining Fitrat  va CHo‘lpon kabi «keksa» vakillariga 
erkin  ijod  qilishga  imkon  berilmadi.  Partiya  o‘z  e’tiborini  g‘afur  g‘ulom,  Hamid 
Olimjon,  O‘yg‘un,  Komil  YAshin,  Abdulla  Qahhor  kabi  shoir  va  yozuvchilarga 
                                           
1
 Зеленский И. В борьбе за культуруғғ «За партию». 1928, № 7. –С.12. 


 
 
 
87 
kommunistik  ruhni  singdirishga  qaratdi.  Ular  o‘z  asarlarida  Lenin  va  Stalin, 
kommunist obrazlarini yaratishlariga, rus «og‘a»si ta’sirida o‘zbek kishisining ongi 
shakllanishiga 
e’tiborlarini  kuchaytirishlari  lozimligi  o‘qdirildi.  SHunga 
qaramasdan  adabiyotimizda  umrboqiy  asarlar  yaratildi.  A.Qodiriyning  «O‘tgan 
kunlar»,  A.Qahhorning  «Sarob»,  CHo‘lponning  «Kecha  va  kunduz»,  Oybekning 
«Qutlug‘  qon»,  S.Ayniyning  tarixiy  va  avtobiografik  romanlari  maydonga  keldi. 
Ammo,  1929-30-yillardagi  «tozalash»  bahonasida  davlat  va  partiya  o‘zbek 
adabiyoti va madaniyatining yirik namoyandalari A.Qodiriy, A.Fitrat, A.CHo‘lpon, 
Elbek,  Usmon  Nosir,  g‘ozi  YUnus,  g‘ulom  Zafariy  va  boshqalarni  «xalq 
dushmanlari» deb e’lon qildilar.  
Sovetlashtirish  siyosati  kino  san’atiga  ham  kirib  bordi.  20-yillarning 
o‘rtalarida  O‘zbekistonda  davlat  kinotresti  va  «SHarq  yulduzi»  kinofabrikasi 
tashkil  qilindi.  SHu  davrdan  boshlab  Nabi  g‘aniev,  Komil  YOrmatov,  Sulaymon 
Xo‘jaev,  Malik  Qayumov,  Ergash  Hamroev  kabi  «sotsialistik»  ruhdagi  mashhur 
kinochilar  shakllandi.  SHu  yillarda  Qori  YOqubov  tomonidan  birinchi  bo‘lib 
o‘zbek xalq musiqa ansambli tashkir etildi. 1926 yili birinchi musiqa teatri yuzaga 
keldi.  U  erda  K.YAshin,  M.Muhamedov,  T.Jalilov,  T.Sodiqov  va  R.M.Glier 
libretto va musiqalari asosida «Farxod va SHirin», «Layli va Majnun», «Gulsara» 
kabi birinchi milliy operalar qo‘yildi. 1928 –yili Samarqandda O‘zbekiston xalqlari 
musiqasi  instituti  ochildi.  T.Sodiqov,  M.Burhonov,  M.Ashrafiylar  uning  birinchi 
talabalari bo‘lgan. 
Sovet  mafkurachilari  «Din  xalq uchun afyundir» deyilgan  marksistik  shiorga 
amal  qilib,  islom  dinining  manaviy-madaniy  qimmatini  inkor  etish  uchun  unga 
nisbatan  «sotsialistik  turmush  tarziga  mos  kelmaydigan»  eski,  qoloq,  reaksion 
qarashlar degan ustqurmani tanlab oldilar. Partiya va davlat arboblari orasida islom 
dini  O‘rta  Osiyodagi  mahalliy  millatlarning  mustamlakachilik  zulmiga  va 
ruslashtirishga  qarshi  rahnamolik  qiladi  degan  fikr  mavjud  edi.  SHuning  uchun 
ham  30-yillarda  dinga  va  ruhoniylarga  qarshi      ochiqdan-ochiq  «urush»  e’lon 
qilindi.  Buning uchun  «Kurashchan xudosizlar»  tashkiloti  tuzilib,  barcha  korxona 
va  tashkilotlarda  uning  bo‘limlari  ishlab  turdi.  Uning  faoliyatida  yosh  qizlarni 
turmushga berish, qalin olish, ayollarni xo‘rlash kabi hollarni oldini olishda ijobiy 
natijalarga  erishilgan  bo‘lsa-da,  biroq  dinga  e’tiqodi  kuchli  kishilarga  nisbatan 
shafqatsiz  bo‘lib,  salbiy  rol  o‘ynadi.  Bu  tashkilot  bergan  malumotlar  asosida 
respublika hukumati tomonidan 1931 yilda Farg‘ona, Toshkent va Bekobodda bir 
qator masjidlar, cherkovlar va diniy maktablar yopib qo‘yildi.   
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  O‘zbekistonning  teatr  va  musiqa  san’ati 
arboblari  fashizmga  qarshi  faol  kurashchilar  safida  bo‘lishdi.  Bu  davrda   
O‘zbekistonda 51 ta teatr (shundan 35 tasi mahalliy va 16 tasi evakuatsiya qilingan 
edi)  ishladi.  Ular  safida  Hamza  nomidagi  Akademik  teatr,  A.Navoiy  nomidagi 
opera  va  balet  teatri,  Muqimiy  nomidagi  musiqa  teatri,  M.Gorkiy  nomidagi  rus 
drama teatri va boshqa teatrlar bor edi. Ularning sahnalarida K.YAshinning «O‘lim 
bosqinchilarga»,  I.Sultonning  «Burgutning  parvozi»,  H.Olimjonning  «Muqanna», 
Uyg‘un va Izzat  Sultonning  «Alisher  Navoiy»  spektakllari va boshqalar qo‘yildi. 
Umuman,  1941-44-yillarda  O‘zbekiston  teatrlari  203  ta  yangi  postanovka 
qo‘ydilar,  13568  ta  spektakl  va  konsert  qo‘yib,  6667303  tomoshabinga  xizmat 


 
 
 
88 
ko‘rsatdilar.  Frontlarda  tashkil  etilgan  o‘zbek  konsert  brigadalari  tarkibida 
H.Nosirova,  Tamaraxonim,  S.Eshonto‘raeva,  M.Turg‘unboeva,  A.Hidoyatov, 
O.Xo‘jaev,  G.Rahimova,  M.Qoriyoqubov,  K.Zokirov,  SH.Burhonov  kabi  san’at 
arboblari bor edi. 
Bu  davrda  o‘zbek  kinematograflari  evakuatsiya  qilingan  hamkasblari  bilan 
birgalikda  10  ta  ovozli  badiiy  film  yaratdilar.  Ular  orasida  «Tohir  va  Zuhra», 
«Suxe-Botir», « Ikki Jangchi», «Nasriddin Buxoroda» katta shuhrat qozondi.  
1946-1985-yillarda Markaz ideologlari tomonidan o‘ylab topilgan noilmiy va 
nohayotiy g‘oyalar ta’sirida O‘zbekistonda ham maorif, oliy ta’lim, ilm-fan, san’at 
siyosiylashgan  holda  rivojlanishga  majbur  etildi.  Bu  davrda  barcha  milliy 
respublikalar 
madaniyatini 
o‘zida 
mujassamlashtirgan 
yagona 
«sovet 
madaniyati»ning yaratilganligining e’tirof etilishi Ittifoq tarkibidagi barcha xalqlar 
ma’naviyatining  keyingi  yo‘nalishlarini  belgilab  berdi.  Demokratik  jarayonlarga 
barham  berilib,  milliy  madaniyatlarning  «rivoji»  maxsus  qolipga  solindi.  O‘sha 
kezlarda  sovetlar  mamlakati  bo‘ylab  yangi  qatag‘on  pallasi  boshlangan  bo‘lib, 
M.SHayxzoda,  M.Ismoiliy,  SHuhrat,  S.Ahmad,  SHukrullo  singari  yozuvchilar 
«temir  qafasga»  tashlangan  edi.  SHunday  sharoitda  «Oltin  vodiydan  shabadalar» 
romanini yaroqsizga chiqargan V.Zohidovning maqolalari Oybek taqdirida fojeali 
rol  o‘ynadi.  Oybekning  Amir  Temur  va  Boburga  bag‘ishlangan  dostonlari 
tugallanmay  qoldi.  Kommunistik  mafkura  adibning  vafotidan  keyin  ham  bu 
dostonlarni  20  jildlik  “Mukammal  asarlar  to‘plami”ning  so‘nggi  jildida  bosib 
chiqarishga yo‘l qo‘ymadi. 
Sovet jamiyatida o‘ta qiyinchilik bilan bo‘layotgan ba’zi ijtimoiy o‘zgarishlar 
ta’sirida  A.Qahhor  1967  yili,  tavalludining  60  yilligiga  bag‘ishlangan  kechada 
so‘zlagan nutqida: «Men partiyaning oddiy soldati emas, ongli a’zosiman», degan 
fikrni  bildirdi.  Bu  partiya  rahbarlari  nazarida  partiya  siyosatiga  qarshi  shakkoklik 
sifatida  qaraldi.  Aslida  esa,  bu  insonning  oddiy  fuqarolik  huquqlarini  himoya 
qilishga bo‘lgan istak  edi. 
Xrushchev  davrida  sovetlar  jamiyatida  paydo  bo‘lgan  ba’zi  ijobiy 
o‘zgarishlarga  qaramasdan  adabiyot  vasan’atga  nisbatan  siyosiy  ta’qib  saqlanib 
qoldi. Jumladan, E.Vohidov “O‘zbegim” qasidasi butun bir xalqning uyg‘onishiga 
turtki  berishi  mumkinligi  uchun,  A.Oripov  ”Men  kimga  suyangayman,  birinchi 
muhabbatim”  satrlari  orqali  guyo  partiyaning  ulug‘vor  rolidan  ko‘z  yumganligi 
uchun tanqid qilindi.   
Urushdan  keyingi  yillarda  o‘zbek  san’ati  ham  murakkab  va  ziddiyatli  davrni 
boshdan  kechirdi.  Teatrga  sotsialistik  realizm  uslublarining  chuqur  kirib  borishi, 
uning milliy-an’anaviy asoslarda rivojlanishiga imkon bermadi. Bu davrda sahnaga 
qo‘yilgan  “Tohir  va  Zuhra”,  ”Farhod  va  SHirin”,  ”Alpomish”,  ”Navoiy 
Astrobodda”,  ”Muqimiy”  kabi  milliy-tarixiy  asarlar  ”sinfiylik”ka  moslashtirilib, 
ularda  “ezuvchi  sinflar”ning  “zo‘rovonliklari”  bo‘rttirib  ko‘rsatildi.  Ayni  paytda 
”Toshbolta  oshiq”,  “Oltin  devor”,  ”Kelinlar  qo‘zg‘oloni”  va  b.  milliy  ruhdagi 
ommabop  asarlar  yaratilib,  ular  xalq  e’tiborini  qozondi.  1971  -  80  yillarda  14 
jildlik O‘zbek ensiklopediyasi nashr etildi. Biroq, ma’muriy – buyruqbozlik tizimi 
ma’naviyat  va  fanning  erkin,  ijodiy  rivojlanishiga  imkon  bermasdan  ularning 
tanazzulini  chukurlashtirdi.  Ayniqsa,  ijtimoiy-gumanitar  fanlarni  mafkura 


 
 
 
89 
“andozasi”dan  chiqarmaslikka  harakat  qilindi.  Bu  fanlar  olimlariga  “rivojlangan 
sotsializm”  davri,  uning  ”tarixiy  ahamiyati”ni  o‘rganish  haqida  ”ko‘rsatmalar” 
berdi.  Bu  davrda  matbuot  “sotsialistik  madaniyat”ning  targ‘ibotchisi,  sifatida 
Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə